Doktor Sarvar G’aniyevning takidlashicha
Download 10.8 Kb.
|
elektron sigaret yangi tahrir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kashandalikka qarshi kurash
Hozirda O‘zbekistondagi jami erkaklarning 23 foizi, ayollarning esa 1 foizi muntazam sigaret chekuvchi hisoblanadi. Yiliga esa yurtimizda 30 mingga yaqin kishi aynan chekish orqali hayotdan ko'z yumadi. Yurtimizda hozirda yoshlar orasida sigaret yoki elektron sigaret chekish anchagina "moda"ga aylanib ulgurdi. Tashqaridan e'tibor bilan kuzatilsa sigaretlar yoki elektron sigaretlar (vapelar) yoshlarning, talabalarning xatto ba'zi paytlar maktab o'quvchisining ham qo'lida ko'rish ajablanarli hol bo’lmay qoldi. Tamakidan tayyorlangan sigaretlarni zararlari haqida deyarli gapirmagan mutaxasis-u shifokor qolmadi. Ammo bizda shakllanib kelayotgan yangi stereotip: "elektron sigaretlarning zarari umuman yo'q" degan gaplar yuribdi. Aslida elekrton sigaretlar zararsizmi? O'ziga qaramlikni keltirib chiqarmaydimi? Uning tarkibida inson salomatligiga ta'sir qiluvchi kimyoviy moddalar qanday? O'ziga qaram qilgandan keyin moliyaviy tomonga ham zarar yetqazadimi? Hali yaxshi rivojlanmagan markaziy asab tizimi bu moddaga tez o‘rganadi. Ushbu tizimning shakllanishi taxminan 25 yoshgacha davom etishi eʼtiborga olsak, elektron sigaretalar yoshlar salomatligi uchun juda xavfli. Doktor Sarvar G’aniyevning takidlashicha, elektron sigaretalar ham, oddiy sigaretalar ham nikotinni o'z ichiga oladi, xuddi narkotik moddalar geroin va kokain kabi o'ziga qaram qiladi. Eng yomoni, ko'plab elektron sigaret foydalanuvchilari oddiy tamaki chekuvchidan ko'ra ko'proq nikotin olishadi. Foydalanuvchilar nikotin miqdori yuqori bo'lgan qo'shimcha quvvatli patronlarni sotib olishlari yoki elektron sigaretaning kuchlanishini bemalol ortiqcha pul to'lab kuchaytira oladi. Oddiy va elektron sigaretalarni birgalikda chekish esa yana-da zararli. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday holatlarda nafas olish aʼzolari va yurak-qon tomir xastaliklari xavfi 2 barobarga ortadi.
Aslida inson miyyasiga ta'sir qiluvchi har qanday tamaki, elektron sigaretlar yoki boshqa turdagi moddalar inson hayoti uchun juda ham havfli. Undan tashqari, moliyaviy tomondan ham katta ta'sirga egadir. Amerikaning John Hopkins universitetida elektron sigaretlar va vape bo'yicha tadqiqotlar o'tqazildi. Oddiy tamaki sigaretlarida 7000 ta kimyoviy moddalar mavjud bo'lib, ularning deyarli 90% zaharli hisoblanadi. Lekin olimlar elektron sigaretlarda qanday kimyoviy moddalar borligini aniq bilmasa-da "Elektron sigaretalar chekish orqali boshqa bunaqa ko'proq zaharli kimyoviy moddalarga duchor bo'lmaslikning yo'li deyarli yo'q" deyiladi tadqiqotda.
Bizda ham sigareta va elektron sigaretlar uchun jarima va jazolar bor ammo bular faqat jamoat joylarida xolos. Xususan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-1-moddasiga ko‘ra (ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima (90 ming so‘m) solishga sabab bo‘ladi. Bu turdagi jarima va jazo qolgan davlatlarga qaraganda nisbatan yumshoqroq hisoblanadi. Qo'shimchasiga bu qonunga faqatgina IIV xodimlarini ko'chada ko'rib qolganda amal qilinishini ham hisobga olish kerak. Jamoat joylarida chekish insonni faqat o'zini sog'lig'iga zarar keltirishi emas balki boshqalarning ham hayotiga havf tug'dirishini his qilish kerak. 20-yoshdan oshmaganlarga ham sotish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 199-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi ko‘rinishi 20 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa sotishni rad etishi shartligi haqidagi majburiyat kiritilgan. Biroq bu qonun-qoidaga hamma ham amal qilmayapti. Tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchilar xaridorning yoshini so‘ramasdan sigaret sotayotgan holatlar kuzatilmoqda. Yanayam achinarlisi, o‘quv yurtlarining shundoq oldida tamaki mahsulotlarining savdosi keng yo‘lga qo‘yilgani hech kimni tashvishga solmayapti. Hamma hayot tarzini o'zi tanlaydi ammo uning hayotini "zavqi" evaziga boshqalar aziyat chekmasligi zarur! Download 10.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling