Kirish I bob. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, adolat va erkinlikka asoslangan yurish-turish qoidalar
Download 177.88 Kb.
|
Ijtimoiy normalar tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qо`riqlovchi funksiya
- Huquqiy tartibga solish
Huquqning funksiyasi deganda ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etish, ularni tartibga solishning asosiy yо`nalishlari tushuniladi.
Huquqning asosiy funksiyalari quyidagilar - tartibga soluvchi, qо`riqlovchi va tarbiyaviy. Tartibga soluvchi funksiya - tegishli ijtimoiy aloqalar hamda tartibni va u yoki bu subyektlarning faol xulq-atvorini ta`minlash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qо`riqlovchi funksiya - huquqiy muhofaza va yuridik javobgarlik choralarini belgilash, ularni qо`llash va javobgarlikni о`tash tartibini о`rnatishdan iborat. Tarbiyaviy funksiya - turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalar esa taqiqlanadi, u yoki bu vaziyatda qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Bunda huquq ishontirish metodiga tayanadi, zarur bо`lganda majburlash metodini, xatto jazolashni nazarda tutadi. Ilmiy va о`quv adabiyotlarda «funksiya» tushunchasi turli xil ma`nolarda ishlatiladi. Yuridik fanda «funksiya termini XIX asr oxiri – XX asr boshlarida davlat va huquqning ijtimoiy ahamiyatiga tavsif berish uchun ishlatila boshlangan. «Huquq funksiyasi» tushunchasi tо`g`risida yagona fikr yо`q. Agar, shu masala bо`yicha bildirilgan kо`pdan-kо`p fikrlarni umumlashtirganda, huquq funksiyasi orqali huquqning sotsial maqsadi yoki ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta`sir etishining yо`nalishini tushunish mumkin. Huquq funksiyasi iborasida, uning sotsial maqsadi yoki huquqiy ta`sir etish yо`nalishi kabi bir-biriga chambarchas bog`liq bо`lgan, lekin shu bilan birga, bir-biriga tо`g`ri kelmagan kategoriyalar tushuniladi. Ularning har biri о`z ma`nosiga ega va «huquq funksiyasi» tushunchasini belgilashda ma`lum metodologiya vazifani bajaradi. Gap shundaki, xuddi sotsial maqsad kabi, ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etish yо`nalishi ham, alohida olinganda, huquq funksiyasi tushunchasini ma`nosini kamaytirmaydi. Agar huquq funksiyasi orqali faqat uning sotsial maqsadini tushungan taqdirimizda, bu tushuncha juda ham umumiy xarakterga ega bо`lib qoladi. Agar huquq funksiyasini faqatgina ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etish yо`nalishi singari tushunsak, bunday sharoitda uning keng ma`nodagi yо`naltiruvchi ta`siri e`tibordan chetda qoladi. Yuqorida aytilganga bog`liq holda, biz о`z diqqatimizni huquqiy ta`sir yо`nalishi va sotsial maqsadga taqqoslashni fikran notо`g`ri ekanligiga qaratishimiz kerak, yoki aqsincha, ularni tenglashtirish kerak. Huquq funksiyasi tushunchasi bir vaqtda ham huquq yо`nalishini ham uning shu yо`nalishdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarga ta`sirini kamrab olishi kerak. Huquq funksiyalaridan birontasining ma`nosini ochayotgan paytda, huquqning maqsadi bilan uning ta`sir etish yо`nalishining bog`liqligi va shu bilan birga, keyingisining huquqning maqsadiga tobe ekaligini doimo nazarda tutish shart. Huquq funksiyasi – bu uning sotsial maqsadining amalga oshishidir. Huquqning sotsial maqsadi va huquqiy ta`sir etish deganda nimani tushunish kerak? Huquqning sotsial maqsadi ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlaridan shakllanadi, tashkil topadi; u huquqni nazorat qiluvchi akt singari о`z aksini topgan shu ehtiyojlarning «davomi» demakdir. Jamiyatning ehtiyojlari bilan muvofiq holda ma`lum munosabatlarni qо`riqlashga qaratilgan huquqlar yaratiladi. О`zining ijtimoiy о`rniga muvofiq – mustahkamlash, himoya kilish yoki ma`lum ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishini tartibga solish kabi zarur ehtiyojlarda huquqning yuqorida aytilgan maqsadi yaqqol namoyon bо`ladi. Ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinishida ularning bir tizimliligi va dinamizmi jamiyatning rivojlanishi va ishlab turishi uchun zarur shart-sharoitdir. Shuning uchun huquqning sotsial maqsadi ijtimoiy munosabatlarning tо`g`ri yо`lga solib turishdan, unga kerakli darajada mustahkamlik, yaxdillik va dinamizim berishidan, sodda qilib aytganda, jamiyatning bir meyorda rivojlanishi uchun kerak bо`lgan sharoitlarning yaratishdan tashkil topgan. «Huquq funksiyasi» tushunchasini ochish jarayonida «huquqiy ta`sir etish» va «huquqiy tartibga solish» kategoriyalarining о`zaro munosabatlariga ahamiyat berishi kerak. Huquqiy tartibga solish – bu huquq vositalari tizimlari (yuridik normalar, individual yozmalar va boshqalar) yordamida ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etishdir. Huquqiy tartibga solish bilan bir qatorda turgan huquqiy ta`sir etish shakllari ham unga qiritiladi. Huquqiy ta`sir etish turli xil shakllarining mavjudligi yuridik bо`lmagan va yuridik bо`lgan huquqiy ta`sir etishning orasidagi farqni yaqqol ajratishga yordam beradi. Huquq funksiyasi tushunchasiga, albatta, yuqorida aytilgan ta`sir etish turlarining ikkisi ham kiradi. Bu о`rinda huquq funksiyasini uning о`ziga xos holatlarining namoyon bо`lishi deyin mumkin. Download 177.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling