8-Ma’ruza: Sifat, son, olmosh so’z turkumi Sifat


Download 31.04 Kb.
bet2/4
Sana15.02.2023
Hajmi31.04 Kb.
#1199676
1   2   3   4
Bog'liq
8-Ma\'ruza. Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari

Sifat darajalari. Qadimgi turkiy tilda sifat darajalari sifatlar oldidan biror so’zni qo’llash yoki sifatlarga biror affiksni qo’shish orqali hosil bo’ladi. Xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, 3 xil daraja shakli mavjud:

  1. Oddiy daraja. Bu darajada belgining ortiq yoki kamligiga munosabat bildirilmaydi.

2. Qiyosiy (ozaytirma) daraja. Bu davr yodgomalarida hozigi o’zbek adabiy tilidagi -roq qalin (-raq) va ingichka (-rәk) variantlariga ega va u belgining ortiq yoki biroz kamligini ko’rsatadi. Masalan: yig (yaxshi) – yigrәk (eng yaxshi), qatыg’raq, artuq (ortiq) – artuqraq (eng ortiq).
3. Orttirma daraja. Orttirma daraja narsa va predmetdagi belgining boshqa predmetdagi belgidan ortiqligini bildiradi va bunda sifat oldidan aң, əң, anyыg’ - tugəl kabi so’zlar qo’llangan. Bu so’zlar hozirgi o’zbek tilidagi juda, hech kabi so’zlarga to’g’ri keladi: ayыg’ ədgu, əң ilki, anyыg’ yablaq, /Kt/.
Savol va topshiriqlar:

  1. Qadimgi turkiy tilda ko’plik shakli qanday ifodalangan?

  2. Egalik qo’shimchalarning birlik shakllarini sanang.

  3. Jo’nalish kelishigi qanday variantlarga ega?

  4. Qadimgi turkiy tilda nechta kelishik mavjud?

  5. Kultegin matnidan yasama ot va sifatlarni toping.



SON
Son qadimgi turkiy tilda ham narsa va predmetlarning soni, mikdori va tartibini bildirgan. VI-XI asrlardagi yozma yodgorliklarda songa oid bir hususiyat bor. Bunda birlik oldin aytilib, undan keyin shu songa oid o’nlik emas, undan keyin o’nlik aytiladi: yəti otuz - yigirma etti, bir qirq - o’ttiz bir, bir otuz -yigirma bir /Kt/. Sanashning bu tartibi XI asrgacha qo’llangan, XI asrdan keyin esa hozirgidek qo’llangan.
Sonlar morfologik tuzilishiga ko’ra quyidagi bir necha gruppalarga bo’linadi.
Sanoq son. Bu turdagi sonlar morfologik ko’rsatkichlarga ega emas.Sanoq sonlar konkret miqdorni bildiradi: bir, əki, uch, tөrt, bəs, altы, yəti, yigirmi, otuz, əlik, yuz, miң, tumən /10000/ va h.Tabg’ach atlыg’ sүsi bir tүmәn artuqы yәti biң sүg ilki kүn өlүrtүm (Bx).Qug’ Sәngүn bashadu, tөrt tүmәn sү kәlti (Bx).
Sanoq sonlar orasida bir soni o’zining funktsiyasiga ko’ra boshqa sonlardan ajralib turadi. Bir soni konkret aniq miqdorni ko’rsatishdan tashqari, ba’zan noaniqlikni ham bildiradi.
Tartib son. Tartib sonlar sanoq son negiziga –ыnch, inch, -unch, -nti kabi affikslarni qo’shish orqali hosil bo’ladi. Masalan: үchүnch, oңunch, yigirminch, ikinti kabi. Qadimgi turkiy tilda tartib sonlar ilki so’zi yordamida ham ifodalangan: ilki kүn өlүrtүm. (Bx)
Turkologik adabiyotlarda tartib sonlarning hosil bo’lishi to’g’risida har xil fikr uchraydi. P.M.Melioranskiyning fikricha, sanoq sonlarga qo’shilib, tartib son yasovchi affiksning qisqargan formasi –nch bo’lib, u eng qadimgi formadir.
Taqsim son. Sanoq sonlarga – r (-ar, -ər, -ыn, -in, -sh(ar)) kabi affikslarni qo’shish bilan hosil qilingan. Masalan: birar (O’ng.), үchar үchrar, toqusar, birin əkin (Ung) kabi.
bir (bir) – birәr (bittadan); үch(uch) – үchәr (uchtadan);
altы (olti) – altыrar (oltitadan); iki (ikki) – ikirәr(ikkitadan).
SHuni ta’kidlash kerakki, dona son ma’nosi ko’pincha sanoq son bilan ham ifodalangan. Masalan: Sүsi үch biң ərmish, biz əki biң ərtimiz (To’n.)
Jamlovchi son. Jamlovchi son qo’shimchasi -ag’u, әgu shakliga ega: altы (olti) –altag’u (oltov); үch (uch) – үchәgү (uchov).


Download 31.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling