1-mavzu: yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti, tarixi hamda bolalar o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari reja


Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining asosiy vazifalari


Download 65.29 Kb.
bet3/14
Sana25.03.2023
Hajmi65.29 Kb.
#1294687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 MAVZU-MA\'RUZA (1)

1.2. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining asosiy vazifalari
Yosh fiziologiyasining asosiy vazifasi o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari to‘qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
Yosh fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar evolyutsiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o‘zaro munosabatlari va ular o‘rtasida bog‘lanish sabablarini aniqlaydi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, ya’ni bosh miya po‘stlog‘ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida yetakchi rol o‘ynashini tushunib olishga yordam beradi.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlash. Bu masalani hal qilish biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o‘smirlar organizmiga ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Har bir yoshga oid davrga xos kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi va hayotga tadbiq etish imkoniyatini yaratadi. O‘sib kelayotgan avlodning sog‘liq darajasi joriy etilgan sog‘lomlashtirish gigiyena tadbirlarining natijasi o‘laroq, kelgusida yana qanday qo‘shimcha gigiyenik tadbirlar ko‘rish kerakligini ham belgilab beradi;
- Bolalar va o‘smirlar faoliyati gigiyenasi. Olib boriladigan ishlarning bu sohasida o‘sib kelayotgan avlodning turli ishla r b ila n shug'ullanishida (bolalar m uassasalarida o'qish, jismoniy ish bajarish, jismoniy tarbiya) gigiyenik tadbirlarni qo‘llash va natijalarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Bunda b o lalarn in g sog‘ligini saqlagan holda ish faoliyatini oshirish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini ko'rish asosiy m asala hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida yasli, bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarga muvofiq keladigan kun tartibining to‘g‘ri tuzilishiga xizmat qiladi;
- Tashqi muhit gigiyenasi. Mo‘ljallangan ishning bu qismida bolalar va o‘smirlar muassasalarini loyihalash va qurishda bir qator gigiyenik tadbirlarni joriy etish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalarni yetarli darajada yoritish, toza havo va issiqlik, ichimlik suv bilan, bolalar uchun mo‘ljallangan jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutiladi;
- Bolalar va o‘smirlar ovqatlan ish gigiyenasi. Bunda ovqat mahsulotlarining ahamiyati, ovqatlanish tartibi o‘rganiladi va o‘sish davrida energiya sarfi me’yori ishlab chiqiladi;
- Bolalar va o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish. Ishning bu qismida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar ko‘rish;
- Psixogigiyena. Bunda bolalar va o‘smirlar ruhiy salomatligini saqlash, asab kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Download 65.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling