Amaliy topshiriq


Download 21.87 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi21.87 Kb.
#197478
Bog'liq
AMALIY TOPSHIRIQ. ONA TILI


Amaliy topshiriq

1-mashq. Quyidagi gaplarni o’qing va ajratib ko’rsatilgan so’zlarga ma’nodosh bo’lgan so’zlarni topib, ular ishtirokida yangi gaplar tuzing.

1.Olisda falakka ustun bo’lib turgan ikki girdibod orqasida yana ,,ustunlar’’ paydo bo’ldi. (Mirmuhsin) 2. Uzoq-uzoq o’tmishlar tarixin titsam, Massagetlar shonidan bir qissa bitsam, Afsona deb, kitobxon, qo’limni tutma! Shonli uzoq o’tmishdan ko’zing berkitma! (Shuhrat) 3.Go’ro’g’libek quvonib, suyunib, munga ham to’ylar qilib, otini Gulanor qo’ydi. (,,Ravshan’’ dostonidan ) 4. Xalq istagi – ozod bo’lsin bu o’lka, Ketsin uni boshidagi ko’lanka.(Cho’lpon) 5. Dodxo go’riston xayolini boshidan chiqarish uchun tasbehni qo’yib, undan bundan gapirgan bo’ldi, lekin hech kim bu gaplarga gap ulamadi. (Abdulla Qahhor) 6. Bu xushxabarni odamlarni o’zi yetkazgani, birga hovlidan chopib chiqqanini, eshigi ochiq turgan avtofurgon oldida ular bilan tiqilishib turganidan xursand edi.(Chingiz Aytmatov) 7. Sarsonboy ota rayon markaziga kelganda, quyosh yerdan endigina cho’giri tilimidek ko’tarilgan edi. (O’lmas Umarbekov) 8. Bo’riga ojizlik, it ham bildirmas, Albatta, dushmanga siyosat yaxshi. (Maxtumquli)



2-mashq. Quyidagi gaplarni o’qing. Berilgan qo’shma gaplarni sodda gaplarga aylantiring.

1.Anjir xazon bo’lay deganda, Qo’qondan amakim keldi.(Abdulla Qahhor) 2.Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi. (I. Boltayeva) 3. Ko’zga shunday jozibali ko’rinadiki, uzib- uzib g’arch- g’urch tishlaging keladi. (Shukur Xolmirzayev) 4. Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg’oqqa sapchib oqardi. (Said Ahmad) 5. Huriniso ketib, Saidaga qarashib turgani Kifoyatxonni yubordi… (Abdulla Qahhor) 6. Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan, - bu gapini mirobga qarab aytdi. (N. Normatov) 7. Ukasini so’rog’ini kutmay, oiladagi yangiliklardan gapira boshladi…(Turg’un Po’lat) 8.Dunyoda pok insonlar qanchalik ko’paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi. (X. Sultonov) 9.Tog’gacha chiqqach, osmonning pastligini his qildi. (Tog’ay Murod) 10.Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo’lishi kerak. (Abdulla Qodiriy)
Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling