Sun‘iy intellect: Fikrlaydigan mashinalar ongli robotlar


Download 1.63 Mb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1354888
  1   2   3
Bog'liq
Abdullayeva Xosiyat Kurs ishi

Sun‘iy intellect: Fikrlaydigan mashinalar ongli robotlar

Reja:

  • Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo’lishi
  • Sun’iy tafakkur: qudratli texnologiyalar va donishmandlik poygasi
  • Inson va mashina. Sun’iy idrok insonni mehnat bozoridan siqib chiqaradimi?

Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo’lishi

Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo’lishi

Sun'iy intellekt tushunchasining o’zi haqida. "Sun'iy" so’zining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga ko’ra tabiiy bo’lmagan narsani, ya'ni, inson qo’li bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. "Intellekt" so’zini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yo’q. Lug’atlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni "qaror qabul qila olish qobiliyati", "anglash qobiliyati" kabi qisqa va lo’nda ta'riflaridan tashqari, "bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yig’ilgan tajriba hamda ko’nikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish" kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi "sun'iy intellekt" tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda, Stenford universitetida o’tkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha "artificial intelligence" (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam o’rnashib qoldi.

Sun’iy intellekt haqida

Sun’iy intellekt haqida

Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo’lib, odatda inson ongi bilan bog’liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o’rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug’ullanadi.

Hozirda Sun'iy intellekt turli amallarni bajarishga mo’ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo’lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.

1990 yillarda Sun'iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo’yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo’ldi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling