8-Ma’ruza: Sifat, son, olmosh so’z turkumi Sifat


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 31.04 Kb.
bet3/4
Sana15.02.2023
Hajmi31.04 Kb.
#1199676
1   2   3   4
Bog'liq
8-Ma\'ruza. Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdurahmonov O’. Rustamov A. Qadimgi turkiy til.-Toshkent, «O’qituvchi» 1982.
2.Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til.-Toshkent, 1989.
3. Azimov I., Rahmatov M. Qadimgi turkiy til. –TDPU, 2005
Olmosh
Hozirgi turkiy tillarda olmoshlar nomlash va so’z yasash xususiyatga ega emasligi bilan boshqa so’z turkumlaridan farq qilgani kabi, qadimgi turkiy tilda ham ana shu xususiyatlarga ega.
Olmoshlar ot, sifat, son o’rnida qo’llanadi. U o’zining semantik xususityati va vazifasiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi.
1. Kishilik olmoshi. Kishilik olmoshlari qadimgi turkiy tilda quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: I shaxs birligi – mәn, bən, II shaxs birligi – sәn, III shaxs birligi – ol, ul; I shaxs ko’plik - biz, bizlәr, II shaxs ko’plik – siz. Bu forma ba’zan II shaxs birlik ma’nosida qo’llanib tinglovchiga nisbatan hurmat bildiradi. III shaxs ko’pligi - ular, anlar. XSH-XIV asrlarda ham, asosan, ular, anlar formalari qo’llangan. XV asr va undan keyingi davrda alar formasi qo’llangan.
III shaxs– ol, ul olmoshlari egalik va kelishik affikslari bilan turlanganda va ko’plik qo’shimchasini olganda esa an, ən shaklini olgan, ya’ni uning tarkibida fonetik o’zgarish sodir bo’ladi. Masalan:

Kelishiklar

I sh. birlik

I sh. ko’plik

II sh.
birlik

II sh.
ko’plik

III sh. birlik

III sh. ko’plik

Bosh kelishigida

mən, bən

biz/lər

sən

siz/lər

ol

anlar

Tushum kelishigida

məni, bəni

bizni

səni

siz/n/i

anы

anlarnы

Qaratqich kelishigida

məniң, bəniң

biziң

səniң

siziң

anың

anlarnың

Jo’nalish kelishigida

məңə, bəңə

biziңə

səңə

siziңə

aңa,aңaru

anlarqa

O’rin-payt kelishigida

məntə, bəntə

bizintə

səntə/də

siznitə/də

Anta, anda

-

CHiqish kelishigida

-

-

-

-

-

-

2. O’zlik olmoshi. Qadimgi turkiy tilda өz dan tashqari, kәntү (kәndү) so’zi ham ishlatilgan. Өz aslida ot bo’lib, u «nafs» va «jon» ma’nolarida ishlatilgan. O’zlik olmoshi ma’nosi va grammatik xususiyatlari jihatidan hozirgi turkiy, jumladan, o’zbek adabiy tilidagi o’zlik olmoshidan farq qilmaydi.


Өz olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, aniqlanayotgan predmetning ma’lum shaxsga qarashliligini, xosligini ta’kidlab ko’rsatadi. Masalan: bәn өzүm uzun yәlmәg yәmә ыttыm oq. (T) Өzүm qarы boltыm (T).
3. Ko’rsatish olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda qo’rsatish olmoshlarining ol, bu ko’rinishlari bo’lgan.
VI-X asrlarda ko’proq ol: Ol əki kisi, bu (bu yolun), anta , bol, anы kabi ko’rsatish olmoshlari ishlatilgan. Bu olmoshlarning funktsiyasi turlicha bo’lgan. Misollar: Toquz Og’uz bəgləri buduni, bu sabыmыn ədgүti əshid! (KT-2). Bu yərdə olurup Tabg’ach budun birlə tүzүltүm (KT). Ol matы ayыg’ yoq Tүrk qag’an. Anta ko’rsatish olmoshi o’sha, o’shanda, o’shanday, shu kabi olmoshlar o’rnida qo’llanilgan.
Ko’rsatish olmoshlari kelishiklar bilan turlanganda, olmoshlar tarkibida fonetik o’zgarish sodir bo’ladi. (Kishilik olmoshi bilan bir xil, jadvalga qarang). Anda kəsrə inisi qag’an bolmush ərinch, og’lыti qag’an bolmush ərinch (KT.)
4. So’roq olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda kim (kimi), nə, qanы, qay kabi so’roq olmoshlari ishlatilgan. Masalan: (nima so’roq olmoshi ma’nosida) bәn sәңә nә ayayыn (T). (qanday, qay holda so’roq olmoshi ma’nosida) nә basыnalыm ,tәgәlim (T). (Qanday so’roq olmoshi ma’nosida) nә buңы bar әrtәchi әrmish?(T)
VI-X asrlarda nəң-nəң, nə, qanы, kim kabi so’roq olmoshlari ko’proq ishlatilgan.
Nәң nәң so’roq olmoshi esa faqat VII-VIII asr obidalariga xosdir: Nәң nәң sabыm ərsər baңgu tashqa urtыm (KT). Nәң so’roq olmoshi ba’zan har ma’nosida ham qo’llangan: nәң yәrdәki qag’anlыg’ bodun…(T).

Download 31.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling