1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari
-modul. “Qora” jinoiy iqtisodiyot sektorining xususiyatlari
Download 0.98 Mb.
|
ma\'ruza matni xufiyona iqtisodiyot lotin
3-modul. “Qora” jinoiy iqtisodiyot sektorining xususiyatlari.
11-mavzu. Individual jinoyatchilik xatti-xarakatlarining iqtisodiy taxlili Jinoyatchilik va xufyona iqtisodiy faoliyat. Jinoyatchilikning iqtisodiy sabablari. Jinoyatchilik individual ratsional tanlov sifatida. Ratsional jinoiy xatti - xarakat modelining cheklanganligi. Jinoyatchilarga qarshi kurashishning optimal (oqilona) xarajatlari. G. Bekkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi. A. Erlixning jinoyatchilik to‘g‘risidagi modelining asosiy mazmuni. Iqtisodiyotning kriminallashuviga qarshi kurash yo‘llari. O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilik va unga qarshi kurashish yo‘llari xamda usullari. Neoinstitutsionalistlarning ta’kidlashlaricha, jinoyatchi o‘zini mohiyatan qonunga me’yorida rioya qiladigan fuqaro sifatida tutadi - o‘zining ixtiyoridagi mavjud inson va jismoniy kapitalidan samaraliroq foydalanishga urinadi. «Shu tariqa, jinoyatchi bo‘lishga qaror qilish tosh teruvchi yoki duradgor bo‘lishga, yoki iqtisodchi bo‘lishga qaror qilishdan farq qilmasligini hisobga olish mumkin, - deb yoziladi sharhlovchi maqolalardan birida. Individ har bir muqobillarning sof xarajatlari va foydalarini ko‘rib chiqadi va shu asosda o‘z qarorini qabul qiladi»8. Biroq duradgorlik va jinoyatchilik “kasbi” o‘rtasida bor-yo‘g‘i bitta tafovut mavjud bo‘lib, uni iqtisodchilar ancha ilgari sezganlar. Uni yaxshi anglash uchun birgina, xususiy va empirik iqtisodiy-kriminologik tadqiqotga murojaat qilish o‘rinli. 1972 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Sesnovitsning “Tajovuzkorona o‘g‘irlikdan olingan daromad” nomli kichik maqolasi chop etilgan9. Uning muallifi Pensilvaniya shtatining 1967 yil davomidagi kriminologik statistikasi aniq ma’lumotlari asosida buzib o‘g‘rilik qiluvchining “kasbi” (buzib o‘g‘rilik qilish, burglary - AQSh da eng keng tarqalgan jinoyat turi) qanchalik foydali ekanligini aniq baholashga va shu orqali jinoyatchilik faoliyatidan daromadlilik hisobining umumnazariy modelidan foydalanishga aniq misol keltirishga urindi. Buzib o‘g‘rilik qilish boshqa turdagi jinoyatchilik faoliyatlari kabidir - bu, deb ta’kidlaydi muallif, yuqori riskli faoliyatdir, shu sababli o‘g‘ri qo‘lga tushish va sudlanish bilan tavakkal qiladi. Agar jinoyatchining sof daromadi turli omillarga bog‘liqligini formula ko‘rinishida ifodalashga harakat qilinadigan bo‘lsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: R = (1-p)xS + p x (S-D) = S-pxD, Bu yerda R - buzib o‘g‘rilik qiluvchining daromadi (return); r - o‘g‘ri ushlanishi va jazolanishi mumkinligi ehtimoli (probability); S - o‘g‘irlangan narsalar hajmi (stolen); D - buzib o‘g‘rilik qiluvchining jazolanishi natijasida ko‘riladigan yo‘qotishlarning puldagi (dollar) miqdori. Bu formula universal ahamiyatga ega va shaxsiy manfaatga qaratilgan jinoiy faoliyatning istalgan turlaridan - soliqlardan bo‘yin tovlash, banklarni o‘marish, kidneping, narkosavdo va h.k. lardan daromadlilikni hisoblash uchun foydalanilishi mumkin ekanligini qayd etamiz. O‘zgaruvchilarni aniq hisoblashda jazolanish (D) natijasidagi yo‘qotishlarni to‘g‘ri hisoblash asosiysi hisoblanadi. Agar jarimaga hukm qilinsa, u holda huquqbuzarning yo‘qotishlarini baholash juda yengil kechadi. Qamoqxona jazosiga hukm qilingan jinoyatchi yo‘qotishlarini to‘g‘ri hisoblash qiyin. Bunday vaziyatda baholash muqobil xarajatlar usuli bo‘yicha amalga oshirilishi kerak: potensial mumkin bo‘lgan legal ish haqlarining o‘rtacha darajasi olinib (uni jinoyatchi hukm qilinish o‘rtacha muddatlari davomida olishi mumkin), u ozodlikda bo‘lgandagi miqdordan hukm qilingandagi o‘rtacha daromad miqdori (ya’ni bir hukm qilinganga qamoqxona ma’muriyati o‘rtacha xarajatlari) chegirib tashlanadi. M.Sesnovitsning hisob-kitoblari quyidagi natijani berdi: jinoyatchilikdan sof qaytim o‘rtacha miqdori taxminan 120 dollarni tashkil etadi: tajovuzkorona o‘g‘irlik uchun jazolanish ehtimoli - taxminan 6%; o‘rtacha 40 oylik qamoqxona hukmidan kutilayotgan yo‘qotishlar - taxminan 5300 dollar; demak, buzib o‘g‘rilik qiluvchining kutilayotgan daromadi taxminan 200 dollarni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, jinoyatchining o‘rtacha kutilayotgan sof daromadi manfiy miqdor bo‘lib chiqadi. Bu qonuniyat amalda barcha turdagi huquqbuzarliklarda namoyon bo‘ladi. Biletsiz yurishni yoqtiradigan har bir kishi kontrolyorni uchratish ehtimoliga va jarima miqdori muntazam biletsiz yurish zararli bo‘ladigan miqdorda bo‘lishi ehtimoliga ertami-kechmi ishonch hosil qiladi10 Agar jinoyatchining o‘rtacha kutilayotgan daromadi noldan kichik bo‘lsa, jinoyatchi ratsionalligini tasdiqlash mumkin bo‘ladimi? Mumkin! Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida risk iqtisodiyoti maxsus bo‘limi mavjud. Iqtisodchilar ratsional xo‘jalik xatti- harakatlarining uchta har xil turlarini ajratadilar: riskka moyillik, riskka betaraf munosabat va riskdan qochish. Jinoyatchilarning fe’l- atvori - bu riskka moyillar fe’l-atvoridir, demak, jinoyatchilikka riskli biznes turi sifatida qarash mumkin. Legal iqtisodiyotda birjadagi ko‘plab o‘yinchilar, ko‘ngilochar (azart) o‘yinlar ishqibozlari, ayrim tadbirkor-novatorlar o‘zini shu tariqa tutadilar. Qandaydir faoliyat turi (shu jumladan, jinoiy) qanchalik riskli hisoblansa, risk ishqibozlari o‘rtacha real daromadlari shunchalik past bo‘ladi. Shu sababli jinoyatchilar daromadlari ular legal iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, olishlari mumkin bo‘lgan ish haqidan odatda past bo‘ladi. Agar M.Sesnovits tomonidan namoyish etilgan yondoshuvni umumiyroq ko‘rinishda tasavvur qilsak, u holda jinoyatchilarning fe’l-atvori kutilayotgan foydalilikni maksimallashtirish sifatida namoyon bo‘ladi. G. Bekker huquqbuzarliklarni amalga oshirishdan kutilayotgan foydalilikni quyidagi formula orqali ifodalagan: EU = (1 - r) x i (Y) + r x i (Y - f) = U (Y - r x f), Bu yerda EU - jinoyatchilikdan kutilayotgan foydalilik (expected utility); r - huquqbuzarni jazolash ehtimoli; Y - jinoyatdan olinadigan daromad; U - jinoyatchining foydalilik funksiyasi (utility); f -jinoyat uchun jazolash11. Jinoyatchi uzoq vaqtli yuqoriga ko‘tarilishni ko‘zlayotgan ekan, u holda jinoiy faoliyatdan olinadigan daromadni baholashda u muqobil xarajatlarni - legal biznesdan olinadigan daromadni, ya’ni agar u “egri yo‘l”dan ketmay, olishi mumkin bo‘lgan daromadni hisobga olishi kerak. G.Bekker modelida shu tariqa potensial jinoyatchi faqat ikkita muqobilga: yo u jinoiy ko‘tarilishni (EU > 0 bo‘lganda) tanlaydi, yoki qonunga rioya qiluvchi fuqaroga (agar EU < 0) aylanadi. G.Bekkerning izdoshlari tomonidan jinoiy faoliyatning boshqa murakkabroq modellari ham taklif etildi. Xususan, portfelli tanlov modeli keng tarqalgan: potensial jinoyatchi o‘z daromadini o‘z vaqtida (ya’ni o‘z pul yoki inson kapitalini) legal va nolegal faoliyatlar o‘rtasida turli nisbatlarda taqsimlashi mumkin12. Ratsional jinoiy xatti - harakat modelining cheklanganligi. Jinoyatlar va jazolashlar iqtisodiy nazariyasi chorak asrdan buyon rivojlanib bormoqda. Yangi nazariyada moda yangilik bo‘lishini to‘xtatdi, unda o‘zning yetakchi mutaxassislari va boy an’analari mavjud. Biroq agar adabiyotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, ushbu mavzu bo‘yicha mashhur ishlarning asosiy massasi 1970 yillardayoq chop etilgan. Bir tomondan, yangi mavzu ochilgandan so‘ng kashfiyotlar seriyasi darhol zarur bo‘lishi, so‘ngra esa iqtisodchilar yanada “chuqurroq kovlay” boshlashlari to‘la tabiiydir. Boshqa tomondan, adabiyotlar bilan tanishishda dastlabki tadqiqotchilik uzilishlari tugallandi, “ikkinchi nafasni rostlash” esa hali kelmadi.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling