Sun’iy tafakkur: qudratli texnologiyalar va donishmandlik poygasi
Download 1.44 Mb.
|
suniy ttt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafakkur bahsi
Sun’iy tafakkur: qudratli texnologiyalar va donishmandlik poygasi 12.02.2018 08:01 0 1579 Foto: «Wallup.net» Ilm-fanning mislsiz taraqqiyoti olimlarni kelajagimizga nisbatan yondashuvga yanada ko‘proq optimist bo‘lishga undamoqda. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yuz yilda kompyuterlar odamlarga nisbatan aqlliroq bo‘ladi. Bu mavzu fantast yozuvchilarga ham, kinoijodkorlarga ham begona emas. Allaqachon ekranlarimiz yuzini ko‘rgan «2001: Fazoviy odisseya», «Terminator», «Temir odam», «Men, robotman», «Sun’iy aql», «Yulduz yo‘li», «Begona», «Yovuzlik egasi»... singari bir-biridan qiziqarli filmlarni barchamiz sevib tomosha qilganmiz. Yoki o‘zimizning milliy kino – «Temir xotin»ni eslang. Ular fantastika, triller, jangari, drama, melodrama, sarguzasht kabi turli janrlarda ishlangan, ammo barchasining voqealari bitta nuqtada kesishadi: inson xayoloti mahsuli bo‘lgan sun’iy aql (robot) to‘liq fikrlashni boshlaydi, mustaqil harakatlanadi va alaloqibat – insoniyatni yo‘q qilishga yoki unga bo‘ysunishga qaror qiladi. Demak, bugungi mavzuimiz... Yo‘q, kino borasida emas, balki ulardagi «qahramonlar» yaratilishiga asos bo‘lgan inson aqliy qobiliyatining ilm-fandagi in’ikosi – sun’iy tafakkur xususidadir. Tafakkur bahsi Avvalo ta’kidlash joiz, ilm-fan taraqqiyotining har qanday yutug‘i insoniyat mushkulini oson qilishga, uning muammolarini qisman bo‘lsa-da hal etishga xizmat qilishi kerak. Shunday bo‘lyapti ham: yillar davomida fazodan mustaqil tarzda turli ma’lumotlarni Yerga jo‘natishdan tortib tabiiy va texnogen hodisalar vaqtida inson kirishi imkonsiz joylarga ham yetib borayotgan, jarrohlar ko‘zi va barmoqlari ilg‘amaydigan eng mayda to‘qimalargacha mufassal tekshira olayotgan aynan shu katta-kichik sun’iy onglashtirilgan turli robotlar, mashinalaru uskunalardir. Avvaliga xizmat ko‘rsatish joylari, bemorlar va yolg‘iz keksalarga ko‘mak uchun ishlab chiqilgan bunday «temir odamlar» yildan-yilga har tomonlama takomillashib, fikrlashda insoniyat bilan bahslashishga shay turibdi, go‘yo. Ya’ni, bir davrlar o‘ziga qanot bog‘lab uchmoqni orzulagan odamzod avlodlari bugun temirga «jon kiritish» ustida bosh qotirmoqda. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling