1-mavzu. Yozma yodgorliklarda nutq odobi, muomala madaniyati masalalari. “Qobusnoma”, “qutadg‘u bilig” asarlari tahlili savollar
Download 26.25 Kb.
|
1-топшириқ
1-MAVZU. YOZMA YODGORLIKLARDA NUTQ ODOBI, MUOMALA MADANIYATI MASALALARI. “QOBUSNOMA”, “QUTADG‘U BILIG” ASARLARI TAHLILI SAVOLLAR: SHarqda notiqlik san`atini paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixini tushuntiring. Markaziy Osiyoda voizlik san`ati vakillaridan kimlarni bilasiz? Yozma yodgorliklarda nutq odobi masalalariga munosabat qay darajada aks etgan? Qaysi asarlarda? Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida til odobi, nutq, muomala, yaxshi va yomon so‘z, to‘g‘ri va yolg‘on so‘z haqida fikrlarni izohlang. Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy asarlarida til va nutq odobi masalalari qanday talqin qilingan? «Qobusnoma»da suxandonlik nutq madaniyati, nutq odobi haqida qanday fikrlar mavjud? Kaykovusning va nutq odobi haqida qanday fikrlari mavjud? Zamaxshariy hikmatlarida nutq odobi masalalari Zamaxshariy hikmatlarida nutq odobi masalalari? Husayn Koshifiyning voizlik mahorati haqida nimalarni bilasiz? Uning voizlik san`at to‘g‘risida Alisher Navoiy fikrlarini ayting. JAVOBLAR
1. O‘rta Osiyoda hozirgi O‘zbekiston hududida notiqlik, ya’ni voizlikning vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari juda qadimiydir. Ma’lumki, qadimiy Sharqda, taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini shoh, xalifa, sulton, qirol va harbiy sarkardalar bajarganlar. Ular asosan, juma kunlari, hayit, navro‘z va boshqa bayram marosimlarida jamoani to‘plab, davlat siyosati, tuzumi, fuqarolarning majburiyat va burchlari, jumladan, bahodirlik, itoatkorlik, qonunlarga rioya qilish, boshqa qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa, o‘z ichki, tashqi siyosatlari va boshqalar haqida va’z aytganlar. SHarqda, jumladan, Movarounnahrda yashab ijod qilgan shoiru fuzalolar tomonidan notiqlik, voizlik, ya`ni va`zxonlik, «Qur`on»ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma`nosi va undan o‘rinli foydalanish borasida ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa, «Nutq odobi», «Muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib kelgan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Zamahshariy, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, So‘fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ siymolar nutq odobi masalalariga jiddiy e`tibor berishdi, ular tilshunoslikka, lug‘atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid ko‘plab asarlar yozdilar. 2. Markaziy Osiyoda voizlik san`ati vakillaridan Abu Nasr Farobiy, Bahouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Muin Voiz, Abu Homid ibn Muhammad al-G‘azzoliy, Kaykovuslarni bilaman. 3. Yozma yodgorliklarda nutq odobi masalalariga katta e’tibor qaratilgan, jumladan Buyuk olim Beruniy (973-1048) o‘zining «Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi hayotdagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir, ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kuchliligi haqida shunday deydi: «..ta`lim berish va ta`lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish masalalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...». Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997) ham o’zining «Mafotixul - ulum» («Ilmlar kalitlari») asarida o’sha davr nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari -devonxona ish qog’ozlari, ularning shakllari, ishlatiladigan istilohlar (terminlar);shuningdek adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida ma’lumot beradi. Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi SHarq pedagogikasining ajoyib namunalaridan hisoblangan «Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Ulug‘ shoir YUsuf Xos Hojib turkiy xalqlarning X asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» asarida so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash haqida: «Bilib so‘zlsa, so‘z bilig sanalur» deb yozadi. A.Navoiyning «Muhokamatul lug‘atayn», «Mahbubul qulub», «Nazmul javohir» asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning go‘zal namunalari bo‘lishi bilan birga, bu tilning yuksalishiga ham katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Alisher Navoiy to‘g‘ri, lo‘nda, mantiqli, aniq va ta`sirli nutq haqida o‘zining «Arbain» asarida, shuningdek, «Xamsa» asaridagi besh dostonning har birida ham ajoyib fikrlarni aytib o‘tgan. Mashhur voizlardan yana biri Abu Homid ibn Muhammad al-G‘azzoliy «Oxiratnoma» asarida voizlarning mahorati va o‘ziga xos uslublari xususida shunday mulohaza yuritadi; «Ahli mo‘minga va’z aytishda ehtiyot bo‘lishing lozim. Chunki voizlikda ofat ko‘p. Agar aytadigan pand-nasihatlaringga avval o‘zing amal qilib, so‘ngra xalqqa izhor etsang, bu voizlik durustdir. 4. Turkiy so’z xazinasiga tillo sandiq yasagan bobomiz Mahmud Koshg’ariyning "Dеvonu lug’otit turk" asarida "Odobning boshi tildir" dеgan maqol bor. Mashhur qomusshunos Mahmud Qoshg’ariy XI-asrdayoq turkiy xalqlarning 400 ga yaqin hikmatli iborasining o’zining uch jildlik lug’atiga kiritgan. Ularning 250 dan ortiqrog’i shakl va mazmuniga ko’ra hozirgi o’zbek tilidagidan farq qilmaydi. 5. Ulug’ alloma Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" dostonida "til ardami"(til odobi) haqida bir qancha go’zal hikmatlar mavjud:
Download 26.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling