7-maruza yorug’lik interferensiyasi reja


Download 363.95 Kb.
bet1/4
Sana18.11.2023
Hajmi363.95 Kb.
#1785449
  1   2   3   4
Bog'liq
7-maruza N


7-maruza
YORUG’LIK INTERFERENSIYASI
REJA:

  1. Yoruglik to’lqinlarini qo’shish.

  2. Yorug’lik to’lqinlarining kogerentligi va monoxromatligi.

  3. Interferensiyasiyaning maksimum va minimum shartlari.



Yoruglik to’lqinlarini qo’shish

Interferensiya hodisasi - yorug’lik to’lqinlari (kogerent) ning fazoning biror nuqtasida qo’shilib, bir-birini kuchaytirish yoki susaytirish.


Optik yo’llar farqi-geometrik yo’llar farqini muhitning sindirish ko’rsatgichiga ko’paytmasiga teng.Kogerent to’lqin deb vaqt o’tishi bilan fazalar farqi o’rganiladigan to’lqinga aytiladi.
Nyuton va Gyuygens vafotlaridan so’ng ham bu ikki gipoteza tarafdorlari orasida uzoq bahslar davom etdi. Lekin 1801 yilda yosh ingliz fizigi Yung amalga oshirgan tajriba barcha olimlarning diqqatini o’ziga jalb etdi.



7.1 – rasm.
Bunda M - yorug’lik manbai, M1 va M2 lar to’siqdagi juda tor tirqishlar(7.1-rasm). Ular bir-biridan 1  2 mm uzoqlikda joylashgan. Nyutonning korpuskulyar gipotezasiga asosan, M1 va M2 tirqishlardan o’tgan korpuskulalar tufayli E ekranda tirqishlarning shakliga monand ravishda ikki yorug’ soha vujudga kelishi lozim edi (rasmning b qismiga qarang). Vaholanki, ekranda bir necha yorug’ va qorong’u sohalar kuzatiladi (rasmning v qismiga k.). Qizig’i shundaki, M1 va M2 tirqishlar o’rta nuqtasining karshisida yorug’ soha vujudga keldi. Bu tajribada kuzatilgan hodisa yorug’lik interferensiyasi deb nom oldi. Interferensiya so’zi lotin tilidagi interfere - "xalaqit bermoq" degan fe’ldan kelib chiqqan. Haqiqatdan, yorug’likni to’lqin deb qaraladigan bo’lsa, ekrandagi yorug’ va qorong’u sohalarning vujudga kelishini quyidagicha tushuntirish mumkin. M1 va M2 lardan chiqayotgan to’lqinlar ekranning A0 va A1 sohalarida uchrashib, bir-birini kuchaytiradi. Bu to’lqinlar ekranning A1 sohasida uchrashganda esa bir-birini susaytiradi, aniqrogi bir-birini yo’qotadi. Shu misolni yorug’likning elektromagnit to’lqin nazariyasi asosida muhokama qilaylik. Buning uchun M1 va M2 lardan chiqayotgan yorug’lik to’lqinlarni mos ravishda

Download 363.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling