1-mavzu: yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti, tarixi hamda bolalar o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari reja


Download 65.29 Kb.
bet7/14
Sana25.03.2023
Hajmi65.29 Kb.
#1294687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1 MAVZU-MA\'RUZA (1)

4. Statistika usuli: tashqi muhit ta’sinning salomatlikka ijobiy va salbiy natijasini aniqlaydi. Bolalar muassasalarining maxsus standart jihozlar bilan ta’minlash, bolalar kiyim kechaklari, poyafzal o‘lchamini aniqlashda va boshqa kerakli buyumlar bilan ta’minlashda foydalaniladi. Bu usullar yordamida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun zarur ma’lumotlar olinadi. Keyingi yillarda esa fizika, radiotexnika, elektronika, kibernetikaning zamonaviy usullaridan keng foydalanilmoqda. Masalan, tashxis qo‘yishda kompyuter-tomografiyadan keng foydalanilmoqda.
1.6. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasining rivojlanish tarixi
Odamning hayot faoliyati eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o'rganila boshlagan. Bunday olimlardan Bukrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Galen va boshqalarni eslash mumkin. Gippokrat (miloddan avvalgi 460-375) tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv) ni jismoniy va ruhiy shakllanishga ta’siri to‘g‘risida fikr yuritgan. U odam ning xulq-atvori, his-tuyg‘usi turlicha bo‘lishini o‘rganib, temperament (mijoz) haqida asar yozgan va odamlarni to‘rt xil mijozga bo‘lgan.
Galen (miloddan avvalgi 134-211) maymunlarda tajribalar o‘tkazib, anatomiya, fiziologiyaga katta hissa qo‘shgan. Markaziy Osiyo xalqlarining tibbiyotga oid yozma ma’lumotlari IXX asrlarga (bizning eramizgacha) tegishli. Bunday ma’lumotlar Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining ilohiy kitobi bo‘lgan «Avesto»da hamda loydan yasalgan jadvalda o‘z ifodasini topgan.
Avesto markaziy Osiyo xalqlari tibbiyotiga oid yozilgan birinchi ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. O‘rta asrlar davomida sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda jahonga tanilgan ko‘pgina olimlar yashab, ijod qilganlar.
Abu Bakr ibn Axaviy Buxoriy o‘zining « Hidoyat» (tibbiyotni o‘rganuvchilarga qo‘llanma) kitobida kattalar va bolalarda uchraydigan ko‘pgina kasalliklar va ularni davolashda qo‘llanilaniladigan dorilar haqida ma’lumotlar bergan.
Abu Nosir Muhammad Al-Forobiy (873-yilda Sirdaryo bo‘yida tug‘gan) tibbiyotga ko‘p yangiliklar kiritgan. Unervlarni sezuvchi va harakatlanuvchi nervlar boshqaradi deb taxmin qilgan.
Ismoil Jurjoniy (1080-1141) mohir tabib sifatida tanilgan. Uning kasallikni aniqlash usullari, «Tibbiyot usullari» kabi kitobdari ma’lum va mashhur bo‘lgan. U odam sog‘lig‘ini saqlash uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo‘qotish lozim deb yozadi.

Download 65.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling