Asosiy kapitalga investitsiyalar
(2022-yil yanvar-sentabr oylarida)
Joriy davrda 134029,4 mlrd. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirilib, ularning 79,0 % yoki 105092,2 mlrd. so'm jalb etilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirilgan bo'lsa, korhona, tashkilot va aholining o'z mablag'lari hisobidan 21,0 % yoki 28937,2 mlrd. so'm moliyalashtirildi.
Olib borilayotgan keng ko'lamli investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan islohotlar natijasida joriy davrda asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi 134 trln. so'mdan oshiqroqni tashkil etgan holda o'tgan yilning mos davriga nisbatan keskin o'sish, ya'ni 46,0 % ga o'sish kuzatildi.
Joriy davrda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o'tgan yilning mos davridagi ulushiga nibatan 2,6 % punktga ko'payib, 28,3 %ni yoki 38099,1 mlrd. so'mni tashkil etdi.
Markazlashgan moliyalashtirish manbalari
|
Respublika byudjeti
11359,5
|
O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar
19630,4 mlrd. so'm
|
Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg'armasi
1215,1 mlrd. so'm
|
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi
42,5 mlrd. so'm
|
Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi
5851,6 mlrd. so'm
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |