1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi


O'z-o'zini tekshirish uchun savollar


Download 320.03 Kb.
bet28/89
Sana17.06.2023
Hajmi320.03 Kb.
#1549259
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Bog'liq
1-mаvzu xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi

O'z-o'zini tekshirish uchun savollar:


  1. Istiqbol nazariyasining mohiyati nimada?

  2. Ushbu nazariyani amalda qanday qo'llash mumkin?

  3. Xavfning ichki va tashqi shaklini oching.

  4. Xavf noaniqlikdan qanday farq qiladi?

  5. Framing effektlari qanday ishlaydi?

  6. Xavfga bo'lgan munosabatiga qarab shaxsiy xususiyatlarni nomlang.

  7. Xavfni qanday boshqarish kerak?

  8. Xatarlarni oldini olish uchun qanday mexanizmlarni taklif qilish mumkin?

  9. Qaror qabul qilishning "ikki pallali" psixologiyasi tushunchasining ma'nosi nima?

  10. Zamonaviy sharoitda iste'molchilar va firmalarning xavf matritsasini tuzing.


4-MAVZU. SHAXSNING XULQ ATVOR NAZARIYASI


Reja:

  1. Iqtisodiyotda shaxsning ko'p funksiyali roli

  2. Iqtisodiy agentlarning psixologik xususiyatlari

  3. Iste'molchilarning kreativligi va innovatorligi

  4. Emotsional intellekt.

    1. Iqtisodiyotda shaxsning ko'p funksiyali roli. Zamonaviy bilimga asoslangan iqtisodiyotda yangi bilimlarning targ`ib etuvchisi va yaratuvchisi bo'lgan shaxsning roli ortib bormoqda, bu esa individual ijtimoiy-iqtisodiy yetakchilik uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi. Yetakchilik yo'lida shaxs transformatsiyaning bir necha bosqichlaridan o'tadi. M. Sh. Magomed-Eminovning ishida alohida tur ajratilgan – endotransformatsiya. Endotransformatsiya bu shaxs o'zgarishining shakli bo'lib, unda shaxs bir yaxlitlikdan ikkinchisiga o'tadi. Bunda u ulkan yetuklik, o`z-o`zini to'liq anglash hamda tajribalarini kengaytirish darajasiga yetadi. Alohida iqtisodiy agentning

nanodarajasi uning turli xil iqtisodiy xatti-harakatlarini o'z ichiga oladi va uning yangi iqtisodiyotdagi rolini tushunish uchun asos yaratadi.
Shaxs iste'molchi sifatida. Korxona faoliyatiga asosiy bahoni iste’molchi beradi. Zamonaviy sharoitda iste'molning tabiati o'zgarib bormoqda: u xilma-xil, individual, vaziyatli iste`molga aylanadi. D.Tapskottning fikricha, yangi elektron-raqamli jamiyatning belgilaridan biri bu “ishlab chiqaruvchi – iste’molchi” munosabatlarining o‘zgarishi, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi chegaralar yo`qolib borishi. Ishlab chiqaruvchilar individual iste'molchilar talablariga javob beradigan mahsulotlarni yaratishga majbur bo'lganda, xususiylashtirish jarayoni kuzatiladi. Yangi tarmoq jamiyatida iste'molchilar ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinadi, ya'ni ularning bilimlari, ma'lumotlari va mulohazalari mahsulotlarning texnik xususiyatlarini aniqlash uchun ishlatiladi.
Axborot magistralida har bir iste'molchi xabar yaratish va jo'natish, virtual avtomobilni boshqarish, kompyuter ekranida kerakli dizaynni yaratishga muvaffaq bo`ladi va bir vaqtning o'zida ishlab chiqaruvchiga aylanadi. Iste'molchilarning g'oyalari, axborotlar va texnologiyalar mahsulot tarkibiga aylanadi, tovar va xizmatlardagi bilimlar mazmuni oshadi. Axborot va texnologiya iste'molchilarining o'zlari ishlab chiqaruvchilarga aylanishadi va dominant rol o'ynay boshlaydi.

Download 320.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling