1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet86/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Erkin industrial-iqtisodiy zona — bu mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni faol jalb etishning muhim omilidir. Navoiy respublikamizda sanoat sohasida ulkan salohiyatga ega viloyat. Bu hududda 20 tadan ortiq yirik sanoat korxonalari faoliyat yuritadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 2 dekabrda qabul qilingan “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni viloyat, xususan, Navoiy shahrining ishlab chiqarish salohiyatini yanada mustahkamlash, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Ushbu hujjatda jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijitmoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlari ko’zda tutilgan.
Ushbu Farmonga binoan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtiruvchi quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi:
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora –tadbirlari to’g’risida (Vazirlar Mahkamasi Qarori 27.01.2009 y. № 21);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi to’g’risida Nizom; (VM Qarori 27.01.2009y. № 21 son qaroriga 1 ilova);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona direktsiyasi Davlat unitar korxonasining Ustavini tasdiqlash to’g’risida (VM Q 19.02.2009y. № 48);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona direktsiyasi Davlat unitar korxonasining Ustavi (VM Q 19.02.2009y. № 48 son qaroriga ilova)
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududiga kirishi,undan chiqib ketish, u erda bo’lish va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida (VM Q 9.04.2009y. № 104 );
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketish, u erda bo’lishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi to’g’risida Nizom (VM Q 9.04.2009y. № 104 qaroriga ilova);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida (VM Q 9.04.2009y. № 105);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining ma’muriy kengashi to’g’risida Nizom (VM Q 9.04.2009y. № 105 son qarorga 1 ilova);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida joylashtirish uchun investorlar tanlash tartibi to’g’risida Nizom (VM Q 9.04.2009y. № 105 son qarorga 2 ilova);
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining xo’jalik faoliyati qatnashchilari sifatida ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom (VM Q 9.04.2009y. № 105 son qarorga 2 ilova);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida bojxona rejimi hamda alohida soliq rejimini ta’minlash tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida (VM Q 23.042009y № 120);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi alohida bojxona rejimi to’g’risida Nizom (VM Q 23.04.2009y. № 120 son qaroriga 1 ilova);
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida soliq rejimini ta’minlash tartibi to’g’risida Nizom (VM Q 23.04.2009y. № 120 son qaroriga 2 ilova).
Prezident farmonida uning faoliyati 30 yilga mo’ljallangani, bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkinligi, zonada ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zamonaviy xorijiy texnika va asbob-uskunalar, texnologik liniyalar va modullar, iinovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarishdek dolzarb yo’nalishlarda ish olib borishlari, bunda ishlab chiqaruvchilarga alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari qo’llanishi, ularga qator imtiyozlar berilishi belgilanganligi bu qiziqishga sabab bo’lmoqda.
Prezident farmonida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi — zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarishdan iborat deb belgilab qo’yilgan.
Navoiy” EIIZda ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagilar ruxsat etiladi:
ular o’rtasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bo’yicha hisob-kitob va to’lovlarni EIIZ hududida xorijiy valyutada amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini erkin almashtiriladigan valyutada to’lash;
eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq to’lash hamda hisob-kitob qilishning ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanish.
“Navoiy” EIIZni yaratish kontseptsiyasi quyidagi to’rtta blok — xabni sinergiya qilishga asoslanadi: transport-logistika, industrial, innovatsion, turistik va madaniy-rekreatsion. Loyihani uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan va har bir bosqichda 500 gektargacha maydon o’zlashtiriladi.
O’zbekistonda erkin industrial-iqtisodiy zonani tashkil etish uchun aynan Navoiy viloyati bejiz tanlanmagan. Sababi, bu erda mavjud sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar jahonning 50 dan ziyod davlatlariga eksport qilinmoqda. Qolaversa, keyingi yillarda Qizilqum mintaqasida nodir qimmatbaho metallar, fosforit xom ashyosining yangi konlari o’zlashtirilayotganligi, yangi zamonaviy korxonalar qurilib, ishga tushirilayotgani bu vohaning ulkan miqyosdagi taraqqiyot va yuksalish yo’lidan borayotganidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, Navoiy shahri aeroportida to’liq rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Natijada xalqaro andozalarga mos 4 kilometrdan ko’proq uchish-qo’nish yo’lagi qurib bitkazilib, zamonaviy boshqarish tizimi bunyod etildi, murakkab ob-havo sharoitida ham turli darajadagi, og’irliqdagi havo kemalarini qabul qilish va uchirish imkoniyatlari yaratildi. Ushbu aeroportdagi qitalararo intermodal logistika markazi esa Hamdo’stlik davlatlarida yagona bo’lib, bu erda yuklarni tezkorlik bilan tushirish, ortish, taqsimlash, maxsus omborlarga joylashtirish mumkin. Osiyodan Evropaga, Evropadan Osiyoga jo’natiladigan yuklar global yuk tashish tarmog’ining muhim bo’g’iniga aylanadigan ana shu markazdan o’tadi.
“O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi Koreya Respublikasidan lizing asosida 2 ta “A 300 — 600 F” rusumli yuk samolyotini xarid qilib, ularni logistika ixtiyoriga berdi. Pirovardida markazning salohiyati yuksalib, uning uchun jahondagi barcha yuk bozorlariga yo’l ochildi. Chunki yangi havo kemasining har biri 40 tonnagacha yuk bilan 7 ming kilometr masofani to’xtamasdan bosib o’ta oladi. Ko’rinib turibdiki, Navoiy aeroportida xalqaro qatnovni amalga oshiradigan barcha zamonaviy samolyotlarga tezkor, yuqori sifatli texnik va servis xizmati ko’rsatish uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Bundan tashqari, qulay geografik joylashuv yuklarni O’zbekiston orqali tashishda vaqt va tashish xarajatlarini iqtisod qilish imkonini yanada oshiradi. Jumladan, yuklar Janubi-Sharqiy Osiyodan Evropaga Dubay orqali emas, balki Navoiy orqali tashilsa, masofa 1000 kilometrga, vaqt esa 1,5 soatga qisqaradi va har bir samolyotdan 15 tonna yoqilg’i tejab qolinadi. 2009 yilda “Korean Eyr” kompaniyasidan milliy aviakom-paniyamiz ijaraga olgan zamonaviy transport samolyotlari bilan ushbu azroportdan xalqaro yo’nalishlar bo’yicha 330 dan ortiq reys amalga oshirildi va qariyb 8,5 ming tonna yuk tashildi. Bu Navoiy shahri aeroportini global logistika tarmog’iga integ-ratsiyalash imkonini berdi124
“Navoiy” xalqaro aeroporti Korean Air boshqaruviga o’tgandan so’ng uning iqtisodiy ko’rsatkichlari sezilarli darajada ijobiy tomonga o’zgardi. 2009 yilning 6 oyi mobaynida “Navoiy” aeroportidan uchishlar soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobardan ortiq o’sdi, ya’ni 133 dan 433 taga etdi. Aeroportning yuk tashish terminali orqali tashilgan yuklar hajmi 15 tonnadan 3337 tonnaga etdi. Aeroportning foydasi esa, 10 martaga ko’paydi va 5810 ming AQSh dollarini tashkil qildi32.
Yana bir ijobiy holat - bu “Navoiy” EIIZning Evropani Xitoy bilan bog’laydigan qisqa xalqaro “E 40” avtomagistraliga va Markaziy Osiyo, MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan bog’laydigan temir yo’llarga yaqinligidir. Yuklarni avtomobillarda Navoiy orqali Xitoy — Evropa yo’nalishi bo’yicha tashish, Rossiya — Xitoy yo’nalishiga qaraganda masofaning 1000 kilometrga qisqarishiga va har bir avtomobildan 800 dollargacha transport xarajatlarining tejalishiga olib keladi.
2010 yilning yakuniga kelib “Navoiy” EIIZda 7 ta korxona ochildi33. Ular elektronika, avtomobil ehtiyot qismlari, kosmetik mahsulotlar, polimerni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati sohasiga tegishli korxonalardir.
“O’zbektelekom” AK va Singapurning “Servetechno Pte. Ltd” kopaniyalari bilan hamkorlikda tuzilgan “Telecom Innovation” qo’shma korxonasi tashkil etildi. Ushbu loyihaning qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. U erda raqamli televidenie uchun, yillik quvvati 50 ming dona bo’lgan tyunerlarni ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Yangi ishlab chiqarish 30 ta yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minladi34.
Polietilen va polipropilen quvurlarni ishlab chiqaruvchi 2 ta zavod ham ekspluatatsiyaga topshirildi. “Polietilen quvurlari” loyihasining umumiy qiymati 7,2 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Korxona to’liq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lganda eksport hajmi 5,9 mln. AQSh dollaridan ko’proqni tashkil etadi. Bu loyiha tufayli 70 ga yaqin ishchi o’rinlari tashkil etildi. Ikkinchi zavod “Polipropilen quvurlari” bo’lib, ushbu loyihaning qiymati 5,2 mln. AQSh dollariga teng, tayyor mahsulotning 50 %ini eksport qilish mo’ljallangan. Zavod 40 dan ortiq yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minladi35.
Yana bir yangi ishlab chiqarish bu “UzEraeCabele” qo’shma korxonasidir, u “O’zavtosanoat” AK va “Erae cs Ltd” (Koreya Respublikasi) bilan tuzilgan qo’shma korxonadir. Loyihaning umumiy qiymati 13 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi. Ishlab chqarilgan mahsulotning asosiy iste’molchisi “GM Uzbekistan” uchun avtoulov sim o’ramlarini ishlab chiqaruvchi “UzKodji” qo’shma korxonasidir. Bundan tashqari ishlab chiqarilgan mahsulotning 20 % “General Motors” korxonalariga eksport qilinishi mo’ljallangan.
“Markazsanoateksport” va “Kefayat General TradingCo” (BAA) kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “AgroFresh” korxonasi 3 ming t. meva va sabzavotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan Italiyaning zamonaviy muzlatgich uskunalari bilan jihozlangan. Loyihaning umumiy qiymati 5,03 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi va u 20 dan ortiq ishchi o’rinlarini yaratdi. Korxona 50 % mahsulotini eksportga chiqaradi36.
“UzMinda” qo’shma korxonasi avtoulovlarga xavfsizlik sistemalarini va spidometrlarni ishlab chiqaradi. E’tiborli tomoni korxona tashkil qilgan 195 ta ishchi o’rinlarining 191 tasini mahalliy mutaxassislar tashkil qiladi.
Ulardan so’ng “Navoi-Beauty Cosmetic” qo’shma korxonasi ham ishga tushdi. Yangi korxona 42 kishini ish bilan ta’minladi. Sanab o’tilgan barcha korxonalar zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jixozlangan bo’lib, bularning barchasi jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Demak, “Navoiy” EIIZning tashkil etilishi mamlakatga iqtisodiy yutuq beradi. Sanab o’tilgan korxonalarga 32,03 mln AQSh dollaridan ziyod investitsiya qilingan. Ularning ishga tushishi esa, 397 tadan ortiq ishchi o’rinlarini tashkil qildi37. Keyinchalik qolgan loyihalar ham amalga oshirilsa, investitsiya oqimi, aholining ish bilan bandligi, mahsulotlar eksporti orqali esa, valyuta tushumlari ham yanada ortadi.
“Navoiy” EIIZda 2010-2011 yillarda umumiy qiymati 100 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 20 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish bo’yicha qurilish va montaj ishlari olib borildi38. Ular elektronika, avtomobil ehtiyot qismlari, kosmetika mahsulotlari, polimerni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati sohasiga tegishli loyihalardir. 2010 yilda “Navoiy” EIIZda tashkil qilingan korxonalarga 57,6 mln. AQSh dollaridan ziyod investitsiya kiritilgan. Mazkur korxonalarni ishga tushirish orqali 397 tadan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil qilindi39. “Navoiy” EIIZda 2011 yilda 35,9 mlrd. so’mlik yoki 20,5 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan miqdorda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarildi va shundan 195,2 ming AQSh dollariga teng miqdordagi mahsulotlar eksport qilindi40.
Bundan tashqari, 2010-2011 yilgi Davlat investitsiya dasturlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-sonli “2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qaroriga ko’ra, “Navoiy” EIIZda umumiy qiymati 269,8 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 24 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. EIIZga kiritiladigan investitsiyalar hajmi yil sayin ortib borishi ko’zda tutilgan (7.2-rasm).




Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling