Mavzu : Pedagogning muomala va odobi
Download 24.38 Kb.
|
Pedagogning muomala va odobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Mavzu : Pedagogning muomala va odobi. Reja : 1.O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha. 2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati. Darsda pedagogik nazokat. 3. Pedagogik nazokatni egallash shart - sharoitlari. 4. O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. 5. Milliy qadriyatlarimiz va Sharqona tarbiyamizning ta’siri. 6. Pedagogik muloqot funksiyalari. O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi.Shuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo‘llik ham talab etiladi. Muallimning bilimdon bo‘lishi, ma’naviy barkamolligi o‘quvchi shaxsining shakllanishiga ijobiy axloqiy ta’sir o‘tkazadi. «Qadimgi ajdodlarimiz», - degan edi ,I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ru‘zasida, - komil inson haqida butun bir ahlokiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar". O‘qituvchi halollik, rostgo‘ylik, axlokiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi pedagogik odobining muhim talab- qoidasidir. Muallim deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi, ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun tanbeh beradi. Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin, lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i lozim. Sinfda o‘qituvchi "yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigani" bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak. Fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgatish va jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun bo‘lajak muallim yuksak pedagogik odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik odobning talab va qoidalarini bilib, o‘zlashtirib olishi, tajribada pedagogik faoliyatda qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi va ahlokiy tajribasi bilan boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida pedagogik odobning talab va qoidalari o‘qituvchining shaxsiy e’tiqodiga, axlokiy fazilatlariga aylanadi. Haqiqatdan, o‘qituvchi yoshlarga ta’lim - tarbiya beruvchi kishi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida shunday yozilgan: "Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega". Chunki hukumat xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yilayottan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Har qanday mutaxassis odob-ahloq namunalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekin pedagogik odoblilik mutlaqo o‘zgacha holdir. Chunki tabiatga, jamiyatga, notanish kishilarga, jism va ashyolarga, o‘z-o‘ziga munosabatda haqiqiy mezon rolini bajaruvchi qobiliyatga ega bo‘lishlik aynan o‘qituvchi shaxsida mujassamlashadi. Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi: emostional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari, chegaralariga batamom rioya qilish; xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash; bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini tiyish; nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik; hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, manmanlikni namoyish etmaslik; o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanish va hokazo. O‘qituvchi - ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko‘rsatkichi bo‘yicha ancha yuksaklikka ega inson. Uning bu darajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy izlanish faoliyatining ko‘rinishidan, ijtimoiy status va. rolni qat’iy ijro etishdan iborat. O‘qituvchining kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlarga ega bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji, imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogik nazokat o‘qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, bolalar bilan psixologik kontaktni saqlashga yordam beradi. O‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib o‘zida muloqotning demokratik uslubini shakllantiradi, o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi. Pedagogik nazokat o‘qituvchiga bolalar bilan muloqotda konflikt (qarama - qarshilik)dan qochishga, o‘zaro munosabatni to‘g‘ri kurishga yordam beradi. Pedagog o'quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto'g’ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi. Pedagogik nazokat me'yori tuyg’usi o'z o'quvchilari bilan to'g’ri munosabat qoidalariga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy yo'l-yo'riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish mumkin, ular o'qituvchinnng o'quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik nazokati mazmuni va uni namoyon bo'lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l-yo'riqlarni ko'rib chiqamiz. Nazokat me'yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni, o'z o'quvchilari bilan tug’ri munosabatga amal qilishni bildiradi. Agar o'qituvchi o'quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo'l-yo'riq bo'lsagina bunday muloqot ro'y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo'l-yo'riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o'zaro ishonch va do'stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do'stga ega bo'lish va u bilan muomala qilishga qat'iy ehtiyoj mavjud bo'ladi. «Odob deganda rasm – taomil, xulq – odatlar yigindisi, ijtimoiy – iktisodiy to’zum takozosi bilan turmush sharoitining aloxida tarzi, an‘analari asosida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi. Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini ta‘lim – tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilar, o’z kasbdoshlari, ota – onalar, maktab raxbarlari bilan muomala – munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir. O’qituvchi odobining moxiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muxim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha soxalarida kishining xulqi, xatti – harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mexnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun – koidalar, yul – yuriklar, mezonlar, pand – nasixatlar yigindisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy harakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu – umidlari to’g’risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi. O’qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tikodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tiqod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar, ota – onalar va bashqa kishilar bilan muomala – munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya soxasida erishgan yutuqlarida namoyon bo’ladi. O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik, rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil qilinadi. O’qituvchilik sha‘ni, qadr – qimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq – odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Yaxshilik qilish -- ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror xatti – harakatiga ijobiy munosabatning yigindisini aks ettiradi. O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda o’quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maksadining birligi, ta‘lim – tarbiyaning samarasi uchun ko’rashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota – onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo’lishini takozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo’lish, yaxshi istak bilan muomalada bo’lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi zarurdir. O’qituvchi burchi -- burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiklik har bir kishiga obru, shon – sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodikligi jamiyatga, Vatanga, mexnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi. O’qituvchi yosh avlodga ta‘lim – tarbiya berish soxasidagi o’z burchini zurlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o’z xayotining ma‘nosi, ishonch, vijdon da‘vati deb xisoblaydi. O’qituvchi burchi aql bilan hissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan kuyiladigan talablarning moxiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muximligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yullarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi. O’qituvchilik mas‘uliyati. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. O’qituvchining mas‘uliyati, muallimlik faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‘uliyati yuklangan. O’qituvchilik kilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga kanchalik yuksak, sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim. O’qituvchilik sha‘ni, qadr – qimmati. Umuminsoniy va milliy axloqning muhim belgilaridan biri insoniylik sha‘ni, kadr – kimmatidir. Insonning kadr – kimmati uning mansabi, kasb – koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq. Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning kadr – kimmati, sha‘ni deb ataladi. U, avvalo, o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishni talab etadi. Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari tarkibiy qismlari mavjud : O’quvchini hurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik ; Faoliyatning hamma turlarida o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish va ularning ishiga qat‘iy pedagogik rahbarlik qilish; O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan diqqat bilan qarashi va o’quv mashgulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi. O’quvchilarning tafakkur holida iroda aktivligini rivojlantirish, o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga nisbatan mehribon va g’amxo’r bo’lish ; O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini hisobga olgan holda qo’llashi ; O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam ravishda tekshirib turish ; O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloqa bog’lashning pedagogik jihatdan asoslangan holda birga qo’shib olib borilishi ; O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta qat‘iylik, muvozanatlilik va nutqning ifodaliligi. O’rta Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, shuningdek o’qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta‘limotlarni ham yaratdilar. Abu Nasr Forobiy o’z asarlarida, har bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo’lishi uchun ta‘lim va tarbiya olishi lozim deb hisoblaydi. Yoshlarga ta‘lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda qattiq zug’um qilishga intilmasligi, shuningdek, haddan tashqari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zug’um shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordi – yu, shogird ustozning juda yumshoqligini payqab qolsa, bu hol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, tarbiya yagona jarayon bo’lib, yoshlarga aqliy, jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni, xunar o’rgatishni nazarda tutadi. Bolaga ta‘lim – tarbiya berish uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim – tarbiyachini tanlash zarur. Muallim sog’lom, pok, xalol, xushmuomala kishi bo’lmog’i lozim, deydi. Kaykovus. «Qobusnoma»da bolalarga hunar va kasb o’rgatmoq to’g’risida farzandiga qilgan nasixatida ota – onaning va muallimlarning bolaga muomala – munosabati masalasiga ham to’xtaladi. Pedagog o’z kasbini sevishi ham unung eng ko’zga ko’rinarli odobi sanaladi.Chunki har bir pedagog o’z kasbini sevishi,o’z ishini sidqi dildan ado etishi,xushmuomilalik ,mahribonlik, rostgo’ylik va o’zidagi muhabbati bilan ajralib turadi.Bo’lajak pedagoglar mana shunday go’zal fazilatlarga ega bo’ladi.Har bir insonning dilida ham shunday jozibadorlik aks etadi.Ayniqsa o’zbek xalqi ayollarining qaynoq mehri mehrsiz johil insonning ham yuragida merni issiqlikning jo’sh urishiga sabachi bo’ladi. Mana shunday bizning ham tenggi yo’q muaqllimalarimiz bug’ubor murg’ak qalblarga ta’lim tarbiya beradilar.ularning go’zalliklari ham ,nazokati ham shunda deb o’ylayman. Pedagoglik kasbi Pedagoglik kasbini sevgan inson bor kuch g’ayratini shu kasbga bag’ishlaydi.Eng birinchi navbatta inson kasbiga butun dilni qalbimi bag’ishlashi kerak deb o’ylayman.U butun mehrini bahshida etishi ham pedagogning muomala odobi sanaladi.Pedagogning o’z faoliyatini sidqi-dildan ado etishi darkor.Pedagog nafaqat o’z kasbuni ,balki bolalarni ham sevishi ularga bor mehrini berishi oliy maqsad sari yo’l sari yetaklashi kerak .Shu bilan birga muallim va muallimaning bilimdonlik darajasi,ma’naviy- madaniy boyligining shakllanishi ijoyib axloq egasi ekanidan dalolat beradi va bu odob mu,tlaqo o’zgacha odob sanaladi. PEDAGOGLIK ODOBI Har qanday mutaxassis mustaxkam odob axloqqa ega bo’lishi kerak.Pedagogning odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari va vazifalari va tamoyillari ,tushunchalari, talablari mezonlarini ta’lim –tarbiya jarayonida oydinlashtirilib pedagogning ta’lim oluvchilari kasbdoshlari ota-onalario ta’lim muassasalari raxbarlari bilan minosabatlarida namoyon bo’ladigan hissiy-axloqiy xususiyatlari yig’indisi . Pedagogik odob O’qituvchining odobi mohiyati asosiy mazmuni pedagogic faoliyat uchun muhim bo’lgan axloqiy sifatlar ifodalanadi.Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari juda ham zarur.O’qituvchi odobining normalari har bir muallinning shaxsiy fikriga,axloqiy fazilati va etqotiga aylamioshi lozim .axloqiy etiqod va sifatlar o’qituvchining dars burish jarayonida ota- ona va boshqalar bilan munosabatlarida kundalik turmushda ,shaxsiy munosabatda axloqiy tasir o’tkazishda bilanadi.Muomala odobi o’z tabiati mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisdir.Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogic jarayondagi muomila odobuda namoyon bo’ladi. Pedagogik takt - o'qituvchi kasbiy mahoratining asosi. Takt ahloqiy tushuncha bo'lib, u insonlarning o'zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g'oyalariga asoslangan bo'lib, andishali xulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o'qituvchidan andishali bo'lish talab qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalar oldida o'zini tutishni bilishi, bolaning holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta'sir yo'lini topa olishidir. Shunday qilib, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalarga nisbatan amalga oshiradigan ta'sirining mezonidir. ТАKT VA TAKTIKA Taktika tanlash turli vaziyatlarda turli rollarni bajarish bilan bog'liq. Bu haqida ma'lumotni psixolog A. B. Dobrovich kitoblaridan olish mumkin. Bu to'rtta pozisiya bo'lib, ular quyidagicha: «yuqoridan pastga», «pastdan yuqoriga», «yonma-yon» va «aralashmaslik pozisiyasi». «Yuqoridan pastga» pozisiyasi o'qituvchi mustaqilligini, barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishini namoyish etadi. Bu pozisiya "ota" pozisiyasi ham deb ataladi. «Pastdan yuqoriga» pozisiyasida o'ziga ishonmaydigan, tobe' shaxs bo'ladi. A. B. Dobrovich so'zi bilan aytganda, bu "bola" pozisiyasi. Pedagogik taktni shakllantirish omillari. Insonparvarlik g'oyalariga asoslangan pedagogikada pedagog quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim, deyiladi: Tarbiyalanuvchilarga mehrli bo'lish, mehrini ko'rsata olisbi; Talabalar hatti-harakatlarining "ichki prajinalarini" ko'ra olish; Vaziyatni to'g'ri baholay olish; Maqsadga muvofiq ta'sir usulini tanlash; Talabalar bilan samarali muloqot qura olish. Maqsadga muvofiq ta'sir usulini tanlash; Talabalar bilan samarali muloqot qura olish. Pedagog va talaba pozisiyalarining to'g'ri kelmasligi ko'p konfliktlarga sabab bo'ladi, shuning uchun konflikt vaziyatlarda qo'llaniladigan sinalgan qoidalarini bilish kerak. Birinchi qoida. Konflikt vaziyatini o'z qo'liga olish bu emosional taranglikni bartaraf etishni anglatadi. Buning uchun ortiqcha jismoniy zo'riqishdan, ortiqcha hatti-harakatlardan halos bo'lish. Mimika, poza, jestlar faqatgina odamning ichki kechinmalarini ifodalab qolmay, unga ta'sir ham ko'rsatadi. Shunday qilib, tashqi vazminlik va hotirjamlik! Ikkinchi qoida. O'z hatti-harakatlari bilan sherigiga ta'sir ko'rsatish. Bunda ishtirokchining yuzini diqqat bilan o'rganib chiqish yordam beradi, fikrni jamlaydi va uning holatini aniqlashga imkon yaratadi. Uchinchi qoida. Hamsuhbatning hatti-harkatlari motivlarini tushunishga harakat qilish. Aqliy tahlilning ishga solinishi emosional qizishni pasaytiradi. Yaxshisi holatning mraakkabligini tushunganligini ifoda etish (Men sizning holatingizni tushunib turibman...), o'z holatini tushuntirish (Shu meni o'yiantiryapti...) Ya'ni hatti-harakatni darrov baholamang, oldin tug'ilgan vaziyatga bo'lgan munosabatingizni bildirishga harakat qiling. To'rtinchi qoida. Maqsadni muvofiqlashtirish. Talaba bilan sizni birlashtiruvchi narsani tezroq anglash va uni ko'rsatish. Beshinchi qoida. Samarali echim borligiga ishonishingizni namoyish qiling. Va nihoyat, konflikt hal qilinganidan so'ng uni tahlil qilib chiqing (sababi va oldini olish yo'llari). Muloqot qoidalariga rioya qilish o'qituvchiga har bir talaba uchun muvafaqqiyat vaziyatini yaratishga va u bilan samarali hamkorlikni o'rnatishga, talabaning barcha qobiliyatlarini ochib berishga imkoniyat yaratadi. O'qituvchining rejissyorlik va aktyorlik ko'nikmalari. Pedagogik va aktyorlikning o'zaro o'xshashliklari ko'p. Bu ushbu faoliyatlar mohiyatidan kelib chiqadi. Har ikkala faoliyat negizida insonlar ongiga ta'sir etish masalasi yotadi. Aktyor sahnadagi rol orqali, pedagog turli pedagogik ta'sir vositalari yordamida inson ongida oldindan ko'zlangan o'zgarishlarni amalga oshirishga harakat qiladilar. Bu kasblarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi yana bir narsa - bu har ikkalasi ham ommaga qaratilib, omma nigohida amalga oshirilishidir. O'qituvchining o'quv-tarbiyaviy mashg'ulot, tadbirlarini "ssenariy"sini ishlab chiqishi, unda o'quvchilar faoliyatini boshqarishi bu kasbni rejissyor kasbiga yaqinlashtiradi. O'qituvchilar talabalar diqqatini jamlash, e'tiborini vaqt davomida yo'naltirib turish qanchalik qiyinligini yaxshi biladilar. Shunda o'qituvchilarga aktyorlik mahorati katta yordam beradi. Buyuk ras dramaturgi K.S.Stanislavskiyning aktyorlar bilan ishlash sistemasi pedagogning aktyorlik mahoratini oshirishga katta imkon beradi. Pedagog ham aktyor kabi o'zining psixik-jismoniy yaxlitlik holatida farliyat vositasi rolini o'ynaydi. Shuning uchun u o'z organizmini sozlashi, uni zarur paytda to'g'ri harakatni amalga oshira olishini ta'minlashi kerak. Boshqaruv uslublari. Psixologiyada turli tipdagi boshqaruvchilarning ijtimoiy psixologik portreti ishlab chiqilgan - bunda ularning boshqaruvida bo'lgan jamoa bilan muloqoti texnikasi tahlil qilinadi. O'qituvchi ham pedagogik jarayonda boshqaruvchi fiinksiyasini bajaradi. Boshqaruv uslublarining uchta asosiy turini o'zaro ta'sir qilish nuqtai nazaridan ko'rib chiqamiz. Avtoritar uslub. Talabalar faoliyatiga tegishli barcha masalalarni, hattoki kim qaerda o'tirishigacha o'qituvchi yakka o’zi hal qiladi Tаktikа tаnlаsh turli vаziyatlаrdа хilmа-хil rоllаrni bаjаrish bilаn bоg’liq. Bu hаqidа mа’lumоtni psiхоtеrаpеvt А.B.Dоbrоvich kitоblаridаn оlish mumkin. Bu to’rttа pоzitsiya bo’lib, ulаr quyidаgichа: “yuqоridаn pаstgа”, “pаstdаn yuqоrigа”, “yonmа-yon” vа “аrаlаshmаslik” pоzitsiyasi. “Yuqоridаn pаstgа” pоzitsiyasidа o’qituvchi mustаqil hаl etishni nаmоyish etаdi, mаs’uliyatni o’z zimmаsigа оlаdi. Bu pоzitsiya “оtа-оnа” pоzitsiyasi. “Pаstdаn yuqоrigа” pоzitsiyasi tоbеlik, shахsning o’zigа ishоnmаsligi. А.B.Dоbrоvich so’zi bilаn аytgаndа, bu “tа’lim оluvchi” pоzitsiyasi. “Yonmа-yon” pоzitsiyasidа fаrоsаtlilik vа vаzminlik, vаziyatgа qаrаb ish tutish, bоshqаlаrning hаm mаnfааtini o’ylаsh, o’zi vа ulаr o’rtаsidа mаs’uliyatni to’g’ri tаqsimlаsh ifоdа etilаdi. Bu “kаttа оdаm” pоzitsiyasi. «Аrаlаshmаslik» pоzitsiyasi – аrаlаshmаslik, fаоllikni nаmоyon etmаslik. Hаr bir pоzitsiyaning qo’llаnishi vаziyat tаlаbigа mоs tаnlаnаdi. Mulоqоt ikki tоmоnlаmа jаrаyon bo’lgаnligi uchun o’qituvchi tа’lim оluvchi rоlini hаm inоbаtgа оlishi shаrt. O’qituvchining оdаtiy pоzitsiyasi bu hаmkоrlikdа ish оlib bоrаyotgаn “kаttа оdаm”, ya’ni ishgа аlоqаdоr dаrаjаni tаlаb qiluvchi pоzitsiyadir. Bu pоzitsiya tа’lim оluvchidа tеng huquqli shеriklikni shаkllаntirаdi, o’zаrо ishоnch muhitini yarаtаdi. Bundа quyidаgi jumlаlаrni qo’llаsh mumkin: “Sizlаr bilаn mаslаhаtlаshmоqchi edim”, “Kеlinglаr, o’ylаb ko’rаylik” vа hоkаzо. Pеdаgоg оdоbi umuminsоniy vа milliy ахlоqning qоnuniyatlаri, vаzifаlаri, tаmоyillаri, tushunchаlаri, tаlаblаri, mеzоnlаrini tа’lim-tаrbiya jаrаyonidа оydinlаshtirib, pеdаgоgning tа’lim оluvchilаr, kаsbdоshlаri, оtа-оnаlаr, tа’lim muаssаsаsi rаhbаrlаri bilаn munоsаbаtlаridа nаmоyon bo’lаdigаn kаsbiy-ахlоqiy хususiyatlаri yig’indisidir. Pеdаgоg оdоbi eng аvvаlо, tаrbiyachi vа tаrbiyalаnuvchilаrning o’zаrо munоsаbаtlаridа nаmоyon bo’lаdi. Birоq bundаy yondаshuv bir qаdаr chеklаngаn nuqtаi nаzаr ekаnligini tа’kidlаsh jоiz. Zеrо, tаrbiyachining kаsbiy ахlоqi fаqаt tаrbiyalаnuvchilаr bilаn mulоqоti jаrаyonidаginа nаmоyon bo’lmаydi, bаlki uning butun fаоliyati dаvоmidа birinchi dаrаjаli ehtiyoj sifаtidа ifоdаlаnаdi. Bоshqаchа аytgаndа, pеdаgоg оdоbi tushunchаsi tаrbiyachi dunyoqаrаshining hаyotiy tizimini аnglаtаdi. Pеdаgоg оdоbi tushunchаsining mаzmuni ахlоqiylik bilаn birgа iqtisоdiy, siyosiy, huquqiy jihаtlаrni hаm o’z ichigа qаmrаb оlаdi. Ахlоqiy tа’lim-tаrbiyaning tаrkibiy qismi sifаtidа pеdаgоg оdоbi fаzilаtlаrini shаkllаntirishdа ikki yo’nаlishdаgi аlоqаdоr tushunchаlаrni tаhlil qilish mаqsаdgа muvоfiqdir: birinchisi – jаmiyatning o’qituvchi shахsigа munоsаbаti; ikkinchisi – o’qituvchi shахsining jаmiyatgа munоsаbаti. O’qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o’qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir. Adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi «Ta’lim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997. 2. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003. 3.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003. 4.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007. 5.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996 Download 24.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling