4-topshiriq. So‘roq gaplarni topib, turlarga ajrating: sof so‘roq gaplar, ritorik so‘roq gaplar, so‘roq-buyruq gaplar. Avval so‘roq olmoshlari, so‘ngra so‘roq yuklamalari, undan so‘ng so‘roq ohanggi orqali ifoda qilingan so‘roq gaplarni ko‘chiring, so‘roq ifodalovchi vositalar tagiga chizing.
-
Pulni olmaganimni, vijdonim pokligini kim bilib o‘tiribdi?(T.Malik)
-
Seni ham qo‘rboshi yigitlari qidirdilar?(A.Qod)
-
Bu ahvolda suvga tushgan nonga o‘xshab cho‘kib o‘tirganingdan ruhi ranjimaydimi? (S.Ahmad)
-
O‘sha lim-lim daryoni ayyuhannos solgan bilan orqaga qayirib bo‘larkanmi?
-
Mayli, tanasi boshqa dard bilmas, deganlaridek, uning dard-u hasratlarini bilmaganlar nimalar demaydi?(O.Yo)
-
Urush qurbonlariga yodgorlik o‘rnatishdan savob ish bormi?(O.Yo)
-
Men seni ket deyapmanmi? (P.Q)
-
U chiqadigan vagondan keyingisining qarshisidagi gazeta-jurnal sotish do‘konchasi yonida G‘ulom aka turardi.Mohidilni kutyaptimikan? Xuddi shu bugun, shu soatda kelishini qayoqdan bildiykan u?(J.Abd)
-
O‘z nomi bilan qora bo‘lgan bu qora qishloqda odamlar xor-u zorligi buloqday qaynab yotmayaptimi? Ota-buvalari bu yerni shuning uchun ham Qorabuloq deb atab ketishmaganmikan?(M.Ism)
-
Axir ko‘krak ostida gup-gup urib turgan yurakning o‘zi hamma sirini bildirib turgandan keyin uni til bilan ifoda etishga hojat qoldimi? (J.Abd)
-
Dam o‘tmay suv ichgani tushaversa, ish unumli bo‘larmidi?(J.Abd)
Do'stlaringiz bilan baham: |