1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet85/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Bojxona imtiyozlari

EIIZda faoliyat ko’rsatadigan butun muddatga eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida olib kelinayotgan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari) ozod qilinadi

“Angren” MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to’lovlari (bojxona yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod qilinadi

“Navoiy” EIIZda beriladigan imtiyozlardan yana biri, EIIZda ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar EIIZ faoliyat ko’rsatadigan butun muddatga eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kelinayotgan asbob- uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi. Agar O’zbekistonning ichki bozorlarida sotish uchun mo’ljallangan mahsulotni ishlab chiqarishni ko’zda tutib, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar mamlakatga olib kirilsa, bunda bojxona to’lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqa imtiyozli tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa, belgilangan stavkalarning 50%i miqdorida undiriladi, bunda ularni to’lash muddati 180 kungacha kechiktirilishi mumkin.


“Navoiy” EIIZda faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlariga alohida huquqiy tartib, ya’ni ularning hududga kirishi, hududda bo’lishi va chiqib ketishi, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Bu imtiyozlarning barchasi faqat EIIZ hududida faoliyat ko’rsatayotgan va EIIZ direktsiyasi tomonidan ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun taalluqli ekanligi belgilab qo’yildi. Imtiyoz EIIZ rezidentlari tomonidan kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiya miqdoriga qarab beriladi.
Navoiy aeroporti bazasida erkin industrial-iqtisodiy zonani tashkil etish, shuningdek, Navoiy shahrida yangi barpo etilgan aerodromni xalqaro operator — Koreyaning “Korean Eyr” kompaniyasi boshqaruviga berish to’g’risidagi qarorning qabul qilinishi tufayli oldimizda katta istiqbollar ochiladi.
Xalqaro intermodal logistika markazining tashkil etilishi undan nafaqat Janubi-Sharqiy Osiyoni Evropa bilan bog’laydigan qit’alararo transport-ekspeditsiya uzeli sifatida foydalanish imkonini beradi. Ayni paytda u Navoiy viloyati va qo’shni hududlarda yangi, yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratadi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling