1-mavzu. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Reja


Download 26.47 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi26.47 Kb.
#1163057
  1   2
Bog'liq
yangi o\'zbekiston strategiyasi. 1 mavzu


1-mavzu. Yangi O‘zbekiston strategiyasi.
Reja:
1.Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni.
2. Yangilanayotgan O‘zbekiston.
3.Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash - Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir.


Tayanch tushunchalar: Yangi O‘zbekiston,strategiyasi, Yangi O‘zbekison fenomeni,Uchinchi renesans, modernizatsiya, pragmatik tashqi siyosaat, ma’rifiy o‘yg‘onish.
1.Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni.
Bu yorug‘ dunyoga kelgan har bir inson orzu-umidlar bilan yashaydi, kelajak haqida turli-tuman rejalar tuzadi, xayrli niyatlar qiladi. Xuddi shunday har bir xalqning ham tinch-totuv yashash, farovon hayot, barqaror taraqqiyot bilan bog‘liq orzulari bo‘lishi tabiiy.
Jahon xalqlari siyosiy lug‘atlarida "Amerika orzusi", "Britaniya orzusi", "Rossiya orzusi", "Yaponiya orzusi", "Xitoy orzusi" degan tushunchalar mavjudligi buni yaqqol tasdiqlaydi.Ular besabab va tasodifan shakllanmagan. Ushbu tushunchalarning har biri o‘sha xalqning umumiy orzu-umidlari, ular yashayotgan davr va kelajakka doir maqsad-muddaolarni ifoda etadi.Muayyan xalq yoki hudud aholisining asrlar davomida shakllangan va umumijtimoiy orzularini ifodalaydigan bunday tushunchalar zamirida nihoyatda teran ma’no-mazmun mujassam ekani shubhasiz. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston strategiyasi xuddi shunday hayotbaxsh xususiyat kasb etmoqda, xalqimizni yorug‘ kelajakka chorlab va yangilanishga safarbar qilib, umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanib bormoqda.
O‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonch bizni Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda.Bizning zimmamizga tushgan ana shunday ulkan, tarixiy missiyani muvaffaqiyatli ado etish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli intilishlar ulkan amaliy harakat va natijalarga aylanib bormoqda.Shu jihatdan, Yangi O‘zbekiston - barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi!Unda xalqimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda.
Yangi O‘zbekiston orzusi ham, jahondagi milliy taraqqiyot g‘oyalarini o‘zida jamlagan boshqa favqulodda hodisalar kabi, asrlar davomida shakllanib va sayqallanib kelmoqda.Bu orzuda mujassam bo‘lgan xalqimizning istagi, xohish-irodasi insonparvar va taraqqiyparvar g‘oyalarda o‘z ifodasini topganiga qadim tariximiz guvoh. Davrlar nafasi va xalqning ehtiyoj hamda manfaatlari, intilish hamda orzu-havaslariga monand ravishda u, goh ezgulik va adolat, goh qudratli davlat va adolatli shoh, goh komil inson va ma’rifatli jamiyat bilan bog‘liq olijanob g‘oyalarda namoyon bo‘lgani ma’lum.
U dastlab, qadimgi davrlarda "Avesto"da o‘z talqinini topgan hayotiy g‘oyada mujassam edi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ayni shu orzu "Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal" tamoyilining xalq tafakkuri va turmush tarzidan mustahkam o‘rin olishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa ezgulik va insonparvarlikni himoyalash xalqimiz mentaliteti va ma’naviyatining muhim tarkibiy qismiga, hayotiy faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi.
O‘zbekiston tushunchasida mujassam bo‘lgan xalq orzusi tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida millatning yetuk vakillarini uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida amaliy harakatlarga undab keldi.
Qadimiy Turon hududida sak-massagetlarni ruhlantirib, dushmanlarga qarshi ayovsiz jangga boshlagan,To‘marisning kuchiga kuch qo‘shgan qudrat, kuch xalq orzusiemasmidi? Istilochilarning yovuz qo‘shinlariga yolg‘iz qarshi chiqish uchun afsonaviy Shiroqqa, aslida esa, nomlari olis tarix sahifalarida unut bo‘lgan qahramon bobolarimizga jasorat va qahramonlik hissini bergan ham ana shu manba emasmidi?Yengilmas Aleksandr Makedonskiyga qarshi butunSo‘g‘d va Baqtriyani safarbar qila olgan Spitamenga azmushijoat bag‘ishlagan ham xalq orzusi emasmidi? Bu asriy orzu xalqimiz erishgan Birinchi Renessansga va ilk o‘rta asrlardagi Ma’rifiy Uyg‘onish davriga asos bo‘lgan, uning ma’naviy poydevori sifatida xizmat qilgan desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Ajdodlarimiz armonlari o‘sha davrda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz hayoti, faoliyati, asarlarida o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalarida mujassam bo‘ldi.Bu oliy havas Mahmud Zamaxshariy va Najmiddin Kubroni uyg‘otdi, ushbu buyuk allomalarning g‘oyalarida, asarlari va xayrli amallarida aks etdi.Bu azaliy intilish Jaloliddin Manguberdini tarbiyaladi, uni haqiqiy vatanparvar, yovqur bahodir shaxsga aylantirdi. Garchand u boy berilgan saltanatni asrab qololmagan bo‘lsa-da, el-yurt mustaqilligi va ozodligi yo‘lida kurashgan mard inson, milliy qahramon sifatida asrlar osha xalkimizning tarixiy xotirasida abadiy saqlanib qoldi.
Xalq orzusi Aziziddin Nasafiy, Abu Mu’in Nasafiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Zangi ota, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy kabi aziz avliyo bobolarimizni tarbiyaladi, ularning kamoloti va ezgu faoliyatida o‘ziga xos ma’naviy tayanch bo‘ldi.Bu orzu Sohibqiron Amir Temur bobomizni jahon sahnasiga olib chiqdi va Temuriylar Renessansi, Ikkinchi Uyg‘onish davri g‘oyalari va xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Markazlashgan qudratli davlat va qonun ustuvor bo‘lgan adolatli jamiyat g‘oyasida mujassam bo‘ldi.Aynan xalq armonini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilish Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqilligini ta’minlash, balki qudratli davlat barpo etish, iqtisodiyot, madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Xalqimizning orzu-intilishlari Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi Ikkinchi Uyg‘onish davrining buyuk siymolarini uyg‘otdi, ularning asarlari va faoliyatida o‘z talqinini topgan odil podsho, adolatli jamiyat, komil inson g‘oyalarida namoyon bo‘ldi.O‘sha davrlarda bu orzu komillikka eltadigan iymon va e’tiqodni millat vakillari uchun muqaddas qadriyatga aylantirdi. Natijada komillik va ma’rifat sari intilish tuyg‘usi xalqimiz mentalitetidan mustahkam va bir umrlik joy oldi.Davr farzandlarini yuksak fazilatli insonlar etib tarbiyalash o‘sha zamon ma’rifatparvarlarining hayotiy va fuqarolik e’tiqodiga aylandi.
Bu orzu Mashrab va Komil Xorazmiy, Munis va Ogahiy, Berdax va Ajiniyoz, Ahmad Donish singari ma’rifatparvarlarni uyg‘otdi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodira va Dilshodi Barno, Anbar Otin asarlarida o‘z ifodasini topgan bilim va ma’rifatga intilish g‘oyalarida mujassam bo‘ldi.
Bu orzu Behbudiy va Avloniy, Hamza va Munavvarqori, Fitrat va Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy va Usmon Nosir kabi minglab jadid bobolarimizni uyg‘otdi. Ularning xalq erkinligi va saodati yo‘lidagi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amallari uchun ulkan ma’naviy omil bo‘ldi.Bu orzu ma’naviyat va ma’rifatni odamni nafaqat komillikka, erkin va farovon turmushga yetaklovchi, balki xalqni milliy mustaqillikka eltuvchi beqiyos kuch sifatida anglab yetish imkonini berdi.Bu ulug‘ orzu asrlar davomida xalqimizni ezgu amallar sari yo‘llab, uning iymon-e’tiqodini g‘ayriinsoniy g‘oyalardan, millatni turli tahdidlardan muhofaza qilib, o‘ziga xos ma’naviy qalqonga aylandi.Shu tariqa uzoq o‘tmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi O‘zbekiston tushunchasida jamuljam bo‘ldi.
Irodasi, shaxdu shiddati buyuk xalqimizning bunday yorug‘ va teran orzusi jamiyatimizning yangi qiyofasini yaratish uchun yuksak marralarga intilayotgan xalqimizni Uchinchi Renessans g‘oyasi atrofida yanada jipslashtirmoqda. Bunga butun dunyo guvoh bo‘lmoqda.Bu yo‘lda ana shunday ulkan tarixiy asoslarga, xalqimizning azmu qaroriga tayanib faoliyat olib borsak, ko‘zlagan maqsadimizga albatta,yetamiz.
Eng muhimi, bunday ezgu fikr va intilishlar yon-atrofdagi xalqlar va davlatlarga nisbatan asossiz da’volar yoki o‘z qobig‘iga o‘ralib olishga sabab bo‘ladigan proteksionizm va izolyutsionizm tamoyillaridan mutlaqo xolidir.Aksincha, Yangi O‘zbekiston orzusi va uning asosida ishlab chiqilgan strategiyada Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarimiz, butun jahon hamjamiyati, uzoq-yaqindagi davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik, tobora globallashib borayotgan bugungi dunyodagi muammolarni birgalikda hal qilish, eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishdek amaliy sa’y-harakatlar mujassam. Imom Buxoriy bobomiz o‘z kitoblarida keltirgan muborak hadisda aytilganidek, "Barcha amallar niyatga qarab bo‘ladi". Ishonchim komilki, pok niyatlar bilan boshlagan xayrli ishlarimiz albatta ijobat bo‘lg‘ay.Bu boradagi eng asosiy yutug‘imiz - xalqimizning siyosiy tafakkuri va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani, atrofdagi voqealarga beparvo bo‘lmasdan, aksincha, islohotlarimizga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganidir.
Yangi O‘zbekiston strategiyasi, olijanob niyatlarni amalga oshirish, yangi hayot qurish yo‘lidagi beqiyos o‘zgarishlar xammamizdan fidoyilik va bunyodkorlikni, yanada katta jonbozlikni talab etmokda.
Bugun kelgusi yillar uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik davrida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, jamiyatimizning barcha sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz.
Barchamiz "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, farzandlarimiz, kelgusi avlodlar uchun gullab-yashnagan, ozod va obod mamlakatni meros qilib qoldiramiz.

2. Yangilanayotgan O‘zbekiston


Biz Yangi O‘zbekistonni mard va olijanob xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug‘vor niyatni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu borada "Jamiyat - islohotlar tashabbuskori"degan yondashuv kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda.Inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi davlatni barpo etishdek buyuk xalq harakati tobora kengaymoqda. Bunday qudratli safda bo‘lishning o‘zi katta baxt, katta sharafdir.Bugun yaxshi niyatlar bilan juda katta marralarni o‘zimizga belgilab olmoqdamiz. Oldimizda har qachongidan ham muhim vazifalar turibdi. Albatta, ularga erishish oson kechmaydi.Hayotimizning turli sohalarida muammo va kamchiliklarimiz ham yetarli. Biz bularning barchasini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz. Yo‘limizda katta g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarni yengib o‘tish uchun boshlagan islohotlarimizni og‘ishmasdan davom ettiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangi davrda yanada katta safarbarlik bilan ishlashimizga to‘g‘ri keladi.Hayot oldimizga yana ko‘plab sinov va muammolarni qo‘yishi mumkin va biz har qanday kutilmagan holatga tayyor turishimiz zarur. Lekin qanchalik sermashaqqat va murakkab bo‘lmasin, demokratik islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Oldinga, faqat oldinga qarab boramiz. Va biz bunga har tomonlama qodirmiz. Chunki bugungi xalqimiz - kechagi xalq emas. Bugungi O‘zbekiston ham - kechagi O‘zbekiston emas.Shu bois, demokratik islohotlar yo‘li - biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, hayotimizni, ish uslubimizni takomillashtirishga harakat qilmoqdamiz.


Ta’kidlash joizki, 73 yil avval qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi dunyoda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida yangi imkoniyatlar ochdi.Biz bu borada mamlakatimizda inson huquqi va erkinliklari demokratik jamiyatning eng oliy qadriyati sifatida namoyon bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. Fuqarolarimizning emin-erkin yashash, uy-joy va yer-mulkka ega bo‘lish, sog‘liqni saqlash, bilim olish kabi tabiiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida katta islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.Biz ana shunday muhim ishlarni qat’iy davom ettiramiz. Bizning ustuvor vazifamiz - inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashish, uning asosiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bu jamiyatda tinchlik va barqarorlik, farovon hayotni ta’minlashning asosiy shartidir.
Afsuski, bugungi kunda barchamiz mazkur ijobiy jarayonga to‘sqinlik qilayotgan murakkab va ziddiyatli tendensiyalar mavjudligiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu o‘rinda so‘z jahonda, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyodan tortib Yaqin Sharqqacha bo‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro ishonchsizlik va nizolar, millatlararo va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, barqaror taraqqiyotga qarshi boshqa global tahdid va xatarlar paydo bo‘layotgani haqida bormoqda.Ilojsiz holda o‘z yurtini tashlab ketayotgan kishilar va qochoqlar soni tobora ortib borayotgani, jahonningko‘plab mintaqalarida ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, odam savdosi va majburiy mehnat, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, qashshoqlik va ochlikka barham berish bilan bog‘liq muammolar murakkab tus olayotganiga dunyodagi barcha sog‘lom fikrli insonlar tomoshabin bo‘lib qarab turmasligi zarur.
Shu ma’noda, bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jami 4,5 milliarddan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Osiyo mintaqasining kelajagi ko‘p jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030 yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishga, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mintaqaviy mexanizmni shakllantirishga bog‘liq.
Biz o‘z oldimizga O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya orqali erisha olamiz. Buning uchun, avvalo, islohotlarning amaliy natijadorligini oshirish, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faol, yanada tashabbuskor bo‘lishiga erishmog‘imiz lozim.Ayni paytda islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha - ta’limning barcha bo‘g‘inlarini izchil isloh qilmoqdamiz.Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak madaniyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish бўлади.
Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun ilg‘or bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz shart va zarur. Bu bizga rivojlanishning eng qisqa yo‘lidan borish imkonini beradi. Chunki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik, nodir iste’dod egalarini tarbiyalab kamolga yetkazishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q.El-yurtimiz dunyoda koronavirus pandemiyasi va uning oqibatida kelib chiqqan global iqtisodiy inqiroz sharoitida, tahlikali bir davrda barcha sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va irodali bo‘lib chiqmoqda. Xalqimiz o‘zining hayoti va baxti-iqboli Vatanimizning taqdiri va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq ekanini chuqur his etmoqda.
Jonajon O‘zbekistonimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ydi. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan vazifa va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.O‘zbekiston orzusi amaliyotga, real voqelikka aylanmoqda.Ammobu osonlikcha, o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ish emas. Yangi jamiyatni barpo etish, avlodlarimiz uchun yorug‘ kelajakni yaratish ehtiyoji barchamizdan ulkan mas’uliyat talab qilayotgani shubhasiz.
Eng asosiysi, xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi.Hech shubhasiz, o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlab, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashib harakat qilishgina bizni nurli manzillarga yetkazadi.Bu intilishlarning ulkan amaliy ishlarga aylanib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda har birimizning faol ishtirokimiz, chuqur mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashash bugun davr talabiga aylandi.
Muayyan xalq yoki davlat hayoti uchun g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan biror-bir fenomen yoki u haqdagi tushuncha va tamoyillar o‘z-o‘zidan, osongina paydo bo‘lmaydi va tasodifan dunyoga kelib qolmaydi.Shu ma’noda, har qanday hodisa, tushuncha yoki atamaning o‘ziga xos shakllanish jarayoni bor. Yangi O‘zbekiston fenomeni ham bundan mustasno emas.Ushbu tushuncha mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi islohotlarimizning tayanch g‘oyasini ifoda etadi.Ana shu g‘oya asosida yurtimizda Yangi O‘zbekiston -Uchinchi Renessans sari"degan shior ilgari surilayotgani ham bejiz emas. Yangi O‘zbekiston, avvalo, xalqimiz o‘z milliy taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘yganini, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallayotgani, bu borada oldimizda ko‘plab yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotganini anglatadigan tushunchadir.
Yangi O‘zbekiston- mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo‘lining yuqori bosqichidir.
Yangi O‘zbekiston - bu "Xalq manfaati hamma narsadan ulug‘"degan ezgu g‘oya amaliy ishlar bilan o‘z tasdig‘initopayotgan zamondir. Yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shayotgan tarixiy bir davrdir.
Yangi O‘zbekiston - "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan hal qiluvchi tamoyil amaldao‘z tasdig‘ini topayotgan mamlakat.
Yangi O‘zbekiston - kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, madadga muhtoj insonlar va oilalarga chinakam ko‘mak va yordam berish, mehr-oqibat ko‘rsatish hayotimiz qoidasiga aylanib borayotgan ijtimoiy makondir.
Yangi O‘zbekiston - jahon hamjamiyati bilan, eng avvalo, yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik va hamkorlik eshiklari keng ochilayotgan, mamlakatimizning jozibador demokratik qiyofasi yaratilayotgan bugungi betakror zamondir.
Yangi O‘zbekiston - o‘zgarib, kuch-qudratga to‘lib borayotgan, dunyo ahli e’tirof etayotgan yangilangan jamiyat, dunyoga yuz tutayotgan erkin bir o‘lkadir.
Ayni paytda bu borada ham insoniyat to‘plagan tajriba, ayniqsa, o‘tgan asr o‘rtalaridagi tanazzul holatidan chiqib, bugun eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan davlatlar erishgan yutuqlarni, ular amalga oshirgan islohotlarni o‘rganish ko‘plab masalalarga javob topishda qo‘l kelishi mumkin.Chindan ham, XX asr oxiriga kelib rivojlangan davlatlar darajasiga yetgan mamlakatlar sermashaqqat islohot va o‘zgarishlar yo‘lidan bordi. Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur kabi davlatlar "yangi dunyo mo‘jizalari"ni yaratdi.Bugun, bizning mamlakatimizda ham o‘z umrini yashab bo‘lgan eski qarashlar chekinib, yangi davr boshlandi, yangi voqelik bo‘y ko‘rsatmoqda. Ulkan imkoniyatlar, keng ko‘lamli islohotlar davri keldi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, "Jamiyatimizning yangi qiyofasi" tushunchasi qotib qolgan voqelik yoki o‘zgarmas aksiomani anglatmaydi.
-
Bugungi kunga kelib, ushbu tushuncha jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va ongidan chuqur joy olib, islohotlar jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.Shu munosabat bilan, insoniyat tarixi va xalqlar taraqqiyotiga xos bir qonuniyatni esdan chiqarmasligimiz lozim. Bunday murakkab jarayonlarda inkor, yangilanish va vorislik tamoyillari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ikki yarim ming yil muqaddam buyuk Xitoy faylasufi va mutafakkiri Lao Szi "Dunyoda hamma narsa o‘sadi, gullaydi va o‘z ildizlariga kaytadi", debaytgan ekan. Bu dialektik haqiqat naqadar to‘g‘ri ekanini vaqtning o‘zi ko‘rsatib turibdi.Davr - o‘tadi, odamlar - qoladi.Insonlarorasidayangilikkaintiladiganshaxslar, islohotlarga daxldorligini chuqur his etuvchi vao‘zgarishlarning omilkor ishtirokchisiga aylanadiganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Lekin eskilik qon-qoniga singib ketgan, butun vujudi bilan yangilikni istamaydigan konservatorlar ham saqlanib qoladi.
Afsuski, bugungi davr ham bundan mustasno emas. Bunday kimsalar islohot va yangilanishlarga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmaydi. Balki uni ichidan yoki tashqaridan buzish, obro‘sizlantirishga urinadi.Arzimagan narsalardan, ya’ni, "pashshadan fil", kichik bir hodisa yoki juz’iy kamchiliklardan fojia yasashga, ba’zi bir uquvsiz rahbarlarning bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatosidan butun O‘zbekistonni, rahbariyatni obro‘sizlantirish, islohotlar jarayonini qoralashga, uni ortga qaytarishga harakat qiladi.Donishmand xalqimizning o‘zi bu kabi urinishlarga qat’iy javob bermoqda. Yangi O‘zbekiston bunday kimsalar o‘ylagan yo‘ldan bormaydi, islohotlar jarayoni ortga qaytmaydi!
Yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanmasdan, egri qadam bosadigan, el-yurtimizga isnod keltiradigan bunday kishilarning xatti-harakatlariga buyuk mutafakkir shoirimiz Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z vaqtida baho berib aytganidek: "Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur".Bu fikrimizning mantiqiy davomi sifatida bugun jamiyatimizda "qonun - ustuvor, jinoyatga - jazo muqarrar" degan tamoyil qaror topmoqda. Tobora yangilanayotgan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ochiqlik va oshkoralik zamoni, keng va chuqur yangilanish davrining timsoli sifatida amalga oshirilmoqda."Uchinchi Renessans poydevorini yaratish" g‘oyasi ham tasodifan va quruq yerda paydo bo‘lmagan, albatta.
Yurtimizning nihoyatda boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga egaligi bu boradagi hayotbaxsh rejalarga asos berayotgani shubhasiz. Ortimizda tog‘dek tayanch va suyanch bo‘lib turgan ko‘pmillatli xalqimiz - hayot yo‘llarida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan mo‘tabar nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singillarimiz, ilg‘or va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan azmu shijoatli yoshlarimiz bor.Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda.Biz ana shunday mustahkam zamingatayanib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida buyuk ishlarni boshlaganmiz.Erishilgan yutuqlarimizni mustahkamlab, yanada dadil va ulkan qadamlar tashlashimiz shart. Chunki yurtimizdagi islohot va o‘zgarishlar jarayoni, yuqorida qayd etganimdek, ortga qaytmaydigan tus olib, hal qiluvchi pallaga kirmoqda.
Bugun natijadorlik hammamiz uchun bosh talab, asosiy mezonga aylanmoqda. Bu borada yaqin kelgusi yillar alohida mas’uliyat va sinov davri bo‘ladi. Endi kechagi yutuq va marralar bizni sira qoniqtirmaydi.Bu yo‘lda faqat amaliy samara bilan mustahkamlangan, o‘z mevasi, hosilini berayotgan islohot odamlarningqalbiga, yuragiga kirib boradi. Va bunday islohotni, bunday shiddatli jarayonni hech kim, hech qanday kuch to‘xtata olmaydi.
Eng asosiysi, islohotlarimiz natijasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, har bir oila o‘z kundalik hayotida his etishi kerak.Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar qog‘ozdagi hisobotlar, foiz va raqamlar ortidan quvmasdan, har qaysi fuqaro uchun, uning hayotiy ehtiyoj va orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun ishlashi shart.Shunda nuroniy keksalarimiz, muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, hurmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz - ko‘pmillatli butun xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi.O‘zimiz orzu qilayotgan Yangi O‘zbekistonni yaratish uchun bu yo‘ldagi har bir maqsad va vazifaga, ularni amalga oshirishga aynan shu nuqtai nazardan yondashsak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

3.Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash - Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir.


Xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolatni hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylandi.Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash - Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir.
Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, qonun ustuvorligini ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish ishlari hayotga izchil tatbiq etilmoqda, sud hokimiyatining fuqarolar hukuqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi rolini oshirmoqdamiz.Konstitutsiya va qonun normalari so‘zsiz ishlashi uchun ishonchli hukuqii kafolat yaratilmoqda.
Inson hukuqlari sohasida ham holat tubdan o‘zgardi. Majburiy mehnat va bolalar mehnatito‘liq bartaraf etildi. Inson xuquqlari bo‘yicha milliy strategiyaniqabul qildik. O‘zbekiston BMTning Inson xuquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylangani olib borayotgan siyosatimizning yuksak xalqaro e’tirofidir.
Islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning Xalqimizning bu boradagi taraqqiyot strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi insonga, xalqqa, xalqning davlatga bo‘lgan munosabati o‘zgarayotganida ham namoyon bo‘lmoqda.
Sud-xuquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Ko‘p yillar davomida saqlanib kelganhuquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud idoralarining asosan jazolashdan iborat bo‘lgan funksiyasiga chek ko‘yildi.Bu esa, ajdodlarimiz azaldan amal qilib kelgan“Zulm qilma, insofli bo‘l, xalq uchun adolat qo‘rg‘onini bunyod et”, degan hayotiy tamoyiliga to‘la mosdir.
Biz sud-huquq tizimini isloh etishda shunday hayotiy talablardan kelib chiqdik. Xususan, “sudyaning ongida - adolat, tilida - haqiqat, dilida - poklik bo‘lishi kerak”, degan g‘oyani ilgari surdik va uni amalda qaror toptirishga intilmoqdamiz.
Hibsga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish, ruhiy hamda jismoniy bosim o‘tkazish va boshqa g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikka solish holatlariga qarshi prinsipial kurash boshladik. Fuqarolarni soxta dalillar, tuhmat va bo‘htonlar asosida javobgarlikka tortishdek nomaqbul amaliyotga barham berildi.
Yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan minglab vatandoshlarimizga O‘zbekiston fuqroligi berildi.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu borada muhim qonun hujjatlarini qabul qildik va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentliginitashkil etdik.

Savol va topshiriqlar:
1.Yangi O‘zbekiston orzusining mohiyatini ifodalab bering.
2.Yangi O‘zbekiston fenomenida nimalar o‘z ifodasini topgan.
3.Yurtimizda birinchi va ikkinchi Renessanslar qachon ro‘y bergan edi?
4.Yangi O‘zbekistonning asosiy tamoyillarini sanab yebering.
5. Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlan uchun qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?
Asosiy adabiyot:
1.Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. - Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. - 464 b.



Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling