Jadal o'zgarish sun'iy intellekt taraqqiyoti uchun qo'yilgan ilk qadamdir. Huawei bu soha rivojiga yordam beradigan o'nta o'zgarishni belgiladi. Ular:
1. Tezkor o'rganish modeli
2. Keng tarqalgan va arzon hisoblash quvvatlari
3. Sun'iy intellektni joriy qilish va foydalanuvchi maxfiyligi
4. Yangi algoritmlar
5. Sun'iy intellekt avtomatizatsiyasi
6. Amalda qo'llash
7. Real vaqt rejimida yopiq tizim
8. Texnologiyalar sinergiya
9. Platformalarni qo'llab-quvvatlash
10. Kadrlarning mavjudligi
Huawei kompaniyasining sun'iy intellekt strategiyasi tayanch tadqiqotlar va kadrlarni tayyorlash, sun'iy intellekt bazasidagi kompleks yechimlar portfoliosini rivojlantirish hamda ochiq global ekotizimni yaratishga sarmoya kiritishni nazarda tutadi, - dedi Erik Syuy o'z nutqida. —Huawei kompaniyasi dunyoni yaxshilaydigan sun'iy intellekt, texnik qo'llov va tarmoqdan foydalanish imkoniyatini barcha manzillarga joriy qilish usullarini o'rganishda davom etmoqda. Aloqa sektorida O&M tarmog'ining unumdorligini oshirish uchun SoftCOM AI tizimini kiritmoqchimiz. Iste'molchilar bozorida HiAI keng foydalaniladigan qurilmalarga sun'iy intellektni tadbiq etish orqali ularni yanada aqlli qilishga hissa qo'shadi. Bizning ommaviy foydalanishga mo'ljallangan Huawei EI bulut xizmat va shaxsiy FusionMind bulut yechimlarimiz barcha tashkilotlar, ayniqsa korxona va davlat tuzilmalarini keng qamrovli hisoblash quvvatlari bilan ta'minlashga yordam beradi. Portfolio tarkibidan tezlatkich karta, sun'iy intellekt asosidagi server va elektron uskunalar hamda boshqa mahsulotlar ham joy olgan.
Huawei kompaniyasining AI-strategiyasi quyidagi beshta yo'nalishga mo'ljallangan:
1. Sun'iy intellekt tadqiqotlariga sarmoya kiritish: Kompyuter qarashi, tabiiy tilda ma'lumotlarni qayta ishlash kabi sohalarda mashinaviy o'rganish texnologiyasi uchun tayanch amaliyotni ishlab chiqish. Huawei mashinaviy o'rganishga asosiy e'tibor qaratadi, chunki u:
• ma'lumotlarni qayta ishlash va energiyadan foydalanish bo'yicha samarador (kam ma'lumot, hisoblash resurslari va energiyani talab qiladi);
• xavfsiz va ishonchli;
• avtomatlashgan/mustaqil.
2. Sun'iy intellektga oid kompleks yechimlar portfoliosini yaratish:
• Keng tarqalgan va arzon hisoblash quvvatlarini yetkazib berish;
• full-pipeline xizmatlari uchun samarali va foydalanishga oson sun'iy intellekt plaformasi bilan ta'minlash;
• Har qanday ssenariylarga mos, mustaqil yoki bulut, periferiya va qurilmalar bilan uyg'unlashgan portfolioni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |