Kalit so’zlar: tangri, bitiktosh, bödun, könul, kelinum, beg, yodgorlik; Annotatsiya


Download 26.5 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi26.5 Kb.
#1832017
  1   2   3
Bog'liq
2 5260753996028581429


Kultegin bitiktoshida qo’llanilgan otlar tasnifi

Kalit so’zlar: tangri, bitiktosh, bödun, könul, kelinum, beg, yodgorlik;
Annotatsiya: Mazkur maqolada qadimgi turkiy yodgorlikda qo’llanilgan otlarning etimologiyasi, leksik shakli va anglatgan ma’nolari talqin etilgan.

Turkiy tillar, jumladan, o’zbek tili tarixiga oid yozma yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda dolzarb ekani ilm ahliga yaxshi ma’lum. Ayniqsa, yodgorliklarning leksik qatlamini o’rganish alohida ahamiyatga ega. Zotan, yozma yodgorliklar mansub bo’lgan davrning ijtimoiy, siyosiy, etnik tarixi va madaniy muhiti leksikada o’z aksini topadi.


Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar – adabiy tilning taraqqiyotini ko’rsatib turadigan asosiy manbalar bo’lib hisoblanadi. Qadimgi turkiy yodgorliklarning eng yiriklari To’nyuquq, Bilga xoqon va Kultegin bitiktoshlaridir. Kultegin bitiktoshi mazkur yodgorliklar orasida ham hajman, ham mazmunan eng salmoqlisidir.
Quyida ushbu bitiktoshda qo’llanilgan otlarning bir nechtasini tahlil qilamiz Tänri1 → бог, божество, ya’ni xudo, deb tarjima qilinadi. Bu so’z hozir ham aynan shu ma’noda qo’llaniladi. Kultegin bitiktoshidagi birinchi jumla shu so’z bilan boshlanadi.
(1) Тǝнгри – тǝг, тǝнгрида болмыш тvрvк билгǝ қаған бу öдкǝ олуртум, сабымын тvкǝти ǝшидгил: улайу ини йигvнvм, оғланым, бирики оғушум бодунум, бирйǝ шадапыт бǝглǝр, йырйа тарқат буйруқ бǝглǝр, отуз…
Ya’ni:
Tangridan, tangridan bo’lmish turk bilga xoqon bu dunyoga keldim. So’zimni tugal eshitgil keyinimdagi ini, jiyanim, o’g’il[lar]im, ittifoq, urug’im, xalqim, o’ngdagi shadapit beklar, chapdagi tarxonlar, buyruq beklar, o’tuz…
Tangri2 – [mo’g’, tenger – osmon, xudo]
“Ba’zida g’o’ldirab bosinqirar, uyg’onib ketib, tangriga yolvorib, najot tilardi”. – (Mirmuhsin, “Cho’ri” asaridan)
2) Bodun3Население, народ.
Bu so’z tarjimasi “Drevnoturkskiy slovarda” xalq deb izohlangan. Xalq leksemasi bitiktoshda bir necha o’rinlarda qo’llangan.Bu matndagi badiiylikni ta’minlagan.
ǝдгv билгǝ кисиг, ǝдгv алп кисиг, йорытмаз ǝрмис, бир киси йангылсар, оғушы бодуны ǝби ǝсvкингǝ тǝги қыдмыз ǝрмиш, сvчиг сабынга йымшақ ағысынга артуруп öкvш тvрvк бодун öлтvг.
Тvрvк бодун vлǝсикинг, бирйǝ Чуғай йыш Тöг ǝлтǝн
Ya’ni:
Yaxshi va dono kishini yaxshi bahodir kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’I, xalqi, uyi yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, debosiga aldanib, ko’p, [ey] turk xalqi, o’lding. [Ey] turk xalqi, ayriming janubga Chug’ay yishga, To’g, Oltan
3)
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling