1. Mavzu: Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari Mavzu rejasi
Mavzu: Huquqni muhofaza qilish faoliyatida shaxs psixologiyasi. Shaxs ijtimoiy -moslashuvchan dunyoqarashi psixologiyasi
Download 393.29 Kb.
|
Majmua Yuridik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Falsafiy-adabiy davr.
- Klinik davr.
4.Mavzu: Huquqni muhofaza qilish faoliyatida shaxs psixologiyasi. Shaxs ijtimoiy -moslashuvchan dunyoqarashi psixologiyasi
Mavzu rejasi: Shaxs tushunchasi. Inson individ sifatida shaxs individuallashuvi. Shaxs rivojlanishida biologik va ijtimoiy muxitning aloqadorligi muammosi. Shaxsning ijtimoiy-moslashgan dunyoqarashi tushunchasi. Huquqiy tartibga solish. Huquq obroʻsi. Huquqiy ong. Uni bilish, baholash va tartibga solish funktsiyalari. Ommaviy, guruhiy va shaxsiy huquqiy ong. Huquqqa boʻysunishlik dunyoqarashini shakllantirish, huquqbuzarlikka qarshi kurashning psixologik jihatlari. Tayanch so’zlar: shaxs psixologik strukturasi, o’zini - o’zi baholash, o’zini- o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarish, huquqni yaratish usullari, huquqiy tartibga solish usullari va usullari, nisbatlar mezonlari, huquq nazariyasi. 1.Shaxs haqida tushuncha. Odatda shaxs ijtimoiy fanlarning o’rganish predmeti bo’lib, ular insoniyat tarixida shaxs shakllanishining umumiy qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish jarayonida inson hayotining ijtimoiy sharoitlariga bog`liq holda shaxsning o’zgarishi bilan aloqador masalalarning mohiyatini ochib beradi. Shaxs muammosini tadqiq qilishga biologiya, kognitiv, ijtimoiy fanlar va falsafa fani murojaat qiladi. “Shaxs” kategoriyasi psixologiyaning eng muhim, tayanch tushunchasi bo’lsa, “shaxs psixologiyasi” bo’limi uning asosini tashkil etadi. Psixologiyaning bu sohani bilish har qanday msutaxassisga samaraliroq ishlash imkonini beradi. Shaxs psixologiyasi XX asrning birinchi o’n yilligida eksperimental fangga aylandi. Biroq nazariy tadqiqotlar ancha oldinroq amalga oshirila boshlangan. Shaxsni o’rganish tarixida uchta asosiy davrni ajratish mumkin: • falsafiy-adabiy; • klinik; • sof eksperimental. Falsafiy-adabiy davr. Dastlab shaxs psixologiyasi muammolari faylasuf va yozuvchilar asarlarida o’z aksini topgan. Frantsuz faylasufi Eten de Kondilyak o’zining “ Sezgilar haqidagi traktat”ida shaxsni turli sezgi parchalaridan yig`ishga harakat qilgan. F.M. Dostoevskiy har bir kishi uchun xos bo’lgan “yashirin odam” haqida yozadi.. Uning fikricha, mazkur “yashirin odam” tashqariga chiqishga urinib ko’radi, shuningdek har bir kishining “niqobi” ham mavjud bo’lib uning haqiqiy qiyofasini yashirib turadi. Falsafiy-adabiy davrdagi shaxs psixologiyaining asosiy muammolari uning axloqiy va ijtimoiy tabiatini, xatta-harakatlari va xulq-atvorini o’rganishga bag`ishlangan edi. Dastlabki ta`riflarga ko’ra shaxs o’z tarkibiga barcha xususiy narsalarni- uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, xulq-atvori, madaniyati va boshqalarni oladi. Badiiy ijod, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarda bunday qarash to’liq o’z tasdig`ini topgan. Biroq psixologiya uchun bunday ta`rif juda kengdir. Klinik davr. XIX asrning birinchi o’n yilligida shaxs psixologiyasi muammosi bilan ko’proq shifokor-psixiatrlar shug`ullanishgan. Ular birinchilardan bo’lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib borishga muvaffaq bo’lishgan, inson shaxsining tabiati to’g`risida umumilmiy xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida shaxs haqidagi tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan. Keyinchalik aniqlanishicha, sog`lom kishilarda kuchsiz ifodalanganxususiyatlar bemorlarda juda kuchli (gipertrofiya) holatida bo’ladi. SHifokor-psixiatrlarning shaxsga bergan ta`rifi bilan normal, patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin. Bunday ta`riflar psixoterapevtik vazifalarni echish uchun to’g`ri bo’lishi mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi. Download 393.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling