1-mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendensiyasi. Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy kompyuterlarni arxitekturasi tamoillari va klassifikatsiyasi


Download 196.59 Kb.
bet3/8
Sana04.11.2023
Hajmi196.59 Kb.
#1747283
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1.0-Zamonaviy kompyuterlarning arxi(6-22) (1)

2. Kompyuterning rivojlanish tarixi

Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:


Nolinchi avlod - mexanik kompyuterlar (1642-1945 yillar) - Paskal (1642 yil), Leybnits (1672 yil) va Bebbidjlar (1722 yil) tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlar.
Birinchi avlod - elektron lampalar asosida qurilgan kompyuterlar (1945-1955 yillar) - Fon Neyman tamoili asosida qurilgan kompyuterlar. Birinchi kompyuterni yaratishda M.V.Keldsh, S.A.Lebedev, M.A.Lovrentev kabi buyuk olimlarning xissasi kattadir. Bu avlodlarga quyildagi kompyuterlar kiradi: Strela, BESM-1, M-2, M-3, M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1.
Birinchi avlod kompyuterlardan foydalanish ochiq holatda bo’lib, unga ko'ra har bir dasturchi kompyuterni o’zi boshqarar edi. Shuning uchun ham kompyuterni foydali ish vaqti foydalanuvchining malakasiga bog’liq edi. Bu davr standart dasturlar yaratish, dasturlar kutubxonasini tashqi xotirada saqlash va undan foydalanish bilan ajralib turadi.
Ikkinchi avlod - tranzistorlar asosida qurilgan kompyuterlar (1955-1965 yillar). Bu avlod kompyuterlarida dasturlar asosan algoritmik tillarda tuzilib, ularni tushinish uchun traslyator (tarjimachi dasturlar) lar yaratildi. Bu dasturlash jarayonini avtomatlashtirishdagi muhim qadamlardan biri bo’ldi. Bu davrga kelib, dasturchilar uchun yopiq holat joriy etildi va unga ko'ra dasturchilar kompyuter joylashgan xonaga kiritilmasdan, ular o’zlarining dasturlarini operatorlarga topshirar va natijani kutib turar edilar. Birinchi va ikkinchi avlodlarning xotira o’lchami sifatida mashina so’zlari (yacheykalar) olingan bo’lib, ularning uzunligi doim bir xil bo’ladi.
2-avlodga quyildagi kompyuterlar kirar edi: Mir-1, Mir-2, Minsk-2, 22, 32, M-220, 222, BESM-3, 4, 4M, Rozdan, Ural-11, 14, 16, BESM-6.
Uchinchi avlod - integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar(1965-1980 yillar). Bu avlodning muxim qulayliklardan biri, ularning multi dasturli va vaqt taqsimoti holatida ishlash imkoniyatlarining mavjudligidir. Bu imkoniyat kuchli OT(operatsion tizim)ning yaratilishi bilan amalga oshiriladi. Kompyuter multidasturli holatda ishlash jarayonini bir paytda bir necha dasturni bajarish imkoniyatiga ega, ya‘ni kompyuter qurilmalari ishlash imkoniyatiga ega. Uchinchi avlod kompyuterda ichki va tashqi xotira muammosi deyarli xal qilinib, tezlik muommo bo’lib qoldi. Bu avlodga kompyuterlarning yagona tizimi ostida ishlaydigan mashinalar kiradi. 3-avlod kompyuterlariga quydagilar kiradi: TI-ASC (Texas Instruments Advanced Scientific Computer), STAR-100
To‘rtinchi avlod - katta integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1980 yillardan boshlab) - Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 (16), 80486 (32) va Pentium protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar.

  1. Beshinchi avlod - ko‘rinmas kompyuterlar. «Ko‘rinmas kompyuterlar» hozirda - maishiy texnika qurilmalari, soatlar, bank kartochkalari va boshqa-boshqa ko‘pgina qurilmalar tarkibida ishlatilmoqda. Ushbu kompyuterlar, jahon ishlab chiqarishining rivojlanishiga, o‘zining juda kuchli ta’sirini ko‘rsatdi va yillar o‘tishi bilan uning bu ta’siri yanada kuchayib borishini ko‘rish qiyin emas.

Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p turli xil kompyuterlar ishlab chiqildi. Ularning ichida hozirda unitilib ketganlari bilan birga, kompyuter arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham bor. Kompyuter arxitekturasini yuqorida keltirilgan rivojlanish bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy kompyuterlarning qanday qurilganligi va qanday ishlashi haqidagi bilimlarni yanada kengaytirish hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada oshirish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda kompyuterlarning ikkita asosiy turi, ya’ni:
- ikkilik sonli kodlar ko’rinishidagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi raqamli kompyuterlar;
- hisoblab chiqarilayotgan kattaliklar analogi sanaladigan, uzluksiz o’zgarib turuvchi fizik (elektr kuchlanish, vaqt va shu kabi) kattaliklarga ishlov beruvchi analog kompyuterlar mavjud.



Download 196.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling