2-yarim yillik davomida olib borilgan ishlar hisoboti Hisobot


Download 20.42 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi20.42 Kb.
#1465971
Bog'liq
AMALIYOT10


2-yarim yillik davomida olib borilgan ishlar hisoboti
Hisobot
Men Jaxonova Maftuna Shuxrat qizi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Unverseteti Matematika Fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 303-guruhda tahsil olmoqdaman. Biz talabalarga 3-bosaqich o’qish jarayonida haftasida 2 kun uzliksiz pedagogik amaliyot qo’yilgan bo’lib, bu amaliyotni men o’zim o’qigan maktabimda hozirgi kunga qadar olib bormoqdaman. Men amaliyot o’tayotgan maktab Samarqad viloyati Pastdarg’om tumani 88-maktab bo’lib, bu maktabda men 2022-yil 27- sentabrdan matematika fanidan amaliyot o’tab kelmoqdaman. Men Ermatovna Sadoqat ustozimga biriktirildim. Men ustozimdan dars o’tish usullari, metodlarini o’rgandim va o’z ustimda ishladim. Dars berish mobaynida kamchiliklarimni asta – sekin to’g’rilab bordim. Kundalik.com platformasida ishlash jarayonlarni kasbiy faoliyatini menga tushuntirdi. Men asosan 8A hamda 5B sinflariga matematika fanidan o`qituvchimning yordamida dars berdim. Men harakatchanligim sababli dars berish jarayonida qiyinchilik bo’lmadi va o’quvchilar bilan darslarni tushunarli o’tishga harakat qildim.
Oylar davomida qilingan ishlar
Sentyabr
Men Jaxonova Maftunaning malakaviy amaliyotni Oqdaryo tumani 33-umumiy o’rta ta’lim maktabida Ermatovna Sadoqat domla rahbarligida o’tkazayabman. Men amliyot boshlangan sanadan maktabga bordim va maktab mamuriyati tomonidan matematika o’qituvchisi Lukkiyev ga biriktirildim. U kishi menga maktab ichiki tartib qoidalari va maktab bilan tanishtirib chiqdilar.Men 1-haftada o’qituvchim darslarini kuzatdim. Bu darslar menda juda kata ta’surot qoldirdi. 8”A”-5”B” –sinflar bilan Amaliyot o`tadim. Ularning ko’pchiligi a’lo va yaxshi baholarda o’qishadi. Men birinchi haftada o’qituvchim darslarini kuzatib pedagogik mahorat va interfaol metodlarni o’rgandim.
Oktyabr
Oktyabr oyida 8A-5B sinflarga dars o’tdim. Bu oyda “Sonlarni bo’linish belgilari” boblari o’tildi. Bu bobda o`quvchilar sonlarni bo’linish belgilari ya’ni 2 ga 4 ga 5ga 3ga 10ga kabi belgilarini va tub va murakkab sonlarni,tub ko’patiruchilarga ajratish, Ekub va ekuklarni o`zlashtirishdi. Bu oyda 8 soat amaliyot o’tadim. Amaliyot paytida dars qiziqarli bo’lishi uchun qiziqarli misol va masalalar yechishni o`rgatdim.
Noyabr
Noyabr oyida 8A-5B sinflarga dars o’tdim. Bu oyda “Har xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish” boblari o’tildi. Nazorat ishi va test olindi. Bu bobda o`quvchilar Kasrlarni qisqartirish,umumiy maxrajga keltirish, har xil maxrajli kasrlarni taqqoslash,har xil maxrajli kasrlarni qo’shihs va ayirish kabi mavzularni o`zlashtirishdi. Bu oyda 8 soat amaliyot o’tadim. Amaliyot paytida dars qiziqarli bo’lishi uchun qiziqarli misol va masalalar yechishni o`rgatdim.
Dekabr
Dekabr oyida 8A-5B sinflarga dars o’tdim. Bu oyda “Oddiy kasrlarni ko’paytirish va bo’lish” boblari o’tildi. Bu bobda o`quvchilar Kasrlarni ko’paytirish, sonning qismini topish, ko’paytirishning taqsimot qonuni,o’zaro teskari sonlar, oddiy kasrlarni bo’lish mavzularni o`zlashtirishdi. Bu oyda 8 soat amaliyot o’tadim. Amaliyot paytida dars qiziqarli bo’lishi uchun qiziqarli misol va masalalar yechishni o`rgatdim.
Yanvar
Dekabr oyida 8A-5B sinflarga dars o’tdim. Bu oyda “Oddiy kasrlarni ko’paytirish va bo’lish” boblari o’tildi. Bu bobda o`quvchilar Kasrlarni ko’paytirish, sonning qismini topish, ko’paytirishning taqsimot qonuni,o’zaro teskari sonlar, oddiy kasrlarni bo’lish mavzularni o`zlashtirishdi. Bu oyda 8 soat amaliyot o’tadim. Amaliyot paytida dars qiziqarli bo’lishi uchun qiziqarli misol va masalalar yechishni o`rgatdim.
Fevral
Fevral oyida 8A-5B sinflarga dars o’tdim. Bu oyda “Nisbat va Proporsiya” boblari o’tildi. Bu bobda o`quvchilar Nisbat tushunchasi, Proporsiya va uning asosiy xossalari, to’g’ri va teskari miqdorlar va mashtab mavzularini o`zlashtirishdi. Bu oyda 8 soat amaliyot o’tadim. Amaliyot paytida dars qiziqarli bo’lishi uchun qiziqarli misol va masalalar yechishni o`rgatdim.
Mart
Mart oyida 8A-5B sinflarga dars o’tdim. Bu oyda “Musbat va manfiy sonlar” boblari o’tildi. Bu bobda o`quvchilar musbat va manfiy sonlar haqida tushunchaga ega bo`lishdi va ular ustida qo’shish, ayirish,ko`paytirish va bo’lish amallarini o’rganishdi.. Bu oyda 6 soat amaliyot o’tadim. Amaliyot paytida dars qiziqarli bo’lishi uchun qiziqarli misol va masalalar yechishni o`rgatdim.
Aprel-May
Aprel-may oyida 8A-5B sinflarga dars o’tdim. Bu oyda tenglamalar yechish va geometrik shakllar boblari o’tildi. Bu bobdan bolalar qavsni ochish qoidalari, tenglamalarni yechish usullarini va geometrik shakllarni yechishni o’rgatishga harakat qildim. Bu oylarda 12 soat amaliyot o’tadim. Amaliyot paytida dars qiziqarli bo’lishi uchun qiziqarli misol va masalalar yechishni o`rgatdim.
Maktabda ishlatiladigan dasturlar:


Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling