8-Ma’ruza: Sifat, son, olmosh so’z turkumi Sifat
Download 31.04 Kb.
|
8-Ma\'ruza. Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy sifatlar.
8-Ma’ruza: Sifat, son, olmosh so’z turkumi Sifat Qadimgi turkiy tilda sifatlar ham mustaqil so’z turkumlaridan biridir. Sifatlar ma’nosi va tuzilishiga ko’ra asliy va nisbiy sifatlarga bo’linadi. Asliy sifatlar. Asliy sifatlar narsa va predmetning a) rang- tusini bildiradi: ala, aq, qara, yashыl. Masalan: qыzыl qan /Bx/, qara tər /Bx/, sarыg’ altun /Kt/, aq kүmүsh /Ung/, kөk təңri /Kt/, qыzыl qaya /Suj./. yag’ыz ( kulrang) yər, torыg’ at (Bx); b) shaklini, hajmini: əgri tөbə, səmiz buqa, torыq buqa (To’n), az bodun, өkүsh bodun(Kt); v) xususiyatini: arыg’-toza, sog’ug’-sovuq; әdgү kisi, silig bəg (Kt), yablaq kisi (Kt), anyыg’ kisi (Kt), chыg’an bodun (Bx); yablaq ag’ы bərүr, yag’uq ərsər ədgү ag’ы bərүr(Kt); g) maza-ta’mini bildiradi: sүchүg sab (Kt). Sүchүg sabы, yыmshaq ag’ыn, arыn, ыraq budunug’ (Kt); Nisbiy sifatlar. Qadimgi turkiy tilda nisbiy sifatlar affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Quyidagi affikslar sifat va boshqa so’z turkumlaridan sifat yasaydi: 1. -lыg’, -lig, -lug’, -lүg. Bu qo’shimchalar otdan sifat yasaydi va egalik hamda nisbatni bildiradi. Ekin (ekin) – ekinlig (ekinli) 2. -sыz, -siz, -suz, -sүz, Bu qo’shimcha otdan egasizlik va yo’qlik bildiruvchi sifat yasaydi. Bilig(bilim) - biligsiz(bilimsiz). 3. -saq, -sәk. Bu istak bildiruvchi fe’l yasovchi -sa, -sә hamda fe’ldan sifat va ot yasovchi -q, -k qo’shimchasining birlashuvidan hosil bo’lgan. Bag’ыr(jigar) - bag’ыrsaq(ko’ngilchan). 4. -sыg’, -sig. Bu qo’shimcha otdan sifat yasaydi va o’xshashlik ma’nosini bildiradi. Qul (qul) – qulsыg’ (qulsimon); bәg(bek) –bәgsig (beksimon). 5. -qы, -ki;(-g’ы, -gi). Bu qo’shimcha ot, ravish va olmoshdan nisbiy sifat yasaydi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga -qы, ingichkasiga -ki; jarangli undosh bilan tugagan qalin negizga -g’ы, ingichka negizga -gi qo’shiladi: ay (oy) – ayqы (oyga oid); yay (yoz) – yayg’ы (yozgi); ichrә (ichda) ichrәki (ichidagi). 6. -z qo’shimchasi. Bu qo’shimcha fe’ldan sifat yasaydi. u-(qila bil), uz (mohir). 7. -l qo’shimchasi. Bu qo’shimcha yashыl(yashil), qыzыl(qizil), tүkәl (tugal) singari so’zlar tarkibida uchraydi. Download 31.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling