6.1-rasm. 2011-2015 yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar xukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va kreditlar miqdori (mln AQSH doll.)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda Respublika moliya bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qaroriga ko’ra xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar xukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va kredit liniyalari miqdori 2011 yilda 75 million AQSh dollarini, 2015 yilga borib esa, 155 million AQSh dollarini tashkil etgan (6.1-rasm).
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimizda Xitoy davlat rivojlanish banki kredit liniyasi, Gollandiyaning FMO kredit liniyasi, Koreya eksport-import banki kredit liniyasi, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “Qishloq xo’jalik korxonalarini qo’llab-quvvatlash. Faza-II” loyihasi kredit liniyasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi, Germaniyaning COMMERZBANK AG kredit liniyasi, Germaniyaning Landesbank Berlin AG ning kredit liniyasi, GermaniyaningLandesbank Baden-Vyurtemberg kredit liniyasi, Halqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyot jamg’armasi va Ispaniya trast jamg’armasining “O’zbekiston Respublikasida mevasabzavotchilik tarmog’ini rivojlantirishni qo’llab quvvatlash” liniyasi, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi liniyasi kabi xalqaro kredit liniyalar mablag’laridan foydalanilib kelinmoqda.
Ularning ba’zilari to’g’risida quyidagi ma’lumotlarda ko’rib chiqamiz. Mazkur kredit liniyalar to’g’risidagi ma’lumotlar O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2018 yil ma’lumotlari asosida tuzildi.
Gollandiyaning FMO kredit liniyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |