Sun‘iy intellect: Fikrlaydigan mashinalar ongli robotlar
Download 1.63 Mb.
|
Abdullayeva Xosiyat Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tyuring testi.
Odatda, robotlar deganda, ko’pchilikning ko’z oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning o’rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi. Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar: google-tarjimon, lug’atlar, turli xil o’yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo’la oladi. Faqat ularning qamr ovi kichikroq bo’lib, ma’lum bir yo’nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo’lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay Sun'iy intellekt rivojlanishdan odamlarga yordam berishdan to’xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o’ziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay Sun'iy intellekt rivojlanishdan odamlarga yordam berishdan to’xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o’ziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan og’rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturiy ta’minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o’rganib chiqildi. Bu endi odamlar o’z salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib borish imkoniga ega bo’lishadi deganidir.Ko’rib turganingizdek, Sun'iy intellektning hayotimizdagi o’rni kundan-kunga chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug’imi yoki mag’lubiyati, degan savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastic yozuvchi Ishoq Azimov ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik shior qilib olinishi kerak.Tyuring testi. Bu olimning nashr etilgan ishidan so’ng sun’iy tafakkur sohasida yangi tadqiqotlar paydo bo’la boshladi. Tyuring fikricha, muloqot vaqtida fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinanigina tan olish kerak. Taxminan olim maqolasi chop etilgan bir vaqtda «Baby Machine» deb nom olgan konsepsiya dunyo yuzini ko’rdi. Sun’iy tafakkurni rivojlantirish va mashina yaratish uchun unga kiritilgan fikrlash jarayoni dastlab bola darajasida shakllantirildi, keyinchalik bosqichma-bosqich takomillashtirildi. «Sun’iy tafakkur» atamasi esa keyinroq paydo bo’ldi: 1956-yilning yozida AQShning Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo’yicha anjuman bo’lib o’tdi. Unda Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti), Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti) singari o’nlab olimlar ishtirok etdi hamda mavzu bo’yicha ma’ruza qilgan amerikalik informatik Jon Makkarti (1927–2011) «Artificial Intelligence» («Sun’iy tafakkur») atamasi muallifi sifatida tarixda qoldi. Ushbu uchrashuvdan so’ng sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega mashinalarni faol rivojlantirish boshlandi. Mazkur sohada yangi texnologiyalarni yaratishda ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlarni faol moliyalashtirgan harbiy muassasalar muhim rol o’ynadi. Keyinchalik bu sohadagi ishlar yirik kompaniyalarni ham qiziqtirib qo’ydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling