Mavzu: O‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish


Download 23.47 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1134219
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu

Mavzu: O‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish

Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to‘g‘risida alohida moddalar qabul qilingan. Masalan, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar… (38-modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'm’not olish huquqiga ega… (39-modda)” kabi huquqiy me’yorlarni misol qilib aytib o‘tish mumkin.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish omillari

Ularning yurish-turishini xalq ulug’vor biladi. O’ziga qarshi xalq tomonidan bo’ladigan hurmatsizlik eshigini bog’laydi va kishini hazil-mazaxdan va kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo’liga soladi va odam mijoziga odamgarchilik manzilida orom beradi. Kichiklarga undan muncha natija hosil bo’lgach, kattalarga allaqachon bo’lishini ko’rarsan.

Adabdan muhabbatga bezak va pardoz yetadi, adab tarkidan do’stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavozu’ do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik yetkazadi.

Demak, yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob Alisher Navoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo’g’ini sanaladi. g’anoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga urg’u berib o’tadi


Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling