1-mavzu. Yozma yodgorliklarda nutq odobi, muomala madaniyati masalalari. “Qobusnoma”, “qutadg‘u bilig” asarlari tahlili savollar
Download 26.25 Kb.
|
1-топшириқ
"So’zingga ehtiyot bo’l, boshing kеtmasin,
Tilingga ehtiyosh bo’l, tishing sinmasin." "Bilib so’zlasa, so’z donolik sanaladi, Nodonning so’zi o’z boshini еydi." "Akl ko’rki so’zdir va til ko’rki so’z, Kishi ko’rki yuzdir, bu yuz ko’rki ko’z." "Tug’ilgan o’ladi, ko’r, nom-nishonsiz qoladi, So’zingni ezgu so’zla, o’zing abad o’lmaysan. Shuningdek Yusuf Xos Hojib Qisqa so‘zlash, so‘zlarga iloji boricha ko‘proq ma`no yuklash haqida esa quyidagilarni bayon qiladi: «So‘zni ko‘p so‘zlama, kamroq so‘zla. Tuman (ming) tugunini shu bir so‘z bilan ech. Gapirishdan maqsad so‘zlovchi ko‘zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga to‘g‘ri, ta`sirchan, etkazishdan iborat». SHunday ekan, nutqning to‘g‘riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Adib Ahmad Yugnakiy ham so‘zlaganda nutqni o‘ylab, shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so‘zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so‘zlashga chaqiradi. Noto‘g‘ri tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib yurmagin, deb so‘zlovchini ogohlantiradi: O‘quv so‘zla so‘zni eva so‘zlama, So‘zning kizla, kedin, boshing kizlama. (So‘zni o‘qib so‘zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so‘zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma). 6. Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi SHarq pedagogikasining ajoyib namunalaridan hisoblangan «Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo‘lib, uning 6-7 boblari so‘z odobi haqida. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o‘quvchini o‘rinli so‘zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So‘zlaganda o‘ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko‘z oldiga keltirib gapirish kerakligini, kishi kamtar bo‘lishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko‘p gapirish donolik belgisi emasligi qayd etadi: «Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo‘lsang ham, o‘zingni bilganlardan pastroq tutgil.. Ko‘p bil-u, oz so‘zla, kam bilsang, ko‘p so‘zlama, chunki aqlsiz kishi ko‘p so‘zlaydi. Deganlarki, jim o‘tirish salomatlik sababidir. Ko‘p so‘zlovchi aqlli odam bo‘lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi...» 7.Kaykovus “Qobusnoma” asarida farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: «... yaxshi so’zlashga o’rgan va muloyim so’zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so’zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So’zni o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar u yaxshi so’z bo’lsa ham yomon ko’rinadi». «Kishi suxandon va notiq bo’lishi lozim». Har bir notiq o’z nutqi ustida ko’p mashq qilishi xalq oldida nutq so’zlaganda yoqimli va bamani gapirishi, xalqning e’tiborini qozonishi zarur. «Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Haloyik sening so’z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar, ... har kishining aholi o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi». Kaykovusning notiq so’zning ma’nolarini har tomonlama o’rgangan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi: «Ey, farzand, so’zning yuz va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin, so’zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so’zning qanday ma’noga ega ekanini bilmasang, qushga o’xshaysan, bunday qushni to’ti deydilar!. SHunday kishini notiq (suxanguy) deymizki, uning har so’zi xalqqa tushunarli bo’lsin va xalqning har so’zi unga ham ma’lum bo’lsin. O’ylamasdan so’zlama, har bir so’zni o’ylab gapir, to aytgan so’zingdan pushaymon bo’lmagaysan. Agar so’zni va ilmni yaxshi bilsang ham, hech bir so’zni buzma to’g’ri ta’rifla. So’zni bir xilda gapir». Kishi kamtar bo’lishi kerak, o’zini xalq orasida oddiy, kamtar tutishi lozim, mahmadonalik qilish, ko’p gapirish donolik belgisi emas... «Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo’lsang ham, o’zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so’zing bilimdonligi vaqtida bekor bo’lib qolmagaysan. Ko’p bilu, oz so’zla, kam bilsang, ko’p so’zlama, chunki aqlsiz kishi ko’p so’zlaydi, deganlarki, jim o’tirish salomatlik sababidir. Ko’p so’zlovchi aqlli odam bo’lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi...». 8. Mahmud Zamaxshariy (1075-1144) tilshunoslikning barcha sohalari, xususan, uning grammatika, adabiyot, balog‘at, aruz singari yo‘nalishlari bo‘yicha dunyo tan olgan ustoz, shuningdek, tafsir, hadis va fiqh sohalari bo‘yicha yetuk alloma hisoblanadi. Bibliografik manbalarda Mahmud Zamaxshariy nomiga ikki taxallus: “al-lug‘aviy” va “an-nahviy” so‘zlari qo‘shib yozilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu nomlarning birinchisi “tilshunos”, ikkinchisi “grammatik”, ya’ni “grammatika mutaxassisi” ma’nolarini anglatadi. Binobarin, Zamaxshariy tilshunoslik, lug‘atshunoslik, grammatika kabi sohalar rivojiga ulkan hissa qo‘shgani sabab bu fanlar bilan bog‘liq taxalluslar uning nomiga qo‘shib zikr etiladigan bo‘ldi. Zero, shu paytgacha ba’zilarining faqat nomi, ba’zilarining esa qo‘lyozmasi topilgan alloma qalamiga mansub 72 asarning orasida tilshunoslik va grammatikaga oid asarlar salmoqli o‘rin egallaydi. Mahmud Zamaxshariy tilshunoslik sohasida “Muqaddamat al-adab” (Adab ilmiga kirish) “Asos al-balog‘a” (Balog‘at asoslari), “Savoir al-amsol” (Saralangan iboralar), “Mutashobih asomiy ar-ruvot” (Roviylarning ismlaridagi noaniqliklar haqida), “Javohirul-lug‘a” (Til javharlari), “Al-Asmo fil-lug‘a” (Tilshunoslikda ismlar) “Al-qistos al-mustaqiym fi ilmil-aruz” (Aruz ilmida aniq mezon), “Risola fil-majoz val-isti’ara” (Majoz va isti’ora haqida risola), “Al-Mu’jam al-arabiy al-farsiy” (Arabcha-forscha lug‘at) “Al-mustaqso fil-amsol” (Chuqur o‘rganilgan iboralar) kabi asarlar ta’lif etdi. Ular orasida “Muqaddamat al-adab” va “Asos al-balog‘a” ko‘plab mutaxassislarni qadimdan o‘ziga jalb etib, turli tillarga tarjima qilinib, ko‘p marta nashr qilingan asarlardir.Quyida uning hikmatlarini ko’rish mumkin:
Download 26.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling