Mavzu;Alisher Navoiy rasmi orqali tanishish
Download 38 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi bolajonlar ishini kuzatib qiynalgan bolalarga yordam ko’rsatadi.
Mavzu;Alisher Navoiy rasmi orqali tanishishNon rasmini chizishMaqsad; Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida hikoya qilib berish. BolalarniNavoiy haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.Bolalarga non rasmini chizishni o’rgatishBolalarni tasviriy faoliyatini kengaytirib, ranglardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish. Tarbiyalanuvchilar o’ziga do’st tanlaydilar va tengdoshlari bilan muloqot qilib birga o’ynaydilar. Kattalar xarakatiga taqlid qiladilar Kerakli jihozlar; A.Navoiy portreti, non rasmi, rangli qalamlar,rangli qog’oz, kley, qaychi, oq qog’oz. Mashg’ulotning borishi; Bolajonlar hozir o’lkamizda qaysi fasl? Qish faslida ob-havo qanday bo’ladi? Qani o’lkamizda nechta fasl bor? Fasllarni ketma-ket sanaymiz; qish, bahor, yoz, kuz. Bir haftada nechta kun bor? Kelinglar bolajonlar birgalikda sanaymiz; haftaning ilk kuni dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma va haftaning ohirgi kunlari; shanba va yakshanba. Bugun esa haftaning juma kuni. Bolajonlar bugun sizlar bilan O’zbekiston arboblari haqida suhbat quramiz. O’zbekiston arboblariga birinchi prezidentimiz I.A.Karimov , Alisher Navoiy,A.Temur, Z.Bobur, J.Manguberdi va hakozolar kiradi. Bugun sizlar bilan bobomiz Mir Alisher Navoiy rasmi bilan tanishamiz va suhbatlashamiz. Bolajonlar mana bu rasmga diqqat bilan qarang;Tarbiyachi;bu rasmda buyuk alloma, benazir shoir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning rasmi tasvirlangandir. Navoiy bobomiz 1441-yil fevral oyining to’qqizinchi kunida hirotning Xuroson shahrida dunyoga keldi. Yosh va qiziquvchan Navoiy 6 yoshidanoq sher yoza boshlaydi. U Shayx Attorning “Mantiq ut-tayir” asarini yoshligidan sevib o’qigan va yoddan bilgan. Navoiy juda aqlli, dono, ziyrak, bola bo’lgan. Hamma odamlar odobli, ziyrak bo’lganligi sababli Navoiyni juda yoqtirishganlar. Buyuk shoir 5- yanvar 1501-yili olamdan o’tadi. Shoirni xalqimiz shunchalik yaxshi ko’rishadigi, hozirgi kungacha 9- fevral barcha maktablarda, bog’chalarda va butun O’zbekistonda nishonlanadi. Qani bolajonlar Alisher Navoiyning hikmatli so’zlaridan namunalarni o’qiymiz. 1. Aytar so’zni ayt, Aytmas so’zdan qayt. { Gulnura} 2.Yaxshilikni bilmasang, yaxshidan o’rgan. {Muzaffar} 3.Tilga ixtiyorsiz- elga etiborsiz.{ Gulixon } 4.Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur. {Shaxrizoda } 5.Yaxshi kishi yomonlarga ham yaxshiligini ayamaydi.{ Dilnura } 6.Odamiy ersang demagil odami,onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. { P. Maftuna.} Endi bolajonlarimiz ishtirokida “ Non isi “ rivoyatini sahnalashtirib bolajonlarimiz ijrosida tomosha qilamiz. Marhamat ustozlar tomosha qiling. Endi bolajonlar kelinglar tetiklashtiruvchi mashq bajaramiz. O’rnimizdan turamiz, oyoq bilan yuramiz Boshimizni qimirlatib, keyin chapak chalamiz Qo’llar cho’zildi yonga, bosh orqa tomonga Keyin asta o’tirdik, yalqovlikdan qutildik. Bolajonlar kelinglar avtobusga minib sayohatga chiqamiz . Tarbiyachi bolalar bilan avtobus o’yini orqali bolalarni markazlarga ajratadi. Qani 1- bekatda tushadigan bolajonlar yetib keldik. San’at markaziga marhamat bolajonlar. Bolajonlar non rasmini ranglardan to’g’ri foydalangan holda bo’yaydilar. 2- bekatda tushgan bolajonlar rangli qog’ozlardan non shaklini qirqib yelimlaydilar. Tarbiyachi bolajonlar ishini kuzatib qiynalgan bolalarga yordam ko’rsatadi.Keyin bolajonlar non haqida she’r va qo’shiqlar kuylashadi. Tarbiyachibarcha bolajonlarni issiq non bilan mehmon qiladi.Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni shirin so’zlar bilan va yulduzchakartochkasi bilan rag’batlantiradi.Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling