1-mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 13.25 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.25 Kb.
#1512724
Bog'liq
4 mavzu T. Feruza

1-mavzu: Turli yosh davrlarida yetakchi faoliyat turlari. Toshmatova Feruza

Reja

  • 1. Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti.
  • 2.Yosh davrlar psixologiyasi fanining prinsiplari.
  • 3. Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy vazifalari.
  • 4. Yosh davrlar psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot usullari.
  • Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o`quvchilar, kattalar, erkAqlar, ayollarning (ontogenezda) tug`ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o`zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovutlarini shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.

Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi

  • Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o`zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.

Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma’lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo`lgan

  • 1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolutsiya g’oyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o’rganish zarurligi.
  • 2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti harakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish.
  • 3. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug`ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani.
  • 4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o`quvchilari, o’rta va oliy o’quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari, yetimxonalar, bolalar uyi, kaloniyalar maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar) ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani .
  • 5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixo-nevralogiya, psixogigiyena, neyroxirurgiya, sangigiyena bolalar va kattalar patalogiyasi,
  • genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo’yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi.
  • 6. Yuridik psixologiya va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o’rin egalayotgani hamda yoshlar o’rtasida qonunbuzarlikning ortib borayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi, voyaga yetmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi).
  • 7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o’z o’rnini topayotgani (psixologik maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o’yinlari profesiogramma psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi).
  • 8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o’zgarishlariga doir, bilimlarga eрtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya psixologiyasiga aniq materiallar zarurligi.
  • 9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari, millatlararo munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik g’oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik psixologiya va hokazo).
  • 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko’paytirish, sanoatda va qishloq xo’jaligida kishilarning haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini uyg’otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson-texnika, yer-inson, inson-iqlim, munosabatlarini izchil o’rganish zarurligi.
  • 11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish
  • Inoq oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, o’z joniga qasd qilish hollarini bartaraf etish, oilada teng huquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilish vazifalari.
  • 12. Inson uzoq umr ko’rishning sirlarini – gerontopsixologik qonuniyatlarni targ’ib qilish, davlat muassasalarida psixologik bilimdan o’z o’rnida foydalanish, uzoq umr ko’rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda odilona muloqotda bo’lish kerakligi yosh davri psixologiyasi rivojlantirishni taqozo etmoqda.
  • Yosh davri psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham bashqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina sotsiologiya kabi fanlarning ahamiyati katta.Yosh davri va diferinsial psixologiya fani dialektikani prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga diferinsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to’plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi, ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
  • Mazkur fan soxasi o`zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi.
  • Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o`zini-o`zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, vidiomagnitafon va boshqalar) taxt qilinadi.

  • Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolning xususiyatlarini aniqlash maqsadida metod yosh davri psixologiyasida keng qo`llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Obyekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to`g`risida sirtdan muayyan xulosa chiqariladi.
  • Test metodi. Test - inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o`sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol jumboqlar test deb ataladi: test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir.
  • 1905-yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o`sish va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyatini borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada metodi qo`llana boshlandi.
  • Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettil, Varetgg, Veksler, Meyli, Ayze, Anatsazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
  • Tajriba metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlarning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodalari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperement metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o`sishi, favqulodda holatlardan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, harakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi.
  • Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va labaratoriya metodlariga ajaratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo`llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910-yilda. A.F.Lazo’rskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, o`zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi.
  • Laboratoriya metodi ko’pincha individual shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo`llaniladi.
  • Biografiya metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tamonidan to’plangan tarjiami hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
  • Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo`llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli dagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o’rganiladi.
  • Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o`zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.

Download 13.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling