1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


Download 244.82 Kb.
bet5/75
Sana10.07.2023
Hajmi244.82 Kb.
#1659582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Xulq-atvorni o‘rganish. XX-asrning dastlabki o‘n yilligida amerikalik olim Djon B.Uotson biologik masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratdi va bu esa shaxs xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Vilgelm Vundtning qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bixeviorizm deb nomlandi. U psixologiya inson tabiatining moddiy jabhalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surdi. Uning g‘oyasicha, tashqi xulq-atvor psixologiyaning o‘rganish asosi bo‘la oladi. Bu esa xulq-atvorni o‘rganishga ehtiyoj tug‘diradi. Bixeviorizm esa inson tabiatini mexanik tasvirini o‘zida ifoda etdi. Keyinchalik bu g‘oyani Skinner boyitdi.
Shaxs psixologiyasining metodologik masalalarini boshlang‘ich bo‘g‘inidan biri sifatida Freyd faoliyatini qayd etish mumkin. Venalik vrach Freyd psixoanalizga asos soldi. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional buzilishlardan aziyat chekkan insonlarni o‘rganish orqali o‘zining ilmiy yondashuviga asos soldi. U o‘zining uzoq vaqtli seanslari asosida uning hayotiy to‘g‘risidagi ijodiy talqinlari taqdim etdi. Uning yondashuvi eksperimental o‘rganishdan keskin tafovut qildi. Freydning psixoanalitik yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab bo‘ldi.
G.Olportning xizmatlari hisobida o‘tgan asrning 30-yillariga qadar Garvard universitetida shaxs psixologiyasi amerika psixologiyasida bir tizimga keltirishga erishildi. Buning uchun tadqiqot ishlari, o‘quv kurslari va ilmiy jurnallar nashr etishga erishildi.
Shaxsni baholash metodlari. Shaxsni nazariy o‘rganish oqibatda uni baholash metodlari shakllantrildi. Ushbu metodlar o‘zining ob’ektivligi, ishonchliligi va aniqligi bilan farq qiladi. Metodlar o‘z navbatida shaxsni o‘rganish nazariyalariga muvofiqdir.
Bugungi kunda shaxsni baholashda asosiy yondashuvlar quyidagi tadqiqot metodlariga tayanadi:
O‘zi haqida hisob berish yoki ob’ektiv materiallar orqali baholash;


Download 244.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling