1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
Xorijiy investitsiyalarni kafolatlovchi va tartibga soluvchi maxsus xalqaro tashkilotlar
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
5.3. Xorijiy investitsiyalarni kafolatlovchi va tartibga soluvchi maxsus xalqaro tashkilotlar.
Xorijiy investitsiyalarni kafolatlovchi va tartibga soluvchi maxsus xalqaro tashkilotlar mavjud. Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha xalqaro agentlik (IKXA), Investitsion da’volarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markaz (IDTSXM) va Xorijiy investorlarga maslahat berish agentligi shular jumlasidandir. Jahon xo’jaligida ko’ptomonlama shartnomalar asosida investitsiyalarni kafolatlash qoidalari bilan Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (MAGI) shug’ullanadi va quyidagi masalalar ko’rib chiqiladi: xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash. Bunda investor risklarni sug’urtalaydi. Odatda, sug’urta summasi investitsiya summasining 1 foizigacha miqdorini tashkil etadi. Milliy sug’urta agentliklari va kompaniyalari faqat o’zlarining to’g’ridan-to’g’ri investorlarini sug’urtalaydilar; investitsiya nizolarini hal etish. Buni kapitalni qabul qiluvchi yoki chetga chiqaruvchi mamlakatning milliy qonunchiligi yoki xalqaro huquq qoidalari asosida amalga oshirish mumkin; ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish. Agar korporatsiya bir nechta mamlakatda ish yuritayotgan bo’lsa, ushbu mamlakatlar uning foydasini soliqqa tortishga harakat qiladi. Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish haqidagi kelishuvga asosan xorijiy korporatsiyalar kapitalni qabul qiluvchi mamlakatda soliqning o’z mamlakatida to’lanmagan qismidangina soliq to’laydi; ma’muriy va diplomatik qo’llab-quvvatlash. Odatda, kapital chiqaruvchi mamlakatlar o’z investorlarini qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu mamlakatlar investitsiya kiritilayotgan mamlakat bilan o’z investorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqida muzokaralar olib boradi. Jahonning aksariyat mamlakatlarida investitsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha milliy agentliklar tashkil etilgan. 1995 yildan boshlab investitsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha Umumjahon assotsiatsiyasi faoliyat yuritadi va uning tarkibida 100 ta a’zo mamlakat mavjud. 2010 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra xalqaro moliya-kredit institutlarining umumiy kreditlash hajmi 1 trln. Dollardan oshib ketdi va u o’sib borish tendentsiyasiga ega. Aksariyat rivojlanayottan mamlakatlar uchun xalqaro moliya-kredit institutlari tomonidan berilayotgan kreditlar xususiy kapitalga nisbatan arzon kredit resurslari hisoblanadi. Jahon banki mutaxassislarining fikricha, xalqaro moliya-kredit institutlarining kreditlash tizimi va mexanizmini o’zgartirish zarur. Hozirgi vaqtda kreditlash asosiy resurslar va maxsus operatsiyalar fondlaridan amalga oshiriladi. Birinchi fond rivojlanayotgan mamlakatdagi nisbatan yuqori to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan qarz oluvchiga yo’naltirilgan kreditlarga mo’ljallangan bank mablag’laridan tashkil topadi. Ushbu fonddan moliyalashtirishning sharti ko’proq bozor shartlariga yaqinlashtirilgan. Maxsus operatsiyalar fondidan esa kam rivojlangan mamlakatlarga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratiladi. IKXA 1988 yilda Umumjahon bankining shoxobchasi sifatida tashkil etilgan, ammo u moliyaviy jihatdan mustaqildir. Agentlik ixtisoslashtirilgan tashkilot sifatida BMT tizimiga kiradi XTTB prezidenti IKXAning ham prezidenti hisoblanadi. Agentlikning asosiy vazifasi xorijiy investorlarni notijorat xarakterdagi risklar (valyuta mablag’larini o’tkazib yuborish, ekspropriatsiya yoki urush) bilan bog’liq yo’qotishlardan kafolatlash orqali a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar oqimini oshirishga ko’maklashishdir. Bundan tashqari, IKXA a’zo-mamlakatlarga kapital oqimini oshirish uchun qulay muhit yaratish borasida maslahatlar berish va axborot bazasini yaratish bilan ham shug’ullanadi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling