1-mavzu: yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti


XRONOLOGIYA VAQTNI O‘RGANISH, HISOBLASH HAQIDAGI FAN SIFATIDA IKKI QISMGA BO‘LINADI


Download 38 Kb.
bet4/10
Sana09.06.2023
Hajmi38 Kb.
#1472778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yordamchi tarix 2 mavzu maruza

XRONOLOGIYA VAQTNI O‘RGANISH, HISOBLASH HAQIDAGI FAN SIFATIDA IKKI QISMGA BO‘LINADI: astronomik (matematik) va tarixiy xronologiya.
Astronomik xronologiya - osmon jismlarining siljishini matematik hisob asosida astronomik davrning vaqtini aniqlaydi.
Tarixiy xronologiya - tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash tizimi rivojini o‘rganadi, ularning o‘zaro bog‘liqligini, vaqtlarni bir hisob tizimidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya tarixiy vaqtni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tahlil qiladi.
Insoniyatning xo‘jalik hayotdagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo‘lgan sutka, kun, tun, oy fazalarining o‘zgarishi, yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bo‘lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlari harakatini, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, kun, oy, yillar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug‘ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi.
Xronologiyaga oid bilimlar dastlab Misr, Bobil, Yunoniston va Rimda shakllandi va yunon va rimlik olimlar Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katta hissa qo‘shganlar. Milodiy II asrda ishlab chiiilgan Gipparx va Ptolomey jadvali Ulug‘bek davrigacha eng ishonchli manba bshlib xizmat iilgan.
Gipparx - (milodgacha 190-125 y) birinchi bo‘lib Oyning o‘lchami va undan yergacha bo‘lgan masofani aniqlagan. U shaxsiy kuzatuvlari natijasida Quyosh yilining uzunligini deyarli aniq hisoblab chiqib, faqatgina 6 daqiqaga xato qilgan. Olim o‘sha davrda 850 ta yulduzlarning joylashish holati katalogini ham tuzgan edi.
Klavdiy Ptolemeyning "Almagest" asari o‘rta asrlargacha astronomiyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. U sakkiz kitobdan iborat "Geografiya" asarining ham muallifidir. Ptolemey kartografik proyeksiyalar nazariyasini ham yaratgan. Uning “Podshohlarning xronologik jadvali” asari xronologiyaga oid muhim manba hisoblanadi. Gipparx va Klavdiy Ptolemeylarning merosi asosida miloddan avvalgi II asrdaishlab chiqilgan Gipparx-Ptolemey jadvali Ulug‘bek davrigacha eng ishonchli manba bo‘lib xizmat qilgan.
4. Evropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.

Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling