1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA)


Download 3.09 Mb.
bet64/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) — 1960 yilda tashkil etilgan bo’lib, unga a’zo mamlakatlar soni 169 tani tashkil etadi. XTA uzoq muddatga foizsiz, kredit ko’rinishida qarz va deyarli bozor shartlari bo’yicha qarz olish imkoniga ega bo’lmagan dunyoning eng past daromadli 82ta mamlakatlariga grantlar beradi. XTA kredit operatsiyalarini donor mamlakatiga badallari, XTTBning sof foydasini o’tkazish, XMKning grantlari va uyushma tomonidan ajratgan kreditlaridan keladigan tushumlar hisobiga moliyalashtiriladi.
XTAning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli kreditlar berishdan iborat bo’lib, zaxiralashtirilgan kredit mablag’larining jami hajmi 207 mlrd. dollarga etgan. 2009 yilda 67 ta mamlakatda 176 ta yangi operatsiyalar bo’yicha zaxiralashtirilgan kreditlar hajmi 14 mlrd. dollarini tashkil etgan.
XTA kreditlari 10 yillik imtiyozli davrni kamrab olgan holda 35 — 40 yilga beriladi. Kreditlar hajmi SDRda aks ettiriladi, lekin moliyalashtirish loyiha xarajatlari amalga oshiriladigan valyutada beriladi. Olingan qarz bo’yicha foiz hisoblanmaydi, ammo kredit bo’yicha xizmat ko’rsatishdan kreditning 0,75% miqdorida komissiya haqi olinadi. Jahon hamjamiyati XTAni kam rivojlangan mamlakatlarga yordam beruvchi eng samarali tashkil etilgan moliya instituti sifatida tan oladi.
XTAga a’zolik XTTBga kirgan barcha mamlakatlar uchun ochiq hisoblanadi. XTAda moliyalash hususiyatidan kelib chiqib, a’zolari ikki guruhga bo’linadi.
Birinchi guruhga Rossiya, AQSh, Kanada, G’arbiy Evropa mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika va Quvayt kiradi. Ularning badallari erkin almashinadigan valyutada to’lanadi.
Ikkinchi guruh rivojlanayotgan mamlakatlardan tashkil topgan bo’lib, ular badalning faqat 10%ini erkin almashadigan valyutada, qolgan 90%ini o’z valyutalarida to’laydilar. Ikkinchi guruh ishtirokchilarining badallari faqat hukumat bilan maxsus shartnomaga muvofiq loyihalarni moliyalashtirishda foydalanilishi mumkin.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling