1-mavzu: yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti, tarixi hamda bolalar o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari reja


Hujayraning tuzilishi va vazifasi


Download 65.29 Kb.
bet11/14
Sana25.03.2023
Hajmi65.29 Kb.
#1294687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 MAVZU-MA\'RUZA (1)

1.7. Hujayraning tuzilishi va vazifasi
1665 yilda R.Guk tomonidan sodda mikroskop ixtiro knlinishi hujayra ta’limotining tug‘ilishiga olib keldi. U po‘kakdan yupqa kesma tayyorlab, mikroskop ostida kuzatganda mayda katakchalarni ko‘rdi va ularga hujayralar deb nom berdi. Elektron mikroskop kashf etilishi bilan hujayraning tarkibi va hujayradagi moddalar almashinuvi o‘rganila boshlandi. Hujayralar sharsimon, duksimon, prizmasimon shakllarda bo‘ladi. Har bir hujayrassitoplazmatik membrana,ssitoplazma, yadro va hujayra organoidlaridan tashkil topgan.
Tuzilishi, kelib chiqishi ia funksiyasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan xujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi .Organizmdagi hamma to‘qimalar 4 guruhga: epiteliy (qonlovchi), biriktiruvchi (tayanch-grafik),muskul(mushak) ia nerv to‘qimalariga bo‘linadi.Epitelty to‘qimasi bir ia ko‘p qavatli bo‘lib, yupqa plastinka shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Biriktiruvchi to‘qima asosan o‘rganizmning ichki qismini tashkil etib, qon va limfa to‘qimasi,tog‘ay va suyak to‘qimasi, silliq muskullar to‘qimasiga bo‘linadi.
Hujayra ko‘p hujayrali organizmlarning funksional va genetik oddiy tuzilmasidir. Xar bir xujayra yadro, sitoplazma va hujayra membranasidan tashkil topgan buladi. hozir xujayraning tuzilishini o‘rganishda bir necha ming marta katta qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskopdan foydalaniladi.
Hujayra membranasi uch kavat tuzilishga ega bo‘lib, har bir qavati taxminan 25A qalinlikda bo‘ladi. Tashqi va ichki qavatlari bir qator joylashgan oqsil molekulalaridan tuzilgan. o‘rta qavati ikki qator joylashgan lipid molekulalaridan tuzilgan. Hujayrada moddalar almashinuvida ishtirok etadigan suv, aminokislotalar, glyukoza, mineral tuzlar ana shu membrana orqali hujayra ichiga o‘tadi.
Sitoplazma yarim suyuq muhit bo‘lib, elektron mikroskopda qaralganda, uning mayda donador strukturasi aniq ko‘rinadi. Sitoplazmada yadro va hujayraning barcha organoidlari universal va maxsus organoidlarga bo‘linadi. Universal organoidlar barcha organizmlar hujayrasida bo‘ladi. Maxsus organoidlar ba’zi hujayralardagina uchraydi. Universal organoidlarga mitoxondriyalar, Golji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va xujayra markazi kiradi.
Maxsus organoidlarga muskul hujayralarini qisqartiruvchi miofibrillar, nerv hujayralaridagi neyrofibrillar va xarakat organoidlari- xivchinlar, kiprikchalar kiradi.
Yadro hujayraning asosiy qismi bo‘lib, bo‘linish xususiyatiga ega. Yadroning shakli ko‘pincha hujayra shakliga o‘xshab ketadi. Yadro tashqi va ichki membrana orqali sitoplazmadan ajralib turadi. Membranada teshikchalar (poralar) bo‘lib, oqsil molekulalari, aminokislotalar, nukleotidlar ana shu teshikchalardan o‘tadi, natijada sitoplazma bilan yadro o‘rtasida aktiv moddalar almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Yadroning ichi suyuklik (shira) bilan to‘lgan bo‘lib, bu yerda xromosomalar, yadrochalar (bitta yoki ko‘p) joylashgan. Yadro shirasi tarkibida oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa moddalar bo‘ladi.
Lizosoma yumaloqroq shaklda bo‘lib, membranasi uch kavatdan tuzilgan. Uning tarkibidagi fermentlar ta’sirida oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar parchalanadi.
Endoplazmatik to‘r membrana bilan chegaralangan murakkab tuzilgan kanallar va sisternalardan iborat. Kup xujayralarda endoplazmatik to‘r membranasi yuzasida ko‘p granulalar joylashgan bo‘ladi. Ular ribosomalar deb yuritiladi. Ribosomalar hujayrada juda mayda bo‘lib, sitoplazmada erkin holda ham bo‘ladi. Yadroda joylashgan ribosomalarda yadro oqsillar sintezlanadi. Endoplazmatik to‘rda joylashgan ribosomalar oqsillarni sintezlashda aktiv rol o‘ynaydi.
Golji apparati yadro atrofida joylashgan, qo‘sh qavat membranali murakkab to‘r shakldagi tuzilmalardan iborat.
Mitoxondriyalar boshqacha qilib hujayraning kuch stansiyalari deb xam yuritiladi. Ular oval, yumaloqroq, bir oz chuziq yoki tayoqchasimon, ipsimon shakllarda bo‘ladi. Hujayrada 50 tagacha, ba’zi hujayralarda 900 tagacha mitoxondriyalar bo‘ladi. Mitoxondriyalar membranasi ikki kavatdan iborat. Ular tarkibida oqsillar, lipidlar nuklein kislotalar borligi kuzatilgan. Shuningdek, ular tarkibida hujayradagi energiya almashinuvida ishtirok etuvchi ko‘pgina fermentlar saqlanadi. Mitoxondriyalarda ATF (adenozintrifosfat kislota) hosil bo‘ladi.

Download 65.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling