1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
IKXAning maqsadlari quyidagilardan iborat
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKXAning funktsiyalari
- IMXD tomonidan xizmatlar ko’rsatish asosan uch yo’nalishda amalga oshiriladi
IKXAning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Kapitalni boshqa mamlakatlarda joylashtirishni notijorat xatarlardan a’zo-mamlakatlar tomonidan qo’shma qayta sug’urtalash yordamida kafolatlash; rivojlanayotgan mamlakatlarga va ular orasida investitsiyalar oqimini orttirish maqsadida zaruriy yordamchi tadbirlarni amalga oshirish; a’zo-mamlakatlarda (ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda) investitsiyalarni ishlab chiqarish maqsadlariga sarflanishini rag’batlantirish. IKXA mamlakatlarga investitsion imkoniyatlar to’g’risidagi axborotlarni tarqatish va investitsiyalashga ko’maklashuvchi tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratish borasida texnik yordam ko’rsatadi. IKXA o’z xodimlari va yurist-maslahatchilari shtatiga ega bo’lib, moliyaviy va huquqiy jihatdan Umumjahon bankiga qaram emas, lekin ba’zida uning xizmatlaridan foydalanadi. Agentlik rivojlanayotgan mamlakatlarda hukumatlarga xususiy investitsiyalarni jalb etish borasida maslahat xizmatlarini ko’rsatish va investitsion imkoniyatlar to’g’risida axborotlar tarqatish bilan ham shug’ullanadi. IKXAning funktsiyalari: qo’shma sug’urtalash yoki qayta sug’urtalash yo’li bilan boshqa sug’urtalovchilarning imkoniyatlarini kengaytirish; investitsiya siyosati passiv bo’lgan mamlakatlarda investitsiyalarni sug’urtalash; rasmiy tan olingan sug’urtalovchilar xizmatlaridan foydalanish imkoni bo’lmagan investorlarga xizmat ko’rsatish; ko’p millatli sindikatlarning biriga kiruvchi, turli millatga mansub investorlarga kafolatlar berish, bu esa o’z o’rnida sug’urta shartnomalarini tuzishga va da’volarni hal etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Investorlar Umumjahon banki kafolatlari, siyosiy risklardan IKXA sug’urtasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan aktsioner kapitalga qo’shma investitsiyalash yordamida o’z risklarini minimumga tushirishadi va rivojlanayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarga investitsiyalarni amalga oshirish uchun optimal sharoitga ega bo’ladilar. IKXAnmng maqsadiga mos keluvchi investitsion loyihalar iqtisodiyotnng rivojlanishiga yordam berishi, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan mustahkam, ekologik xavfsiz hamda qabul qiluvchi mamlakatning mehnat bo’yicha standartlariga va boshqalarga mos kelishi zarur. IKXA rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini taraqqiy ettirish maqsadida a’zo-mamlakatlardan investitsiyalarni jalb etish imkoniyatiga ega. IKXA tarkibiga kiruvchi Investitsion marketing xizmatlari departamenti (IMXD) agentlikka a’zo bo’lgan rivojlanayotgan va o’tish davri mamlakatlariga qilinayotgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlaydi. IMXDning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish va kambag’allik bilan kurashish uchun jalb etilayotgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimini ta’minlashga yordamlashishdan iborat. IMXD tomonidan xizmatlar ko’rsatish asosan uch yo’nalishda amalga oshiriladi: institutsional imkoniyatlarni shakllantirish; axborotni tarqatish; investitsiyalarni rag’batlantirish. Bundan tashqari, IKXA investitsion imkoniyatlar, biznes olib borish qoidalari va biznes faoliyati bo’yicha hamkorlar to’g’risidagi axborotlarni IRA axborot tarmog’i orqali targ’ib etadi. IKXAning asosiy moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat: IKXA Konventsiyasida sanoati rivojlangan mamlakatlar o’z ulushlarining 1%ini konvertirlanadigan valyutada qo’shishlari nazarda tutilgan. Yana har bir mamlakat 10%ini ochiq bozorda muomalada bo’lmagan foizsiz qarz majburiyatlari shaklida kiritishadi. Qolgani esa rezerv valyuta hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar a’zolik badalining 25%ini o’z milliy valyutalarida to’lashlari mumkin. IKXA qo’shma sug’urtalash va qayta sug’urtalash yo’li bilan investitsiyalarni sug’urtalovchilar faoliyatini to’ldiradi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling