1-mavzu. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari. Reja


Download 64.93 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi64.93 Kb.
#1381718

1-mavzu. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari.
Reja:

  1. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari

  2. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari

  3. Psixik rivojlanishning asosiy omillari

  4. Rivojlanishni davrlashtirish muammosi

5. O’RTMT Yosh davrlar psixologiya fanining o'rganilishi
Yosh psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat.
Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular :
1.Bolalar psixologiyasi
2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.
3.O‘smir psixologiyasi.
4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.
5.Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6.Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi.
Yosh psixologiyasining umumiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) Psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish.
2) Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish.
3) Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish.
4) Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganadi.
Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning
hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi.
Psixik rivojlanish va bu o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan kuchlar o‘rtasidagi munosabat qonunlarini o‘rganish – yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muammolaridan biridir.
Inson shaxsning psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlariva qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir.
Inson – biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug‘ma ravishda tashkil topgan xususityalar (masalan, ko‘rish yoki eshitish sezgilarning, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub’ekt iva ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvor (masalan, ahloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.


Asosiy adabiyotlar
1. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O„z.FMJ., 2008.
2. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To`ychieva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2009 .
3. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
4. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.


Qo’shimcha adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. “Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi” – Toshkent.; O’zbekiston nashriyoti. 2019 yil
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz – Toshkent.; O’zbekiston nashriyoti. 2017 yil
3. David G.Myers. “ Psychology” Michigan USA: Worth Publishers.: 2011.
Download 64.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling