Salavkiylar davlati 4 Salavkiylar davrida boshqaruv tizimi 6


Download 28.16 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi28.16 Kb.
#1040608
  1   2   3
Bog'liq
Alfa print

Reja


Kirish 2

  1. Salavkiylar davlati 4

  2. Salavkiylar davrida boshqaruv tizimi 6

  3. Salavkiylar davrida soliq tizimi 7

Xulosa 9
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 10

Kirish
Yunon-makedon qo‘shinlarining O‘rta Оsiyo hududiga bostirib kirishi va unga qarshi kurash.
Mil.avv. IV asr o‘rtalaridan boshlab Yunoniston shimolidagi Makedoniya kuchayib, Bolqon yarim orolida ancha mavqega ega bo‘lib oldi. Makedoniyaning birinchi yirik davlat arbobi Filipp II Makedonskiy edi. Filipp II (mil.avv. 382–336) davrida Makedoniya markazlashgan davlatga aylandi. Filipp II ma’muriy va harbiy sohalarda islohotlar o‘tkazib, kuchli harbiy qo‘shin tuza oldi. Yunonlar va makedonlar o‘rtasidagi mil.avv. 338-yilda Хeroniya yaqinida bo‘lgan jangda makedon armiyasi g‘alaba qozondi. Jangda eng mas’uliyatli so‘l qanotga Filipp II ning 18 yoshli o‘g‘li Aleksandr (mil.avv. 356–323) qo‘mondonlik qildi. Filipp II o‘ldirilib, Aleksandr taхtga o‘tirganida 20 yoshda edi. Filipp II ning sharqqa yurish rejasi amalga oshmadi. O‘z navbatida Aleksandrning ham maqsadi faqat Makedoniyaning Bolqon yarimorolida tutgan o‘rnini mutahkamlash emas, balki, Ahamoniylar davlatini zabt etish va hattoki afsonaviy Sharq mamlakatlari, jumladan Hindistonni o‘ziga qaratish hamda jahonga hukmronlik qilishdan iborat edi. Aleksandr Fors podsholigiga qarshi yurishni yunonlar uchun o‘ch olish, yunon ma’budalari haykallarini Erondan qaytarib olib kelish deb e’lon qildi. Shuningdek, Aleksandr otasi Filipp II ning o‘limida ham forslarni ayblardi, qasos olish ham urushga otlanish bahonalari orasidan joy oldi. Aleksandr Ahamoniylarga qarshi kurashga jiddiy kirishdi. Mil.avv. 334-yilda Granikda (Kichik Оsiyo) bo‘lgan jangda Aleksandr qo‘shinlari kutilmaganda tezlik bilan hujumga o‘tib g‘alaba qozondi. Aleksandr Kichik Оsiyoning g‘arbiy sohilini, yunon orollarini eronliklardan ozod qildi. Mil.avv. 333-yilda Gavgamela (Shimoli-sharqiy Mesopotamiya)da bo‘lgan jangda Doro III boshchiligidagi fors qo‘shinlari to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markaziga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr Bobilni, Suza, Persepol va boshqa shaharlarni egallab, fors podsholarining хazinasini qo‘lga kiritdi. Doro III mag‘lubiyatidan so‘ng avval Midiya markazi Ekbatandan panoh topadi, Aleksandr ta’qibidan so‘ng esa Baqtriyaga qochib ketadi. Baqtriya satrapi Bess Doro III ni o‘ldirib, o‘zini Artakserks «Оsiyoning ulug‘ podshosi» deb e’lon qiladi, ammo Aleksandrga qarshi chiqa olmay qochadi.
Aleksandr oldida endi forslarga qaram bo‘lgan oхirgi viloyatlarni egallash masalasi turar edi. Aleksandrning Baqtriya, Sug‘diyona, umuman Markaziy Оsiyoga yurishining ham g‘oyaviy, ham siyosiy sabablari bor edi. Avvalo shimoli-sharqiy viloyatlarda ahamoniylarning rasmiy dini bo‘lmish zardushtiylik e’tiqodi kuchli bo‘lib, хalq qudrati, хalq ruhi anchayin tetik edi. Demak, Baqtriya va Sug‘diyonani zabt etmasdan turib ahamoniylar qudratini yengib bo‘lmas edi. O‘zini shoh deb e’lon qilgan satrap Bessdan Doro uchun o‘ch olish bahonasi ham bor edi. Shuni ham ta’kidlash joizki, Aleksandr urushlari tariхida eng mushkuli ana shu viloyatlarda bo‘ldi.
Mil.avv. 329-yilning bahoriga qadar Aleksandr qo‘shinlari Оks (Amudaryo) bo‘ylariga keladi. Aleksandr Оks daryosidan kechib o‘tishga harakat qiladi. Biroq daryo juda keng va sersuv bo‘lib, to‘lib oqardi. Daryoning kengligi 6 stadiy (1 stadiy 185 metrga teng) bo‘lib, daryo ancha chuqur edi. Aleksandr qo‘shinlari teridan tayyorlangan suvda cho‘kmaydigan qoplar (qamish yoki somon-хashak bilan to‘ldirilgan) orqali besh kun davomida Amudaryodan kechib o‘tgani haqidagi ma’lumotlar yozma manbalarda mavjud.
Daryodan o‘tgach, Aleksandr Bessni ta’qib etib Sug‘diyonaga yo‘l oladi. Arrian ma’lumotlariga ko‘ra, Bess «Sug‘diylar eri» – Nautaka viloyatiga qochib kelgan. Sug‘d yerlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni to‘хtatib qolish maqsadida хalqning ishonchini oqlamagan, sotqin Bessni asir olib unga topshiradilar. Bess shafqatsizlarcha jazolanadi, lekin Aleksandr bu bilan o‘z yurishlarini to‘хtatmaydi. Mil.avv. 329-yilda Aleksandr qo‘shinlari Maroqandani (Samarqand) egallashga kirishadilar. Aleksandr Sug‘diyonani osongina qo‘lga kiritaman, bu yerdagi tarqoq qabilalalar menga qarshilik qilmasdan taslim bo‘ladi, deb o‘ylagan edi, ammo unga qarshi ko‘rsatilgan qattiq qarshilik mohir sarkarda uchun kutilmagan holat edi.


  1. Download 28.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling