Muzeylar o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik


Download 214.5 Kb.
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi214.5 Kb.
#1735000
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu muzeylar


7-mavzu: “Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik”
Muzeylar... Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o’tmishimiz, tariximiz aks etgan. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz - kelajak yo'q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o'rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.
1996-yil 18-oktabr kuni Sohibq


iron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan.Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboyev, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboyev tomonidan ishlangan “Buyuk Sohibqiron - buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan.Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.
Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga aylangan. “Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, “Amir Temur - Klavixo - Samarqand”, “Xorijdagi merosimiz”, “Samarqand durdonalari”, “Shohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’y- harakati bilan “Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda “Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy -ma’rifiy maskanlardan biri bo’lib, bu yerga doim o’qituvchi va o’quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o’rganish va
o’zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Muzeyga kirar ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida davlat, hukumat va parlament delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlarning ko‘pligi tariximizga xorijda ham qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolatdir.
1-topshiriq.
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnga munosabat bildirib so’zlash.
Toshkent muzeylari
MUZEYLAR – 1917 yilgacha Toshkentdagi birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bo‘lgan. 1917 yildan keyin turli ixtisosdagi keng ekspozitsiyalarga ega bo‘lgan Muzeylar tashkil etila boshlagan. 1918 yil knyaz N.Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida Badiiy muzey (hozirgi O‘zbekiston davlat san'at muzeyi), 1921 yil Eski shahar muzeyi, 1926 yil O‘zbek Eski shahar muzeyi tashkil qilingan. Madaniy taraqqiyot yangi Muzeylar tashkil qilish va mavjud Muzeylarni qayta jihozlash zarurligini taqozo etgan. O‘rta Osiyo muzeyining geologiya, zoologiya, botanika va antropologiya bo‘limlari, qishloq xo‘jaligi muzeyi va hayvonot bog‘i Tabiat muzeyiga aylantirildi. Respublika ko‘rgazmalari negizida Politexnika muzeyi (1933), Amaliy san'at muzeyi (1937; 1937–91 yillarda Amaliy san'at asarlari doimiy ko‘rgazmasi) tashkil qilindi; Adabiyot muzeyi tuzildi.
1940-yilda Toshkent Muzeylarida 500 mingga yaqin eksponat bo‘lgan, muzeylarga kiruvchilar soni 300 mingga yaqin kishini tashkil etgan. II jahon urushi yillarida Markaziy tarix muzeyi, O‘zbekiston san'at muzeyi va Adabiyot muzeyi – Tarix, madaniyat va san'at muzeyiga, Politexnika muzeyi Tabiat muzeyiga birlashtirildi. 40-yillar o‘rtalaridan Muzey qurilishida yangi bosqich boshlandi. 1945 yil rus yosh tomoshabinlar teatri eski binosida joylashgan Davlat san'at muzeyi mustaqil muzeyga aylandi. 1972 yil O‘zbekiston kino san'ati muzeyi, 1973 yil O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash muzeyi, 1975 yil Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari tarixi muzeyi tashkil etildi. 1988 yil Antiqa va zargarlik buyumlari muzeyi ochildi. 60–80-yillarda H.Abdullaev, M.Ashrafiy, S.Borodin, Oybek, G’afur G’ulom, O‘.Tansiqboev, Abdulla Qahhor uy-muzeylari va Yu.Fuchik, S.Yesenin muzeylari, Tamaraxonim liboslari doimiy ko‘rgazmasi va boshqalarga asos solindi.
Toshkentda 29 ta muzey bo‘lib, ularda 113127 eksponat saqlanadi; har yili Muzeylarga o‘rtacha 1,5 mln. ga yaqin kishi kiradi (2008). Toshkentdagi yirik davlat muzeylari: O‘zbekiston davlat san'at muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san'at muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy muzeyi, O‘zbekiston tasviriy san'at galereyasi, O‘zbek liboslari galereyasi va boshqalar. Muzeylar ilmiy asarlar, qo‘llanmalar va kataloglar nashr etadi. O‘zbekiston xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi, planetariy muzey tipidagi muassasalar tipiga kiradi. Toshkent korxonalari, muassasalari va o‘quv yurtlarida tashkil qilingan Muzeylar davlat muzey tarmoqlarini to‘ldiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2008-yil 12-sentyabrda «Muzeylar to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. Qonunda «Milliy muzey fondi», «Milliy muzey fondining davlat katalogi», «Muzey», «Muzey ashyosi», «Muzey kolleksiyasi», «Saqlash», «E'lon qilish» kabi tushunchalarga batafsil izoh berilgan. Ushbu hujjat Muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ularni muzey ashyolari bilan boyitishga zamin yaratdi.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling