Mavzu: O‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish


Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, “qanoat – buloqdir – suvi olgan bilan qu


Download 23.47 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1134219
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, “qanoat – buloqdir – suvi olgan bilan qurimaydi.

Xazinadir – naqdinasi sochilgani bilan kamaymaydir. Ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkizadi”.

Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»1. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi

Jomiyning fikricha, ilm inson uchun xayotiga yo’l ochuvchi va uni o’z maqsadiga erishtiruvchi omildir. Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta anglab olishga yordam beradi, mehnatni yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga da’vat etdi:

Jomiy o’z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi.

Bolaga oddiy axloqiy qoidalarni o’rgatish, yurish-turish, yeyish-ichish qoidalariga rioya etish, o’z qilmishi oldida javob berish mas’uliyatini his etishini tarkib toptirishda ota va ona burchlidir.

Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so’ng muallim ham javobgar sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning o’zi ham yaxshi tarbiya topgan bo’lishi shart. Shu o’rinda Davoniy muallimning xislatlariga, bola va uning o’rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor beradi. Davoniy muallimni “Ma’naviy padar” deb ataydi. Chunki ota bolani jisman hayotga keltirib, jismonan tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi olim. Ruh qanchalik badanga yaqin tursa, muallim ham tarbiya borasida ota-onaga shunchalik yaqin deb ko’rsatadi.


Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling