Asosiy kapitalga investitsiyalar
Hududlar kesimida takror ishlab chiqarish tarkibi (jamiga nisbatan % da)
Download 491.76 Kb.
|
invistitsiya uzb 25.10.2019
Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini hamda boshqa soha obyektlarini kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya va texnik-tehnologik jihatidan qayta qurollantirishga yo'naltirilgan investitsiyalarning jami hajmdagi ulushi bo'yicha eng yuqori - 49,0 % ko'rsatkich Andijon viloyatida kuzatildi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar Axborot va aloqa 1,6 % Qishloq xo'jaligi 8,4 % Turar-joy qurilishi 11,6 % Elektr, gaz bilan ta'minlash 11,7 % Qayta ishlash sanoati 27,2 % Qurilish 5,6 % Tashish va saqlash 5,5 % Professional, ilmiy va texnik faoliyat 1,4 % Ta'lim 2,9 % _ Boshqalar 8,2 % Ulgurji va chakana savdo 3,3 % Tog'-kon sanoati 8,1 % Sog'liqni Suv bilan saqlash ta'minlash, 2,2 % kanalizatsiya 2,3 %
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 36463,8 mlrd. so'm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 27,2 % o'zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko'p investitsiya o'zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar: to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 7654,5 mlrd. so'm (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 5,7 %); boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab chiqarish 7368,9 mlrd. so'm (5,5 %); metallurgiya sanoati 5970,9 mlrd. so'm (4,5 %). Elektr, gaz bilan ta'minlash faoliyat turida ham salmoqli investitsiyalar - 15630,6 mlrd. so'm (11,7 %) o'zlashtirildi. Tog'-kon sanoatida 10794,7 mlrd. so'm yoki jami investitsiyalarning 8,1 %i o'zlashtirildi. Shundan 7174,4 mlrd. so'm yoki jami investitsiyalarning 5,4 %i xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarishga yo'naltirilgan. Xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilishi (mlrd. AQSh doll) 8,9 6,1 3,3 2 , ,, 1 Jami xorijiy to'g'ridan-to'g'ri O'zR kafolati Boshqalar investitsiya va ostida kreditlar ■ Jami ■ asosiy kapitalga Joriy davrda jami 8,9 mlrd. AQSh doll xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilgan bo'lib, ulardan 68,6 %i yoki 6,1 mlrd. AQSh doll asosiy kapitalga o'zlashtirildi. Jami o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning 37,0 %i yoki 3,3 mlrd. AQSh dollarini to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil qildi, shu jumladan 2,5 mlrd. AQSh dollari asosiy kapitalga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar mln. AQSh doll
Joriy davrda 52571,0 mlrd. so'm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 39,2 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o'zlashtirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 25816,8 mlrd. so'mni tashkil etdi va qolgan 26754,2 mlrd. so'm xorijiy kreditlar hisobiga to'g'ri keldi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan joriy davrda 21448,4 mlrd. so'm o'zlashtirilgan bo'lsa, 11492,2 mlrd. so'm boshqa xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan o'zlashtirildi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 2,4 martani tashkil etdi. O'sish sur'atlarini hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak, eng yuqori ko'rsatkich Jizzax viloyatida qayd etildi - 13,9 martaga ko'payish, eng past o'sish sur’ati Buxoro viloyatida kuzatildi 90,5 %. Download 491.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling