1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi


Download 320.03 Kb.
bet12/89
Sana17.06.2023
Hajmi320.03 Kb.
#1549259
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
Bog'liq
1-mаvzu xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi

Eksperimental tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odamning pul bilan ishlaydigan vaziyatlarda xatti-harakatini oldindan aytish oson, garchi ba'zi hollarda bunday bashoratlar klassik iqtisodiy nazariyalar qoidalariga zid kelsa-da. "Inson va pul" mavzusi uzoq vaqtdan beri madaniyatga doir fanlarining sohasi hisoblangan bo'lsa-da, so'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, miyaning biologik mexanizmlari unda muhim rol o'ynaydi. Ma'lum bo'lishicha, miya operatsiyalari ko'p jihatdan iqtisodiy tizimlardagi jarayonlarga o'xshashdir. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, pul psixologiyasini o'rganish inson hayotini yaxshilashga va oxir-oqibat uni baxtli qilishga yordam beradi.
Eksperimental natijalarni tushuntirish uchun bir qator nazariy modellar ishlab chiqilgan. Biroq, V. Avtonomovning fikricha, o'zgaruvchan modellarning hech biri eksperimental natijalarning butun majmuasini real tasvirlashga imkon bermaydi. Shu bilan birga, ular inson xatti-harakatlarining bir qator muhim qonuniyatlarini tushuntiradi va bashorat qilishga imkon beradi: to'liq bo'lmagan shartnomalar mavjudligi, iste'molchilar va sotuvchilar o'rtasidagi munosabatlar, maqbul motivatsion sxemalarni qurish, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash mexanizmining tuzilishi, ratsional - egoistik bo'lmagan xatti-harakatlar (altruizm).


Imitatsion kompyuter modellashtirilishi


Zamonaviy sharoitda bozorda iqtisodiy agentlarning xulq-atvorini prognozlashtirish modellarini qurish eng so'nggi imitatsion modellashtirish usulidan foydalanishga va xulq-atvor iqtisodiyoti xulosalariga asoslanadi.
Imitatsion modellashtirish - bu uchta asosiy yondashuvdan foydalangan holda real vaqt rejimida kompyuter modellarini ishlab chiqish va eksperimentlarni (tajribalarni) tashkil etish:

    • tizimli dinamika;

    • diskretli-hodisali modellashtirish;

    • agentli modellashtirish (1- rasm).

Tizim dinamikasi Diskret-hodisa




Download 320.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling