1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Davlat tomonidan TTXIni qo’llab-quvvatlashning asosiy shakllari tarkibidan quyidagilarni ajratish mumkin


Download 3.09 Mb.
bet47/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Davlat tomonidan TTXIni qo’llab-quvvatlashning asosiy shakllari tarkibidan quyidagilarni ajratish mumkin:
Davlat kafolatlarini berish. Investitsiya kafolatlari to’g’risidagi qoidalar milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinadi. Shu bilan birga ular ikki tomonlama va bir nechta mamlakatlar ishtirok etadigan mintaqaviy ko’p tomonlama kelishuvlarda ham mavjud bo’ladi. Ikki tomonlama kelishuvlarda asosan quyidagi qoidalar qayd etiladi:
xorijiy investorlar uchun milliy rejim;
xorijiy investorlarni himoya qilish (milliylashtirishdan, kapital, foyda va dividendlarning repatriatsiyasidan);
nizolarni hal qilish tartibi;
siyosiy risklar bilan bog’liq zararlardan sug’urtalash.




5.1-rasm. O’zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari

Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazardan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi xarakati shakllari foyda olish maqsadida ko’pdan-ko’p qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi.


Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi. Investitsiya faoliyati rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarini aks ettiradigan alohida investitsiya munosabatlarining mavjudligi tartibga solishning mustaqil predmeti bo’lishini taqozo qiladi. Huquq nuqtai nazaridan investitsiya faoliyatini tartibga solish umumiy huquqiy va xususiy huquqiy tartibga solish me’yorlarini qamrab oladi. Bu me’yorlarning birligi ijtimoiy va alohida investitsiya munosabatlarining xarakteri va mohiyatini ifoda etadi va ularni tartibga solish usuliga aylanadi. Tartibga solish usullari huquq me’yorlarining ham alohida, ham ijtimoiy zarur investitsiya munosabatlari xarakteriga o’ziga xos tarzda ta’sir ko’rsatish yo’llaridan iborat.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish tizimiga quyidagilar kiradi:
- O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda a'zoligi;
- O'zbekiston Respublikasining xalqaro integratsiya uyushmalarida ishtirok etishi;
- O'zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro ikki tomonlama va ko'p tomonlama bitimlar;
- Davlatning milliy qoidalari.
O'zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ko'p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligiga O'zbekiston Respublikasining a’zoligi to’g’risida”gi 2 iyul 1992 yil 621-XII-sonli Qonuni O'zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari, jahon hamjamiyati tashkilotlariga teng sharoitlarda a’zo ‘kanligini huquqiy asoslarini belgilaydi va bu tashkilotlarning mablag’laridan rivojlanish uchun foydalanish imkoniyatlarini beradi. Qonunga muvofiq, mazkur xalqaro tashkilotlarga a'zolikni qabul qilish Respublika nomidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatli hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki u tomonidan tayinlagan vakolatli shaxs O'zbekiston Respublikasi nomidan boshqa davlatlar xorijiy davlat fuqarolari o'rtasida investitsiyaviy nizolarni hal qilish to'g'risida Konventsiyaning asl nusxasini imzolashga haqlidir. Ushbu qonunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki O'zbekiston Respublikasi nomidan XVF va Markaziy bank o’rtasida tuzilgan shartnomalar moddalari doirasida ko'zda tutilgan moliyaviy muassasa sifatida faoliyat yuritish va barcha operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga egadir.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish davlat organlari tarkibi quyidagilardan iborat:
Oliy organlar:
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (Prezident idorasi);
- O'zbekiston Respublikasi Hukumati (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi).
Markaziy muassasalar:
- Tashqi savdo vazirligi;
- Investitsiya qo’mitasi;
- Iqtisodiyot vazirligi;
- Moliya vazirligi;
- Markaziy bank;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;
- Davlat bojxona qo'mitasi;
- Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlat qo'mitasi;
- Mehnat vazirligi va boshqalar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va davlat tuzilmalarining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Prezident idorasi – mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirishning eng muhim organlaridan biri hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasining davlat va ijro etuvchi hokimiyatini boshqaradi, ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali ishlashiga, Oliy Majlis qonunlarini bajarilishiga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta'minlaydi; O'zbekiston Respublikasining yurisdiktsiyasiga taalluqli davlat va xo'jalik boshqaruvi barcha masalalarini hal qilish vakolatiga ega.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasining barcha sohalarini boshqarish Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmining asosiy qismi O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Davlat Investitsiya Qo’mitasi vakolatli hisoblanadi, asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta'minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish;
- milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish va amalga oshirish;
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko'maklashish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari tashqi bozorlarga chiqish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni ta'minlash;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bo'yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
- O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan, xalqaro iqtisodiy moliya institutlari, xalqaro huquqning boshqa sub'ektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirishni ta'minlash;
- O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash va O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish.
O’zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”, “Investitsiya faoliyati to’g’risida” qonunlari va boshqa qonun hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko’zlaydi.
Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi.
Hozirgi davrda investitsiya munosabatlari kapitallarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish borasidagi munosabatlarni qamrab oladi va nafaqat milliy iqtisodiyot doirasida, balki xalqaro iqtisodiyot darajasida resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida investitsiya munosabatlarida ham davlatning, ham o’z manfaatlarini amalga oshiradigan sub’ektlar ishtirok etishi sababli ular mulkchilik xususidagi munosabatlar majmuidan iborat bo’ladi. Xalqaro investitsiya munosabatlari ayrim mamlakatlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xalqaro moliya va kredit muassasalari, yakka investorlar va shu kabilar manfaatlarining ro’yobga chiqishini ifoda etadi.
Respublikada ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ijtimoiy va xususiy manfaatlarni; ayrim mamlakatlar, korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka investorlar manfaatlarini to’g’ri aniqlash; ularning o’zaro maqbul nisbatlarini kelishib olish; ularni hayotda ro’yobga chiqarishning teng huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilash.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish TTXIni yangi loyihalarga va qo’shma korxonalarga jalb etishga qaratilishi lozim. Shuningdek, tartibga solish xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunda chet el investitsiyalari, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xususiy sarmoyalar oqib kirishini rag’batlantirish, shuningdek milliy iqtisodiyot sub’ektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash muhim o’rinda turadi. Shunday qilib tartibga solishning vazifasi, bir tomondan, TTXI oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik sub’ektlarining qo’yilmalarini kengaytirishdan iborat bo’ladi.
Ma’lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste’mol va boshqa investitsiyalarning hamma turlari bilan bog’liq bo’lib, odatda, soliqlarning fiskal (xazinani to’ldirish) va tartibga solish funktsiyalaridan foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu faoliyat, shuningdek, amortizatsiya siyosatini, dotatsiyalar, subsidiyalar tizimini, kredit, narx siyosatini, davlat kafolatlari tizimini, imtiyozlar yaratishni, chet el investorlarining huquqlarini himoya qilishni va boshqalarni ham qamrab oladi. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun turli darajadagi byudjetlarga zarur mablag’lar tushumlarini ta’minlashga qaratilgan fiskal vazifaning bajarilishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga bog’liq.
Tartibga solish funktsiyasini ishlatilishi davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ayrim tarmoqlarga investitsiyalar oqimlarini boshqarishi bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning turli sohalarida kapital jamg’arilishi jarayonlarini kuchaytirish yoki susaytirish, aholining to’lovga qobil talabini kengaytirish yoki qisqartirish yo’llari bilan tartibga solish funktsiyasi foydalaniladi. Soliqlarni tartibga solish makroiqtisodiy jarayon va proportsiyalarga ta’sir etishiga qaratiladi. Soliqqa tortishda imtiyozlar, asosan, mikroiqtisodiyotga qaratilgan va iqtisodiy sub’ektlar manfaatlarini hisobga oladi. Yuqorida ko’rib o’tgan funktsiyalar soliq stavkalari miqdorini o’zgartirish, imtiyozlar va sanktsiyalar (jazo choralari) qo’llash, soliq kreditlari berish, to’lov muddatlarini kechiktirish va boshqa yo’llar bilan amalga oshiriladi.
Jahondagi ko’pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan tartibga solish funktsiyasidan samarali foydalaniladi. Masalan, Yaponiya, Tayvan, Janubiy Koreyada o’tish davrida soliq protektsionizmidan unumli foydalanilgan. AQShda “buyuk depressiya”ni bartaraf etish davrida ham xuddi shunday bo’lgan.
Fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish uchun soliq imtiyozlari turlaridan biri investitsiya soliq krediti hisoblanadi. AQShda soliq imtiyozining bu turi 1962 yildan to 1986 yilga qadar qo’llanilgan. Bunda chegirma miqdori uskuna-jihozlar turi va ularning xizmat muddati bo’yicha tabaqalashtirilgan. Bu imtiyozning variantlaridan birida AQSh ishlov beruvchi sanoatidagi korporatsiyalar foyda solig’ini ishga tushirilgan va xizmat muddati 8 yil va undan ortiq bo’lgan uskunalar qiymatining 7 foizi miqdorida, xizmat muddati kamroq bo’lgan uskunalarni ishga tushirilganlik uchun kamroq miqdorlarda qisqartirish huquqini oldilar.
Yaponiyada, masalan, sanoat kompaniyalari ilg’or texnika va texnologiyaga qilingan investitsiyalarning 7 foiziga teng miqdorda foyda solig’ini qisqartirish huquqiga ega. Kanadada bunday chegirma ilg’or texnikaga qilingan investitsiyalarning 7 dan 20 foizigacha miqdorini tashkil qiladi.
Soliq krediti ko’rinishidagi imtiyozlar tadbirkorlikning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar (ITTKI) xarajatlariga tatbiqan ham keng qo’llaniladi. Bir qator mamlakatlarda soliq krediti kompaniyalarning foyda solig’idan bu kompaniyalarning o’tgan yil yoki bazis davr uchun o’rtacha yillik me’yorlarga nisbatan ITTKI xarajatlari o’sishining muayyan hissasini chegirish ko’rinishida amal qiladi (AQSh da – 20 foiz, Frantsiyada – 50 foiz, Yaponiyada – 20 foiz, Kanadada 100 foiz va undan yuqori).

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling