1-mavzu: Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari, sifatlarning ma’no jihatdan turlari Reja
Download 21.81 Kb.
|
1-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Sifat LMGlari
1-MAVZU: Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari, sifatlarning ma’no jihatdan turlari Reja: Sifat va uning UGMsi. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari. Sifatlarning ma’no jihatdan turlari. Tayanch so‘z va iboralar: sifat, asliy sifat, nisbiy sifat, umumiy grammatik ma’no, oraliq grammatik ma’no, xususiy grammatik ma’no, ravish, munosabat, lug‘aviyma’noviy guruh, lug‘aviy shakl, daraja, derivatsiya, transpozitsiya, konversiya, relyatsiya. Sifat va uning UGMsi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi mustaqil so‘z sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabutar, yaxshi gapirmoq. Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg‘ish – qizil –qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q. Sifat gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hol vazifasida keladi. Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko‘rinishida tiklash mumkin. Belgi tushunchasi o‘z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabini qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko‘ra sifat ikkiga bo‘linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifat. Asliy sifat predmetning turg‘un, nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi: qizil, sariq, katta, ko‘p, oz. Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, miqdor, o‘rin va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyola, burchakdagi o‘tirgich. Nisbiy sifatda darajalanish, qiyoslanish bo‘lmaydi. Lekin u daraja belgisiga ega bo‘lgan ravishdan asosan predmet belgisini bildirishi bilan farqlanadi. Asliy sifatning barchasida daraja shakllari, ayrimida ozaytirma va kuchaytirma shakl bor. Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Daraja kategoriyasi (DК) sifat ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi. Sifat LMGlari. Darslik va qo‘llanmalarda sifatning 9 ta LMGsi ajratiladi: 1.Xususiyat bildiruvchi sifat. 2.Holat bildiruvchi sifat. 3.Shakl bildiruvchi sifat. 4.Rang-tus bildiruvchi sifat. 5.Maza-ta’m bildiruvchi sifat. 6.Hid bildiruvchi sifat. 7.O‘lchov bildiruvchi sifat. 8.O‘rin bildiruvchi sifat. 9.Payt bildiruvchi sifat. Quyida ularning har birini alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz. Download 21.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling