1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi
Xulq-atvor iqtisodiyotining fanlararo tabiati
Download 320.03 Kb.
|
1-mаvzu xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi
Xulq-atvor iqtisodiyotining fanlararo tabiatiZamonamizning tez o'zgarib borayotgan iqtisodiyotida iqtisodiy xulq-atvorning xilma- xil tomonlari alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Zamonaviy dunyoda faoliyatning moddiy natijalari nomoddiy motivlarga, axloqiy tartib sharoitlariga, odamlarning umidlariga, ularning ishonchiga, hissiyotlariga va boshqalarga bog'liq bo'lib, ularning ta'siri iqtisodiy jarayonlarni tushuntiruvchi modellarda bu hodisalarning yo'qligiga mos kelmaydi. (эффект от которых никак не соответствует отсутствию данных явлений в объясняющих экономических моделях) O'zgaruvchan reallik, fanlararolikning (iqtisodiy imperializm) yaqqol kuchayishi bilan bilish metodologiyasini o'zgartirishni va iqtisodiy xulq-atvorni to'g'rilash (tuzatish) uchun dala tadqiqotlaridan (eksperimental iqtisodiyot) amaliy foydalanishni talab qiladi. Ilmiy nazariyaga nisbatan koevolyutsiya deganda iqtisodiy xulq-atvor hodisasini ijtimoiy-iqtisodiy tizimning elementi sifatida turli fanlar nuqtai nazaridan birgalikda o'rganish, nazariyalarning birgalikda rivojlanishi, ularning parallel mavjudligi va evolyutsiyasi tushuniladi. Iste'mol nazariyalarining koevolyutsiyasi fanlararo, ya'ni bir xil hodisani umumiy iqtisodiy fan doirasidagi turli nazariy va amaliy nuqtalardan o'rganish va fanlararo, ya'ni iste'molni o'z ichiga olgan turli fanlarning paradigmatik metodologik tamoyillarini birlashtirishga asoslangan. Ko'p tarmoqli/ multidistsiplinar (polidisiplinar) usullarning amaliy ahamiyati nihoyatda yuqori, ular muayyan fanda vosita rolini o'ynaydi, ularning yordami bilan fan ob'yekti haqidagi ontologik va gnoseologik tasavvurlar o'zgarishi mumkin. Ko'p tarmoqli (multidistsiplinar) tahlil iste'molning iqtisodiy nazariyasini boyitadi va tizimli yondashuvning bir qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin, bu nafaqat moliyaviy-iqtisodiy, balki insonning iqtisodiy faoliyatining ijtimoiy, falsafiy, madaniy, psixologik va tarixiy omillarini ham o'rganish imkonini beradi. Odamlar o'rtasidagi iqtisodiy almashinuv bozorni, narxlarning bozor mexanizmlarini, raqobatni muvofiqlashtiradi. Fanlararo yondashuv iqtisodiy faoliyat muhitini yanada murakkab aks ettiradi. Odamlarning xatti-harakatlari noaniqlik, to'liq bo'lmagan ma'lumotlar sharoitida shakllanadi. Agar bunga qarorlar qabul qilishdagi motivlarining xilma-xilligini, xulq-atvor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan xarakterli deb hisoblanadigan odamlarga xos bo'lgan noratsionallik qo'shilsa, makroiqtisodiyotni modellashtirishda reprezentativ suby'ektining "qutqaruvchi funktsiyasi" yo'qoladi. Iqtisodiy almashinuvda “tartib” bo’lmagan, "standart" narx mexanizmi o'chirilgan, optimallashtirish printsipi ishlamaydigan, sub'yektlar reprezentativ bo’lmagan va hokazo sharoitda sub'yektlarning xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish (koordinatsiyalash) mexanizmini tushuntirish vazifasi paydo bo’ladi. Aks holda, iqtisodchilar nafaqat keyingi inqiroz qachon bo'lishini bashorat qilishlari, balki nima uchun jamiyat parchalanmayotganligini jo’yali izohlab berolmaydilar. Download 320.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling