1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining O’zbekiston bilan hamkorligi


Download 3.09 Mb.
bet66/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

6.3. Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining O’zbekiston bilan hamkorligi.


Evropa tiklanish va taraqqiyot bankn ETTB — 1991 yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. ETTB Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha islohotlarni o’tkazishda ko’maklashadi. ETTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat:
infratuzilmani rivojlantirish;
turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalarning loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslarning 60%i xususiy sektorga, 40%i davlat sektoriga mo’ljallangan;
xususiy kapital qo’yilmalariga kafolatlar berish;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish.
Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini tashkil etish va mustahkamlash, kichik biznesni rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor loyiha va dasturlar bo’lib hisoblanadi. Bank xususiy va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi homiylar salohiyati yuqori bo’lishi va biznes rejalarining ishonchli bo’lishini talab qiladi.




6.2-rasm. Mintaqaviy rivojlanish banklari

Boshqa rivojlanish banklaridan farqli ravishda ETTB siyosiy tuzshshalarni kreditlashda ishtirok etmaydi va xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash va loyihaviy moliyalashga ixtisoslashgan.


Bank taqdim etadigan kreditining eng kam miqdori 5 mln. evroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topadi. Kreditlar bo’yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo’llagan holda) yoki qatiy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chiqadi.
2008 yilda ETTB tomonidan ajratilgan mablag’larning 39%i moliya sektoriga, 26%i korporativ sektorga, 18%i infratuzilma sohasiga va 17%i energetika sohasiga yo’naltirilgan.
O’zbekiston 1992 yildan ETTB a’zosi hisoblanadi. ETTB O’zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi eng yirik investorlardan biri hisoblanadi (6.6-jadval).


Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling