Kirish I bob. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, adolat va erkinlikka asoslangan yurish-turish qoidalar
Download 177.88 Kb.
|
Ijtimoiy normalar tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. IJTIMOIY NORMALAR TIZIMI. ………………………15
- Ijtimoiy normalar
Ijtimoiy normalar tizimi MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………2 I BOB. IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLUVCHI, ADOLAT VA ERKINLIKKA ASOSLANGAN YURISH-TURISH QOIDALAR…………………………………………………………4 1.1.Huquq tushunchasi, belgilari va turlari …………………………..4 1.2. Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi……………….8 II BOB. IJTIMOIY NORMALAR TIZIMI. ………………………15 2.1.Huquq tushunchasi, belgilari va turlari……………………………..15 2.2.Huquqning prinsiplari va funksiyalari…………………………….24 XULOSA………………………………………………………….33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………..35 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy normalar - bu jamiyatda insonlarning umumiy xulk-atvori qoidalari yigindisi bulib, ijtimoiy-iktisodiy tuzumga asoslangan, ongli iroda foaliyatining natijasidir. Jamiyat xayotidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ijtimoiy normalar katta urin uynaydi. Ijtimoiy normalar deganda, kishilarning, jamoalar va ijtimoiy guruxlarning о`zaro munosabatlarini, yurish-turishi va xatti-xarakatlarini tartibga soluvchi barcha qoidalar yig`indisi tushuniladi. Ijtimoiy normalar – odamlar va ularning birlashmalari о`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bо`lib, ular «inson – inson» munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an`analarning normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar. Axloq normalari – ezgulik va yovuzlik, sha`n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas`uliyat haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda о`rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Jamoat birlashmalarining normalari – jamoat birlashmalarining о`z faoliyatini tartibga solish uchun va tashkilotlarning a`zolari о`rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun о`rnatgan xulq-atvor qoidalaridir. Odat normalari – kishilarning kо`p marta takrorlanganligi uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga о`tib kelayotgan xulq-atvor qoidalaridir. An`ana normalari – ilg`or an`analarni asrash munosabati bilan yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari. Marosim normalari – kishilarning ma`lum rasm-rusumlarni bajarishdagi xulq-avtor qoidalari. Diniy normalar – dindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularning amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari. Siyosiy normalar – alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarining hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari. Huquq normalari – davlat tomonidan belgilanadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalari. Download 177.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling