Zamonaviy qissalarda muallim obrazi


Download 36.44 Kb.
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi36.44 Kb.
#1179900
  1   2   3   4
Bog'liq
dissertatsiya sohibaxonim

ZAMONAVIY QISSALARDA MUALLIM OBRAZI


(CH.Aytmatov va L. Bo‘rixon asarlari misolida)
MAVZUDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzusining dolzarbligi. Yuksak umuminsoniy g‘oyalar bilan sug‘orilgan ma’naviy qadriyatlarimizni badiiy tafakkur tarixisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbek adabiyotida muallim obrazi bu yo‘nalishning ajralmas bo‘lagidir. Millatimizning tarixiy ildizlariga nazar tashlasak, muallimning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rishimiz mumkin. Haqiqatan ham muallimning jamiyat va butun insoniyat hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Albatta, yoshlarimizning bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, o‘quv binolarini qurish, ularni zamonaviy jihozlash mumkin. Lekin farzandlarimizga yuksak mezonlar asosida ta’lim-tarbiya beradigan, yangicha innovatsion fikrlaydigan muallim va o‘qituvchilarni tayyorlash – bu eng og‘ir vazifa bo‘lib, juda katta mehnat va mas’uliyatni talab qiladi”. Rahbarimiz ta’kidlaganidek, bugungi shiddatli zamon barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham oldimizga bir qator g‘oyat muhim vazifalar qo‘ymoqda. Bu yo‘lda bizga kasbiga fidoyi, bolalar ichki dunyosini tushuna oladigan, o‘z kasbini sevadigan, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalana biladigan muallim kerak. Shundan ma’lum bo‘lib turibdiki, yurt istiqbolini, taraqqiyotini va ertasini eng sharafli kasb egalari bo‘lmish muallimlarsiz tasavvur etish qiyin. Xalq og‘zaki adabiyoti namunalaridan tortib hozirgi zamonaviy asarlarda ham muallim obraz sifatida aks etib kelmoqda.
Adabiyotimizdagi sifat o‘zgarishlar qissa janrida ham namoyon bo‘lmoqda. Bugungi nasrimizdagi yangi jarayonlar, ma’naviy shakliy uslubiy izlanishlar hikoya, qissa janrlarida ko‘zga tashlanayotgani kuzatiladi. Ayniqsa, so‘z san’atining o‘zak masalasi insonni anglash, inson fitratining murakkabligini, uning qalbini tushuntirish qiyin bo‘lgan sir-asrorlarini taftish etish, uning ongiga yanada chuqurroq kirish adabiyotimizda yetakchi tamoyilga aylanyapti. “Badiiy ijod jarayonida qissa poetikasida salmoqli o‘zgarishlar ro‘y bergan, uning ichki bo‘linishlari janr imkoniyatini teran anglashni taqozo etadi. Qissaning bunday taqsimlanishi poetik usul va vositalarning o‘zgarishi, g‘oyaviy-mazmuniy xususiyatlarning yangilanishi bilan bog‘liq” . 1

Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling