1-mavzu: yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti, tarixi hamda bolalar o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari reja


Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining ahamiyati


Download 65.29 Kb.
bet4/14
Sana25.03.2023
Hajmi65.29 Kb.
#1294687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 MAVZU-MA\'RUZA (1)

1. 3. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining ahamiyati
Inson sog‘ligini m uhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko‘tarish haqida g‘amxo‘rlik qilish muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda, jumladan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta kuch bo‘lib xizmat qiladilar. Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o‘sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi o‘zgarishlarini, tashqi m uhit sharoitining bola organizmiga ta’sirining gigiyenik ahamiyatini bilib olgandagina o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil eta oladi. Avlodni jismonan sog‘lom, aqliy va ruhiy jihatdan tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday o‘qitish shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va o‘qituvchilari yosh fiziologiyasi va gigiyena fani asoslari haqidagi bilimga ega bo‘lishlari kerak.
O‘qituvchi bolalar va o‘smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini o‘rganar ekan, ayrim tizim va organlarning (suyak-muskul, nafas olish, qon aylanishi, nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon-ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ularning faoliyatlari va gigiyenasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, o‘quv yuklamalarini bolaning yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining o‘ziga xos yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir.
O‘sib, rivojlanib kelayotgan bolalar va o‘smirlar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy gigiyenasi, maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va o‘quv tarbiyaviy ishlar gigiyenasi masalalarini yechib bo'lmaydi. Organizm dagi har bir tizim ning fiziologiya va gigiyenasi aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan: suyak-muskul sistemasining gigiyenasi - harakat tartibini, partada to‘g‘ri o‘tirish, ishlash jarayonida gavdani to‘g‘ri tutish, yozayotganda qo‘l barm oqlarini ishlatilishini me’yorga solish va hokazolarini talab etadi. Bu chora-tadbirlarni yo'lga qo‘yish, ularga rioya qilish, o'sib rivojlanib kelayotgan bolalarning salomatligini mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarning oldini olishga imkon beradi.

Download 65.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling